Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3- kurs talabasi Shermatova Muhayyoning Ona tili o’qitish metodikasi tayyorlagan Mustaqil ish taqdimoti



Yüklə 302,38 Kb.
səhifə3/4
tarix25.01.2023
ölçüsü302,38 Kb.
#80573
1   2   3   4
1-4 sinf ona tili

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jaravonida qo'lianiladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so'zlaringizni (lug'atdan tekshiring“, „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”. ”Rasmni kuzating”. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing, kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,O’lkamda bahor” mavzusida sujetli rasm berilgan. O‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o'quvchi 5 ta, ikkinchi o'quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, tol, o'rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, gul, qo‘l, oyoq, ko'z, yuz, og'iz, bo‘yin, qorin, yubka, jemfer, daraxt va hokazo. Bu o'quvchilarning c'tibor bilan kuzatishga — kuzatuvchaniikka o'rgatadi

Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va faqat o‘qituvchilarining faoilyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchnning yang; qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning omalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bolib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so‘z turkumlari o‘rganilayotganda ularga oid so'zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tarkiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon boladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkii etish shakllariga bogliq bo’ladi.


Yüklə 302,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin