qora quti uslubi - masalani tahlil qilish, ijodiy bahs orqali kamchiliklar sababini aniqlash;
kundaliklar uslubi - guruh a’zolarining yon daftarchalaridagi yozuvlarni tahlili va ularda berilgan taklif-mulohazalari muhokama qilish, umumiy fikr ishlab chiqish;
“To’g’ridan-to’g’ri jamoaviy aqliy hujum” (Dj.Donald Fillips) - 20-60 kishilik katta auditoriyada yangi fikrlarni, samaradorlikni oshirish ish yoki mashq mini-guruhlarda olib boriladi va fikrlar jamoada muhokama qilinadi;
“Aqliy hujum” - (E.A.Aleksandrov i G.YA.Bush) - guruh qatnashchilari ijodiy g’oyalarini jamoa, g’oyalari bilan qarshi g’oyalar yordamida faollashtirish, ularni qo’llashni baholash;
senektika uslubi - (U.Gordon) - muammoni ifodalashga o’rgatish, uning qismlarini aniqlash, muammoni yechishdagi o’xshashliklarni topish. Kreativlikni o’stirish, oddiy xodisalarning g’ayri-tabiiy tomonlarini topish, ijodiy qobiliyatlarini aniqlash;
«ARIZ - TRIZ» (G.S.Altshuller va uning maktabi, TRIZ - kashfiyot topshiriqlari texnologiyalarini rivojlantirish) - o’rganilayotgan tizim rivojlanishi qonuniyatlariga bo’ysundirilgan mantiqiy operatsiyalar tizimi 40 usuldan iborat: “qo’shilish”, “matryoshka”, “qarama-qarshi”, “zararni foydaga aylantirish” va boshqalar.