Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish Rezbali birikmalarni ta’mirlash


Shesternya gardishlarini almashtirish va parchin mix bilan qayta parchinlash



Yüklə 51 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü51 Kb.
#123227
1   2   3   4
Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish

Shesternya gardishlarini almashtirish va parchin mix bilan qayta parchinlash.
Yeyilgan tishli gardishlarning parchin mixlari qirqib tushiriladi, gardishlar esa chiqarib olinib, yangisiga almashtiriladi. Tishlar bir tomonlama yeyilganda simmetrik gardishlar 1800 ga burilib, tishlari yeyilmagan tomoni bilan ishlash uchun gupchakka mahkamlanadi. Ularning toretslaridagi qо‘zg‘aluvchan shesternyani qо‘shish tomonidan faska qilinadi. Presslab kiritishni osonlashtirish uchun gardishlar suvdan yoki yaxshisi moyda 95...1000S temperaturagacha isitiladi. Presslab kiritishda ariqchalarni gardish va gupchakdagi parchin mixga kamida 0,1 mm aniqlikda tо‘g‘ri keltirishga erishiladi. Agar tor gardishlarni gupchakka mahkamlashda parchin mix uzunligining uning diametriga nisbatiga kо‘pi bilan 4 ga teng bо‘lishiga erishilsa, unda parchinni sovuq xolatda parchinlagan ma’qul.
Keng gardishlar bolg‘alanish temperaturasigacha qizdirilgan parchin mixlar bilan mahkamlanadi. Parchinlash gidravlik press, moslamalari gardish va gupchakning torets sirtlariga zich tegib turishi lozim. Gardishlarning gupchaklar bilan yig‘ilgan holdagi torets bо‘ylab tepishi 0,25 mm dan oshmasligi darkor.
Remont qilinmagan gardishlarda parchin mixlarning bо‘shashiga va guachakka bо‘sh о‘tqazilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Bо‘shashgan parchin mixlar qirqib tushirilib, yangisi qо‘yiladi. Parchin mixlarni taranglashgan yо‘l qо‘yilmaydi.
Bо‘sh о‘tqazilgan gardish chiqarib olinadi, о‘tqazish joyi pо‘latlab yoki suyuqlantirib qoplab tiklanadi va gupchakka presslab о‘tqazishni ta’minlovchi о‘lchamga moslab ishlov beriladi.
Qо‘zg‘aluvchan shesternyalarni almashlab qо‘shish vikasiga mо‘ljallangan yeyilgan pazlar yeyilgan joyi qomaguncha yо‘naladi, vilkalar esa suyuqlantirib payvandlanadi va kattalashgan paz eni bо‘ylab ishlov beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1. S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov «Mashina detallarini tiklash texnologiyasi» Toshkent-2001 y. 284 bet.
2. S.M.Babusenko « Traktor va avtomobillar remonti» Toshkent-«О‘qituvchi» 1990 y. 366 bet.
3. J.R.Qulmuxamedov, E.Karimov, H.H.Muxamedov, A.A.Oxunov, T.A.Toshkentov «Avtomobil va dvigatellarni ta’mirlash» Toshkent-«FAN»-2003 y. 536 bet.
4. Y.I.Borisevskix, Y.V.Buralev, K.A.Morozov, V.M.Nikiforov, A.I.Fetsenko «Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash» Toshkent-«Mehnat»-2001 y. 574 bet.
5. S.I.Rumyansev «Remont avtomobiley» Moskva «Transport» 1981 g. 462 bet.
6. L.V. Dexiterinskiy «Remont avtomobiley» Moskva «Transport» 1992 y. 296 bet.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin