1
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich
ta‘lim yo‘nalishi 5BT-s22 guruhi 2- bosqich talabasi
Temirova Xusnoraning Ona tili nazariyasi va amaliyoti
fanidan yozgan mustaqil ishi.
Mavzu: Yordamchi so'zlarning grammatik xususiyatlari,
turlari
Lug'aviy ma’no ifodalamay, mustaqil so'zlar orasidagi grammatik
munosabatni shakllantiruvchi so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Ko'makchi,
bog'lovchi va yuklama yordamchi so'zlar tuikumini tashkil etadi.
Ifoda semasi deganda semema tarkibidagi turli qo‟shimcha ma‟no (uslubiy
bo‟yoq, shaxsiy munosabat, qo`llanish doirasi va davri) ni atovchi sema tushuniladi.
Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega
bo‟lgan sema bo‟lib, ular leksik paradigmada aniqlanadi. [Mengliyev B, 2020; 147].
Yordamchi so‟zlarda atash semasi yo‟qligi uchun ularda ifoda semasi va vazifa
semasi kuchayib voqealanadi. Ular grammatikada bir turkumga va yordamchi
so‟zning bir xil ma‟no turiga kiritilsa-da, ifoda semasiga ko‟ra bir-biridan
farqlanadi.
Masalan, -mi, -mu, -ma yuklamalarining ifoda semasi quyidagi farqlashda
ochiladi: -mi – sof so‟roq ma‟nosini ifodalovchi yuklamaning o‟zbek adabiy tilidagi
uslubiy betaraf yozma va og‟zaki nutqdagi ifodasi. -mu – so‟roq ma‟nosini
ifodalovchi yuklamaning faqat badiiy uslubdagi ifodasi. -ma – so‟roq ma‟nosini
ifodalovchi yuklamaning faqat og‟zaki so‟zlashuv uslubiga xoslangan qipchoq
shevasidagi ifodasi. Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik)
imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‟rin egallashini belgilovchi semadir. Demak,
yuqoridagi -mi, -mu, -ma yuklamasining gapda bajaradigan vazifa semasi uning
ifoda semasidir.
2
O‟zbek tilida yordamchi so‟zlardan miqdoriy statistika jihatdan eng ko‟p
bo‟lgani ko‟makchilardir. Ko‟makchilar ob‟ekt bilan predikator orasidagi qurol-
vosita, maqsad, sabab, payt, masofa yo‟nalish, o‟xshatish kabi bir qancha
munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi. Ular ot, olmosh va otlashgan so‟zlardan
keyin keluvchi va o‟zi bog‟langan so‟zni o‟zidan keyingi so‟zga tobelantirib
bog‟lovchi bilan, uchun, kabi, sari, sayin, singari, uzra, qadar, haqida to’g’risida
kabi so‟zlardir. Ko‟makchilar mustaqil so‟zlar orasidagi tobe munosabatni
ifodalash, kelishik ma‟nosini aniqlashtirish va to‟ldirish vazifasini bajaradi.
Shuning uchun ham ba‟zan kelishik shaklidan anglashilgan ma‟no ko‟makchi bilan
ham ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: Ukasining qaytganidan xursand edi/
Ukasining qaytgani uchun xursand edi
Dostları ilə paylaş: |