Design thinking



Yüklə 37,17 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü37,17 Kb.
#165185
FIKRLASH DIZAYNI




FIKRLASH DIZAYNI “DESIGN THINKING”

Reja:
1. Fikrlash dizaynining xususiyatlari
2. Fikrlash dizayni – foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir
3. Fikrlash dizayni bosqichlari

Fikrlash dizayni g‘oyasi birinchi marta 1969 yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sun’iylik xaqida fan”) kitobi muallifi Gerbert Simon tomonidan tomonidan shakllantirilgan. Keyinchalik bu g‘oya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni g‘oyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi. “Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (O‘zaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi ta’rif berilgan:fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivatsiyasi va ehtiyojlarini o‘rganish, noto‘g‘ri taxminlarni rad etish va muammoni yangicha yechim topish uchun mo‘ljallangan ko‘p bosqichli jarayon tushuniladi. Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Ushbu uslub antropotsentrizm tamoyiliga asoslanadi, unga ko‘ra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, rahbar, loyiha menejerlari va byurokratik tuzilmalar emas, balki shaxsning manfaatlaridir.


Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o‘ylash”) o‘tib ketishdir. Bunday fikrlash uslubi deyarli hamma joyda qo‘llaniladi: sayohatni rejalashtirishda, kvartirani ta’mirlashda, yangi ommaviy axborot vositalarini ochishda, biznesni ochishda, korporativ identifikatori va logotipini ishlab chiqishda. Fikrlash-dizayn — bu dunyo qarash, muammolarni hal qilish metodi. Qandaydir bir g‘oyaga uni butun amalga oshirish yo‘lida hamrohlik qiladigan uzluksiz jarayon: miyaga kelgan fikr, uni test va aprobatsiyadan o‘tkazishdan tortib, to prototiplashda mujassam etish va hayotga tatbiq qilish.
Ijodiy yondashuv, bir jamoa bo‘lib ishlash, odamlarga yo‘naltirish, qiziqish va nekbinlik – dizayn-fikrlashning asosiy tarkibiy qismlaridir. Dizayn-fikrlashning asosiy xususiyati shundaki, u tahliliy fikrlashdan farqli o‘laroq tanqidiy bo‘lmagan tahlil, ijodiy jarayon bo‘lib, bunda umuman kutlmagan g‘oyalar muammoning eng yaxshi yechimiga olib keladi. An’anaviy maktab ta’limi modeli axborotni o‘qituvchidan o‘quvchiga berishni ko‘zda tutadi. Bunda o‘quvchi kelajakda juda ko‘p qimmatli bilimlarga ega bo‘ladi, biroq ular haqiqatan ham muhim ijtimoiy muammoni hal etishga yordam bermaydi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hal qilish va yaratishni talab qiluvchi amaliy ahamiyatga ega masala ko‘rinishida dars olmaydilar, ularning vazifasi – faqat o‘qituvchidan olingan axborotni qayta takrorlashdan iborat. O‘quvchilarga real hayotiy muammo haqida gapirib bering va ularga, dizaynfikrlash vositalaridan foydalangan holda, uning yechimini topishni taklif qiling. Bu ta’lim darajasini sifat jihatdan yuqoriga ko‘taradi. O‘quvchilar, ular eslab qolishi uchun o‘qituvchi zarur ma’lumotlarni berganida, foydali bilimlarga ega bo‘lmaydi. Ular oxir-oqibatda bu olamni ozgina bo‘lsa ham yaxshiroq qila oladigan oldilarida hal etilishi kerak bo‘lgan muammo paydo bo‘lganidagina o‘rganadilar.
