Diagnostik test sinovlarini o‘tkazish xizmatini bajarish to‘g‘risida ommaviy


Nizolarni hal etish tartibi va taraflarning javobgarligi



Yüklə 137,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix31.03.2023
ölçüsü137,76 Kb.
#91806
1   2   3   4
digo

6. Nizolarni hal etish tartibi va taraflarning javobgarligi 
6.1. Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik va nizolar muzokaralar orqali hal etiladi. 
6.2. Agar Taraflar o‘zaro maqbul yechimni topa olmasalar, Tomonlar nizoni hal qilish uchun O‘zbekiston 
Respublikasining tegishli sud organlariga murojaat qilishadi. 
6.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, 
Taraflar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar. 
7. Fors-major 
7.1. Taraflar o‘zlarining irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari yoki ijtimoiy-iqtisodiy 
holatlar sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish 
imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar oqibatida 
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlab bergan taqdirda, 
Taraflar mazkur shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
javobgarlikdan ozod etiladi. 
7.2. Ushbu Shartnomaning 7.1-bandida ko‘rsatilgan har qanday holatlarga ishora qiluvchi Taraf zudlik 
bilan, lekin yengib bo‘lmas kuchlar holati yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) ish kunidan 
kechiktirmay boshqa Tarafni ushbu holatlarning boshlanishi va tugatilishi to‘g‘risida yozma ravishda 
xabardor qilishi shart. 
7.3. Agar fors-major holatlariga duch kelgan va boshqa Tarafni 7.2-bandida ko‘rsatilgan tartib va 
muddatda ushbu holat to‘g‘risida xabardor qilmagan yoki ogohlantirmagan taraf ushbu 
Shartnomaning majburiyati buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 
8. Shartnoma muddati va uni bekor qilish tartibi 
8.1. Ushbu shartnoma Buyurtmachi tomonidan akseptlangan vaqtdan kuchga kiradi (2.5. b.) va Ijrochi 
tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilgan vaqtgacha amal qiladi. 
9. Boshqa shartlar 
9.1. Buyurtmachi Shartnoma shartlariga roziligini “Shartnoma shartlarini qabul qilish” tugmasini bosish 
orqali bildiradi. 
9.2. Taraflar ushbu shartnomani tuzish va ijro etish uchun zarur huquq layoqati, shuningdek, barcha 
huquq va vakolatlarga ega ekanligini kafolatlaydi. 


O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” 
O’RQ-547-son Qonuni talablari doirasida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga va ishlov 
berishga rozilik bildiraman. Diagnostik test sinovlarida ikki va undan ortiq marotaba qatnashganda 
savollar kitobi takroran tushishi ehtimoli mavjudligini tan olaman va bunga e’tirozim yo‘qligini 
bildiraman.

Yüklə 137,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin