Denov tadbirkorlik va pedagogfika instituti Pedagogika fakulteti
Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 3-kurs talabasi Yunusov Orifjon
To`xtasin o’g’liga
TAVSIFNOMA
Yunusov Orifjon, 2001 yil 5 may kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tuman, Malandiyon maxallasida tug’ilgan, millati tojik. Uzun tumanidagi 6-umumta’lim maktabini 2017 yil tugallagan. 2019 yil Termiz Davlat Universiteti Akademik litseyini 2019 yil bitirgan. 2019 yil Denov Tadbirkorlik va Pedagogfika Institutining Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishiga to’lov-kontrakt asosida o’qishga kiradi.
Yunusov Orifjon hozirgi davr talabini yaxshi idrok qilgan holda faol, vijdonan, tashkilotchilik bilan a’lo baholarga o’qib kelmoqda. Dasturlash bo’yicha Respublika fan Olimpiada va tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. O’qish maboynanida o’z bilimi va xulq-atvori bilan yuqori yutuqlarga erishmoqda. O’z kasb mahoratiga ega. E’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi istiqlol davri talablariga to`la javob beradi. O`zining mehnatsevarligi, talabchanligi, to`g’ri so`zligi, hozir javobligi, mas’uliyatni yaxshi his etishi, bilimdonligi, guruhdagilarga mehribonligi va doimo yordamga tayyorligi bilan o’z kursdoshlari, fakultet jamoatchiligi orasida yaxshi obro`-e’tibor qozonmoqda va shuningdek, “Raqamli axborot texnologiyalari” kafedrasida ilmiy ish qilish bilan o’z fikrlarini fanga qaratmoqda.
Ushbu tavsiyanoma “Rektor” stipendiyasi tanloviga taqdim etish uchun berildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Raqamli axborot texnologiyalari”
Kafedsrasi mudiri _________ R.Mamajanov
6.03.2022 yil.
Dostları ilə paylaş: |