-
dars
mavzusiga
mos
o’yin orqali
o’quvchilarning
o’zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Sud darsi -
o’quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert darsi -
dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida
ifodalash mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash
imkoniyatini beradi.
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi -
dars mavzusini oldindan puxta
o’rgangan o’quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab,
tushuntirish mashqlari bo’lib, bunda o’quvchilar dars mavzusini o’zlashtirib eslab
qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan) dars
- bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.)
fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan
dars bo’lib, o’quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy ta’lim
jarayonidagi faolliklarini taminlaydi.
Bunday darslar o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Mo’jizalar maydoni darsi
o’quvchilar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yinlar
bo’lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va
g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik,
bilimlarni
kengaytirib
borish
sifatlarini
shakllantiradi.
Didaktik
o’yinli
mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab
syujetli- rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yinli, konfrensiyalar o’yin
mashqlariga ajratish mumkin. O’qituvchi - pedagog avval talabalarni individual
(yakka tartibdagi) so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin
muvaffaqiyatli chiqandan so’ng esa ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
743
Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy
bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o’rtasida
hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qituvchi - pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishda qizg’in
tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan
bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular
o’yin davomida hal qilishi;
3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq
normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konfrensiya mashg’ulotlari ham muhim
o’rin
tutadi.
Konfrensiya
mashg’ulotlari
talabalarning bilish faoliyatini
faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy
materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg’ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni
faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni
ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga
ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konfrensiya mashg’ulotini o’tishdan oldin mashg’ulot mavzusini maqsad va
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar
ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin mashg’ulot mavzusi elon
qilinib unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu
mashg’ulotda “Olimlar” ro’lini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, maruza
tayyorlash talabaning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi
tartib qoidalariga rioya qilinadi:
1. Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh
xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;
2. Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va
ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan
tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
744
3. Didaktik o’yinlarni tanlashda musiqiy ta’limning aniq maqsad va vazifalari
asos qilib olinadi.
Didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim
vositalaridan biri. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |