DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
83
olchab ham bolmaydi. Moddiylikka asoslangan qarashlarga ko‘ra, ong
in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos
muayyan ta’sir natijasida paydo boladi. Bumng uchun esa, hech bolmaganda,
ikkita narsa, jonzotlar, ya’ni obyektlar bolishi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir
bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan
ta’sirlashuvda bolgan boshqa narsalarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi
bilan bogliq xossasiga in’ikos deyiladi.
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u
o‘ziga xos xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik
tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi
bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi. Shu bilan birga,
notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib turadi.
Tirik tabiatda in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib
chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini oladi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi
tirik tabiatning har bir darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb
etadi. Mana shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga
zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos darajasida voqelikka aktiv munosabat ham
shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z navbatida, uning o‘ziga xos,
yuqori shakli bolgan ongning paydo bolishiga imkoniyat yaratdi. Odatiy
ong'hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar
majmuyidan iborat bolib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks
ettiradi va rivojlanadi. Uning sohiblari — subyektlari alohida olingan
shaxslarning hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda
egallangan mavqelari hech qachon bir xil bolmaydi. Odatiy ongda nazariy
bilimlarga dalil va asos bolib xizmat qiladigan elementlar boladi. Olimlar,
san’atkorlar turli nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga
asoslanadilar, undan ma’naviy oziq oladilar. Odatiy ongda xalq donishmandligi,
an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi
bilimlar, Shuningdek turli uydirmalar, noto‘g‘ri qarashlar ham o‘z ifodasini
topadi. Ko‘p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o‘zida mujassamlashtirgan
xalq maqollari bunga misol bola oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki,
inson farzandi murg‘aklik davridanoq o‘z atrofidagilar, so‘ngra kitoblar, ta’lim
tizimi yordamida inson zakovati erishgan ilmiy bilimlarni ham o‘zlashtirishga
kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bolayotgan voqealarga nafaqat o‘z tajribasi,
balki ilmiy bilimlar nuqtayi nazaridan ham baho bera boshlaydi, nazariy ong
ta’sirida bo‘ladi. Xo‘sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak? Nazariy
ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy