Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishi 6mm-20 guruh talabasi jo'rayev sirojiddinning moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar fanidan



Yüklə 6,47 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü6,47 Kb.
#182306
Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar fanidan-fayllar.org


Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar fanidan

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YOʻNALISHI 6mm-20 GURUH TALABASI JO'RAYEV SIROJIDDINNING
MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FANIDAN
"Moliya bozori risklari, ularni baholash va boshqarish" MAVZUSIDA TAYYORLANGAN
TAQDIMOTI
Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va
amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga
nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
- birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy
menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;
- ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining
segmentlari va turlari bo’yicha o’z xususiyatlariga ega;
- uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar
asosida aniqlanadi;
- to’rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar:
moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning
tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog’liq.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy
instrumentlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning
korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o’zaro munosabatlari shakllanadi.
O’z navbatida, segmentlar o’zaro ta’sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish
qimmatli qog’ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o’rta, zaif) uch turdagi o’zaro
bog’liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi.
Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni
uning tovari hususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini
hisobga olsak hamda, agar ko’rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib
chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo’lsak, albatta
sezilarli farq namoyon bo’ladi.
……
Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi
uchun ularga hos bo’lgan bozor zarur, qimmatli qog’ozlar uchun esa faqat moliya
bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori
bo’lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir
necha marotaba oldi-sotti bo’ladi, qimmatli qog’ozlar esa cheklanmagan martta oldisotti bo’lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab
chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog’oz) esa muomalaga
chiqariladi.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy
va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda
moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo’lishi
bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi,
umuman iqtisodiyotning ob’ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
Oʻzbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada
oshirish maqsadga muvofiqdir.
Jahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy
investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo’lsa, uning mahalliy qonunqoidalarga moslashuvi qiyin kechadi.
Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik
sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi. Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq
etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish
mumkin.
Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy
asoslari, uni tatbiq etishning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar
kengashi, unda mustaqil a’zolarning o’rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan
mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan
turib brokerlik hisob raqami ochish yo’lga qo’yilgan ekan. Bu xorijiy investorlar uchun
juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri
hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo’lga qo’yilmagan va mavjud qonunchilikka
o’zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir.
Korporativ harakatlarga xizmat ko’rsatish asosida: kapital bozori
ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori
ishtirokchilari o’zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to’lovi va
moliyaviy instrumentlarni so’ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish;
Markaziy depozitariyni O’zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti
sifatida rivojlantirishga erishiladi.
Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va
savdo hajmlarining o’sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog’ozlar
bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta’minlanishi zarur. Qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona
foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta
taqsimlashga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.
Thank You
http://fayllar.org
Yüklə 6,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin