Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish va daromadni ko’tarish, bundan tashqari hizmat turlarini istemol bozoriga olib chiqish. Shu soxada “BARAKALI BIZNES” ma’suliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy ko’rsatkichlari ijobiy natijalarini berdi. Jamiyat tomonidan sotuvga chiqariladigan tovarlar davlat standartlariga javob berishi va sifat darajasida Respublika bo’yicha etakchi o’rinlarni egalashi bilan birgalikda ichki bozorga avto ehtiyot qismlarni taklif qilishni rejalashtirdi.
Shu sababli tadbirkorlar safi yildan – yilga ko’payib, halq ho’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatmokdalar va bu esa mamalakatimizda katta ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lib kelmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish, halq iste’moli va qishloq ho’jaligi mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarni to’ldirish bilan birgalikda aholining bunday mahsulotlarga bo’lgan talabini qondirishga zamin yaratilmoqda va hizmat ko’rsatish turlari ko’payib halq farovonligi oshmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarni va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab – quvvatlash” va Vazirlar Maxkamasining shu sohani rivojlantirish to’g’risidagi Qarorlari va Farmonlari mamalakatimizda tadbirkorlik faoliyatini takominlashiga asos bo’lmoqda.
Asosiy faoliyat yunalishi:
Avtomobillar ehtiyot qismlari sovdo sotig’i, buyurtma asosida etkazib berish. Ayni vaqtda maxaliy va horijiy avtomabillar ta’miriga javob beradigan extiyot qismlarni bozorga taklif etish rejalashtirildi. Taklif etilayotgan tovarlarga nafaqat ichki, tashqi bozorlarda ham ehtiyoj borligi aniqlangan. Taklif qilinadigan tovarlar shartnoma asosida korxona va tashkilotlarga etkazib berish, hamda Olmazor tumani Qorasaroy ko’chasi AZS manzilda joylashgan savdo do’koni orqali sotiladi.