MAVZU: KREDITGA LAYOQATLILIK TUSHUNCHASI VA UNI HISOBLASH KO’RSATGICHLARI
MAVZU: KREDITGA LAYOQATLILIK TUSHUNCHASI VA UNI HISOBLASH KO’RSATGICHLARI
REJA:
Kreditga layoqatlilik tushunchasi
Mijozning kreditga layoqatliligining asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlari.
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:

· mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
· joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
· mijoz kapitali;
· kreditning ta’minlanganligi;
· kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
· qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo‘ladi:
Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo‘ladi:
o‘z kasbini mukammal bilishi (ma’lumoti, ish tajribasi);
axloqi;
shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;
bank bilan rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi o‘rni.
Mijozning qarz olish qobiliyati uning kredit olish bo‘yicha buyurtmaga va kredit shartnomasiga imzo chekish huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligi, o‘zaro kelishuv va bitimlarni tuzish yoshiga etganligida namoyon bo‘ladi