Fikrlash-dizayn asoslariga qurilgan fikrlash jarayoni o‘quvchilarni jamiyatdagi odamlarning mahalliy va global muammolarini hal etish maqsadida kreativ va shu bilan birga yashay oladigan g‘oyalarni yaratishga va ularni amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarga aylantiradi. Fikrlash-dizayn bizning ta’lim muassasalarimizda yetishmayotgan novator-talabalarni shakllantiradi. Fikrlash-dizayn metodikasi innovatsiyalarni ijtimoiy muammolarni hal etishga joriy qilishni, g‘oyalarning yashash qobiliyatini testdan o‘tkazishni, ularning potensial maqsadli auditoriyada dolzarbligi va talabga egaligini tekshirishni o‘rgatadi. Dizayn-fikrlashning beshta asosiy tamoyili: empatiya, radikal sheriklik, ideatsiya, prototiplash va iteratsiya. Fikrlash-dizayn ham jamiyatingizdagi odamlar olamini yaxshiroq va qulayroq qilishga yoki sizning potensial foydalanuvchilaringizning muammosini hal etishga yordam beradi.
Ularning “ko‘nglini topish uchun” siz o‘zingizni foydalanuvchining o‘rniga qo‘yishingiz, uning pozitsiyasidan turib o‘ylashingiz, olingan natijalarni hisobga olgan holda o‘zingizning texnologik imkoniyatlaringizni joriy etishingiz hamda bunda o‘zingizning biznesmanfaatlaringizni aniq esda tutishingiz zarur. Chunki talabga ega mahsulotni yaratish – bu qo‘lbola vositalardan foydalangan holda uning asosli ekanini bir necha marta tekshirib ko‘rish demakdir.
Fikrlash dizaynning beshta asosiy tamoyili mavjud:
• noan’aviy o‘ylab ko‘rish - zerikarli jadvallarga, rasmlarga matnlarga diagrammalar qo‘shish; biznes loyihalarda uchraydigan mavjud muammolarga shablon yechimlarini izlash;
• iste’molchining nafaqat hissiy tajribasiga murojaat qilish, balki mantiq va foyda uchun ham. Masalan, smartfonning birlashtirilgan grafik interfeysini batafsil tasvirlashning hech qanday ma’nosi yo‘q, garchi bu haqiqatan ham qulay bo‘lsa ham. Undan ko‘ra bunday mos va zamonaviy dizayn xaridorning do‘stlarini e’tiborini o‘ziga jalb qiladi va uni har qanday yig‘ilishning yulduziga aylantirishiga urg‘u berish lozim;
• prototiplarni qo‘llash. Bu, ayniqsa, ishbilarmonlar uchun innovatsion mahsulotni yaratishda juda muhimdir, prototip o‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniq ko‘rsatib beradi;
• aqlli minimalizmga rioya qilish – barcha keraksiz narsalarni olib tashlash va mahsulot eng yaxshisiga aylanishi uchun uni doimiy ravishda takomillashtirib borish;
• xatolarni ijobiy qabul qiling: har qanday xato – bu mahsulot yoki xizmat sifatini oshirish uchun foydali bilimlarning maksimal miqdorini to‘plash tajribasi.
Jahon bozorida mahsulot va taqdim etilayotgan xizmatlarning mavqei va samaradorligi, avvalo, uning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Bunday vaziyatda mavjud ma’lumotlar tahliliga asoslangan analitik fikrlashni qo‘llash yetarli emas. Innovatsiya uchun ijodkorlik, kreativlik, sintezlash va yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish qobiliyati talab etiladi. Ijodiy yondashuv, jamoaviy ish, odamlarga yo‘naltirilganlik, qiziquvchanlik va optimistik ruh - fikrlash dizaynning tarkibiy qismlari, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilishda yangi yechimlarni topishda qo‘llaniladigan metodologiya ham hisoblanadi. Dizayn fikrlashning asosiy xususiyati, analitik fikrlashdan farqli o‘laroq, tanqidiy tahlil emas, balki ba’zan eng kutilmagan g‘oyalar muammoni yaxshiroq hal qilishga olib keladigan ijodiy jarayondir. Fikrlash dizaynining tamoyillari turli sohalarda qo‘llaniladi: bolalikdagi semirishni davolashdan jinoyatchilikning oldini olishgacha, raketa sanoatidan iqlim o‘zgarishiga qadar. Fikrlash dizayni endi yangi moddiy mahsulotlarni yaratish bilan cheklanib qolmay, turli jarayonlar va xizmatlarga, shuningdek o‘zaro ta’sir, aloqa va hamkorlikka taalluqlidir. Sanoat ishlab chiqarishi sharoitida ishlab chiqaruvchilar tovar va mahsulotlar tashqi ko‘rinishining jozibadorligi, xilma-xilligi shuningdek mahsulot ishlatilishidagi sifati va qulayligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qarata boshladilar. Natijada nafaqat iste’molchi talablariga javob beradigan jozibador tashqi ko‘rinishga ega mahsulot formasini yarata oladigan balki konstruktorlash masalalari va mashina ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi tushunadigan maxsus mutaxassisga ehtiyoj vujudga keldi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin.
Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish vamahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar. Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni - doimo birinchi o‘ringa foydalanuvchi so‘rovlarini qo‘yadi va faqat shundan keyingina texnik amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi. Dizayn bu – muammoni hal qilishdir.
Dizayner bu – muammoni hal qiluvchi shaxs. Muammoni hal qilish, samarali yechim topish uchun dastavval tadqiqot o‘tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so‘ngra asosiy e’tiborni muayyan “og‘riqlinuqtalar”ga qaratish, g‘oyalar ishlab chiqish va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish, prototip yaratish va sinovdan o‘tkazish zarur. Fikrlash dizayni – usuli bu bosqichlar qanday o‘tishini, nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan foydalanishni tavsiflaydi. Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli - biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi. Ular fikrlash – dizaynini o‘ylab topgan deb bo‘lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni – bu sog‘lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira boshladi. Ijodiy jarayon bosqichlarini o‘rganib, foydalanuvchini markazga qo‘yib, biznesni ijodiy jarayon sifatida ifodaladi. Ijodkor shaxslar esa biznes vazifalarini yaxshiroq tushuna oladi. Shu o‘rinda mashhur pedagog, yozuvchi Deyl Kornegining bir fikrini keltirib o‘tish maqsadga muvofiq: “Qo‘lingizga limon tushsa undan limonad yasang”. Buning mazmuni aynan bugungi kunda juda dolzarb bo‘lib bormoqda. Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosiy farqi tanqidiy tahlil emas, balki jarayonga ijodiy yondashuv bo‘lib, kutilmagan g‘oyalar muammoni yechishning engyaxshi yo‘lini namoyon etishi mumkin.
Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga ega bo‘lishni talab etadi. “General Electric” kompaniyasining sobiq Bosh direktori Djek Uelch shunday fikr bildiradi: “99,9 foiz xizmatchilar doimo bir joyda qotib qoladilar, chunki ular fikrlashni bilmaydilar. Insonlarni fikrlashga majburlab bo‘lmaydi, faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit yaratib berish lozim. Shu jihatdan ta’lim muassasalarida tinglovchilarga nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin. Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar. Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir.
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash vakonvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish.
1-bosqich – empatiya. Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi. Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat qilish. Empatiyaning asosiy jihati – birga qayg‘urish ongli ravishda ro‘y beradi. Siz bir xil hissiyotlarni boshingizdan kechirasiz, lekin bu hissiyotlarning tashqi ro‘y berishini tushunasiz va tanqidiy idrok qilishni saqlab qolasiz. Empatiya - bu siz ataylab qiladigan narsalardir. Sizning vazifangiz – odamlar NIMA qilishi, buni NIMA UChUN qilishi, atrofdagi olamni QANDAY KO‘RIShI, qanday QADRIYaTLARGA EGALIGIni aniqlab olish, shuningdek, emotsional va jismoniy EHTIYoJLAR haqida bilib olishdan iborat. Empatiya ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish va boshqarishda ko‘plab narsalarni belgilab beradi. Masalan, mahsulot yoki loyiha kim uchun mo‘ljallangan ekanini tushunmasdan uni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Dizayner o‘zining emas, boshqa kishilarning muammolarini hal qiladi. Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg‘urish lozim. Odamlarni, ularning harakatlari va atrofdagi olam bilan o‘zaro munosabatlarini kuzatib, siz ular nima haqida o‘ylayotgani, nimalarni his qilishi va nimalarga ehtiyoj sezishini tushunib olasiz. Aynan shunda odamlarga, ularning ishlari va so‘zlariga empatiya namoyish etish, ularning qadriyatlarini tushunish mumkin. Ishonch ohangidagi suhbat dizaynerga odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishning to‘g‘ri yo‘llarini va innovatsion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. Lekin bu prinsiplarni aniqlab olish oson emas. Bizning ongimiz avtomatik ravishda katta hajmdagi axborotni qayta ishlaydi, shu sababli ko‘plab muhim jihatlarni sezmay qolishimiz mumkin. Odamlarga va turli vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi. Sizga yaqin bo‘lgan odamlar uchun loyihalar topish oson.
Masalan, siz milliy taomlarni yaxshi ko‘rasiz va sizdan tanishlaringiz oqshom uchun promo-sayt yaratishni so‘radilar. Siz sayt kimlar uchun ekanligini, u yerda nimalar bo‘lishi lozimligini juda yaxshi tushunasiz. Saytni yaratasiz, o‘zingiz ham bundan zavq olasiz. Agar mijoz konsalting yoki yuridik kompaniya bo‘lsa nima qilish kerak? Bu neytral mavzu, lekin odam o‘zini qiziqtira olishi, turmush tarzi unga tanish bo‘lmagan boshqa kishining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra olishi lozim. Bu paytda sizning professionalligingiz tekshiriladi. Foydalanuvchi olamiga sho‘ng‘ish, uning muammolarini va ehtiyojlarini bilib olish, u boshidan kechiradigan tajribalarni, muhit bilan va boshqa odamlar bilan qanday aloqa qilishini o‘rganish zarur. Axborot to‘plash usuli bo‘yicha tadqiqotlar birlamchi va ikkilamchi tadqiqotlarga ajratiladi.
Birlamchi tadqiqot bu – bevosita o‘zaro aloqa: intervyu, kuzatuv, eksperimentlar o‘tkazish.
Ikkilamchi tadqiqot – ochiq manbalar: statistika, trendlar, OAVdagi nashrlardan axborot olishdir.
Ikkilamchi tadqiqotlar fikrlash dizaynda u qadar muhim emas, chunki birinchi o‘rinda odamlarning tajribasi qiziqtiradi. Lekin shunga qaramay, umumiy muammoni tushunish uchun sizning yo‘nalish doirasida bo‘lgan holatlarni bilib olish, odamlar sizning muammo haqida internetda nimalar yozishi, qanday xatolar bo‘lgani, qanday yechimlar mavjudligi va kelajakda nimalar loyihalashtirilgani bilan qiziqish lozim. Agar gap veb-sayt ishlab chiqish haqida boradigan bo‘lsa, raqobatchilarning saytlarini, poligrafiya mahsulotlarini ko‘rib chiqish, uslublarni tadqiq etish va trendlarni tahlil qilish zarur.
2-bosqich–fokuslashtirish. To‘g‘ri yechim topishning yagona usuli – muammoni to‘g‘ri tushunishdir. Biznes jarayonida fokuslashtirish juda muhim rol o‘ynaydi, chunki odamlar hayoti haqida to‘plangan axborotlardan kelib chiqib, hal qilish lozim bo‘lgan muammoning yorqin ifodasini olishga imkon beradi. Fokuslashtirishning mazmuni – savolni ifodalashdir. Axborotni qayta ishlash. Nuqtai-nazarni ifodalashdan oldin tadqiqotdan keyin olingan axborotni qayta ishlash zarur.
Klasterlar: o‘xshash muammolar turlari muhokama qilinadigan guruhlarga ajratish.
Shaxs-modellarga ajratish. Shaxs-model bu – sizning servisga xos bo‘lgan foydalanuvchilar. Maqsadli muloqot doirasi quyidagicha aniqlanganda:
Erkaklar, daromad o‘rtacha darajadan yuqori – bu umuman hech narsa haqida gapirmaydi. Shu sababli xulq-atvorga oid joylashtirish zarur. Foydalanuvchilarni ijtimoiy demografik omma emas, muayyan kishilar ko‘rinishida gavdalantirish (vizuallashtirish) asosida siz kim uchun ishlayotganingizni tushunib yeta boshlaysiz. Masalan, uzscience.uz saytidan foydalanuvchilar kim: olimlar, katta ilmiy xodim, ijodiy tadbirkor, jurnalist, dizayner va h.k.o. Ular istalgan yoshda va jinsda bo‘lishi mumkin, lekin ularni ma’lum bir turmush uslubi, xulq-atvor va ehtiyojlar birlashtiradi.
• Foydalanuvchilarning eng ahamiyatli aniq fikrlarini ko‘chirib olish. Yaxshi nuqtai-nazar:
• e’tiborni muammoga qaratadi;
• jamoani ilhomlantiradi;
• turli g‘oyalarni baholash uchun mezonlar yaratadi;
• jamoaga mustaqil va parallel ravishda qaror qabul qilishga yordam beradi;
• siz uchrashgan odamlarning aqli va qalbini zabt etadi;
• mavhum (boshqarishni samarali tashkil eting kabi) konsepsiyalar o‘rniga amaliy, muayyan konsepsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
3-bosqich - g‘oyalar ishlab chiqish. Yaxshi g‘oya emas, keng imkoniyatlar muhim. G‘oyalar ishlab chiqish bu – g‘oyalar va yechimlar ishda asosiy e’tibor qaratish lozim rejim. Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli xildagi konsepsiyalar va muammoning yechimi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan natijalarga tarmoqlashish sifatida ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tasavvur etish – prototiplar va innovatsion yechimlar yaratish uchun yoqilg‘i va xomashyodir. G‘oyalar ishlab chiqish nima uchun kerak? G‘oyalar yaratish bu – muammoni aniqlashdan foydalanuvchi uchun uning yechimini yaratishga o‘tishdir. G‘oyalar ishlab chiqishning turli usullari quyidagilarga imkon beradi:
1. yaqqol ko‘rinib turgan yechimlardan uzoqlashish (innovatsion salohiyatni oshirish);
2. jamoaviy qarashlar va jamoaning kuchli tomonlaridan foydalanish;
3. ilgari e’tibor berilmagan butun boshli sohalarni ochish;
4. innovatsion yechimlar hajmi va turli-tumanligini ta’minlash;
5. yaqqol ko‘rinib turgan yechimlarni olib tashlash va uzoqni ko‘ra bilish. Imkon qadar ko‘proq g‘oyalar berish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
• tanqidni istisno qilish. Kishi tanqid eshitganda unda himoya reaksiyasi ishga tushadi va qo‘rquv ijodiylik oqimining yo‘lini to‘sib qo‘yadi.
• ijobiy muhit yaratish. Do‘stlashing, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang. Ayniqsa, guruhda boshliq va qo‘l ostidagi xodimlar bo‘lsa.
• turli yo‘nalishdagi ishtirokchilarni to‘plash. Muhokamada turli darajada tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etgani yaxshi.
• “ha va …” tamoyilidan foydalanish. Bu hamkasblar g‘oyasini shubhasiz qabul qiladigan va uni rivojlantiradigan paytda qo‘llanadigan usul. Hamma o‘zining g‘oyasini yaxshi ko‘radi va boshqalarnikini rad qiladi, o‘zgalarning fikrini eshitish, chin dildan rozi bo‘lish va rivojlantirish variantini taklif qilish uchun ichki tuyg‘uni mashq qildirish lozim. Yetarli miqdorda g‘oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, oqilona g‘oyalar izlash va eng yaxshi g‘oyalar tanlashga o‘tish mumkin.
4-bosqich – g‘oyani tanlash.To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar ajoyib bo‘lib ko‘rinaveradi. Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish zarur. G‘oyalarni qanday tanlash kerak?
• tanlov mezonini ifodalash (eng taassurotli, eng kutilmagan, oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo‘lsa, har bir mezon o‘z vazniga ega bo‘lishi lozim. Mezonlar g‘oyalar ishlab chiqish jarayonida to‘plangan innovatsion salohiyatni yo‘qotmaslikka imkon beradi.
• ovoz berish (ovoz berish xavfi shundan iborat bo‘lishi mumkinki, agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi – “qarshi” bo‘lsa, shartga rioya qilingan bo‘ladi, lekin jamoaning qariyb yarmi ishtiyoqi juda sust bo‘ladi).
• prototip yaratish. Prototiplar g‘oyalarning ish qobiliyatini baholashga imkon beradi. 5-bosqich – prototiplash. Oddiy prototip ko‘p narsa haqida gapirib beradi. Prototiplash – to‘g‘ri yechim topish uchun yordam beradigan iteratsion maketlar yaratish. Ilk bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bo‘lishi lozim. Test o‘tkazilishi va g‘oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va qimmatlashadi. Prototiplar quyidagi vaziyatlar uchun zarur hisoblanadi:
• g‘oyalar ishlab chiqish va muammolarni hal qilish uchun. O‘ylashuchunquring.
• muloqot qilish uchun. Bitta rasm mingta so‘zga, bitta prototip – mingta rasmga teng bo‘lishi mumkin.
• suhbatboshlash uchun. Foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa biror narsa atrofida tashkil qilinadigan bo‘lsa, foydaliroq bo‘ladi. Prototip – sermahsul va unumli suhbat o‘tkazish imkoniyatidir.
• muvaffaqiyatsizlikka tez va kam xarajat bilan duch kelish uchun. Xarajatlarqanchakambo‘lsa, afsuslanish ham shunchakam bo‘ladi.
• imkoniyatlarni sinab ko‘rish. Oddiylik bitta yo‘nalishni tanlab o‘tirmasdan, birdaniga bir nechta g‘oyani sinab ko‘rishga imkon beradi.
• yechim ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun. O‘zgaradigan shartlarni aniqlash katta muammoni ko‘p sonli kichik va sinab ko‘rish oson bo‘lgan muammolarga ajratadi. Prototip yaratish va test o‘tkazish – birgalikda ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ikkita bosqich. Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berish lozim bo‘lgan ikkita savol. Bu prototip yaratishva test o‘tkazishni aniq bosqichlarga ajratishga yordam beradi.
6-bosqich - test o‘tkazish.Echim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling. Test o‘tkazish – yaratilga prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi. Ideal test o‘tkazish bu – foydalanuvchining o‘zinima va qanday tashkil qilinganini yaxshi bilishi bo‘lib, bu kamdan-kam hollarda uchraydi. Odatda kirish suhbati o‘tkazish kerak bo‘ladi. Agar gap tajriba haqida ketadigan bo‘lsa, real vaziyat atrofida rivojlanadigan ssenariy yaratish lozim. Agar real vaziyatning imkoni bo‘lmasa, shu vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan holatni yaratish kerak. Test o‘tkazishda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi:
1. Оddiy kuzatish: foydalanuvchiga prototip berish va uning harakatlarini kuzatish;
2. Мazifa qo‘yish: biror-bir maqsadli harakatni amalga oshirish, masalan, dastur yordamida biznesni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.


ADABIYOTLAR
1. Khotamov I.S., Olimov M.K., Madrahimova G.R. Kreativ fikrlash. – Toshkent,2021.
2.Safarova M.A. Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari, FTAI. ISSN: 2181-1776, Aprel 2021.
3. Креативное мышление в бизнесе. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2006.
4. Paul Romer, «Ideas and Things,» Economist, September 11, 1993, online version, p. 2.
5. Joseph Schumpeter, Capitalism, Socialism and Democracy. New York: Harper and Row, first edition 1942, second
Yüklə 37,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin