Dilnura omonzoda



Yüklə 322 Kb.
səhifə5/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

UMR YO'LI

O'tayotgan umrni to'xtata turib,


Yoshligimga nazar solgim keladi.
Do'stlarim bilan ko'chalar changitib,
Beg'ubor yoshlikda qolgim keladi.

Onamga to'xtovsiz savollar berib,


Ayvonli oqshomga qaytgim keladi.
Yulduzlar uchganda tilaklar aytib,
Baralla "Amiyn" deb aytgim keladi.

Ortinggizga boqing, qancha yil o'tdi,


Tug'ildik, ulg'aydik, balki qaridik.
Yuzga ajin tushdi, sochingizga oq
Beg'ubor davringgiz endi naridek.

Hayot iboratmas o'yin-kulgudan,


Ziyofat, aysh-ishrat, hamda mastlikdan.
Chiqayotgan janjal shulardanmasmi,
Nodonlik, loqaydlik, indamaslikdan.

Alloh bandasini g'iybatlar qilib,


Qalbini tig'lovchi so'zlarni aytmang.
C ho'kayotgan vujud ustidan tepib,
Kundan kunga yana gunohga botmang.

Qing'ir ish qilmanggiz, kimsa ko'rmas deb,


Ko'rsa ham indamas, balki bilmas deb.
Har ishni ko‘rguvchi aytar ohista,
Gunohkor jazosin olmay qolmas deb.

Dunyoga kelsak ham, mol-dunyo yig'ib,


Qo'limiz to'ysa ham, ko'z hech to'ymaydi.
Insonga ne kerak, bu temir-tersak,
Qiyomat kunida panoh bo‘lmaydi.

Qasrdek uy boshlab, bezaklar berib,


Bitganda shu uyga sig'may qolamiz.
Kun kelib, keng uyga sig'magan inson,
Mushtdek to'rt devordan o‘rin olamiz.

Odamlar ayamang bir-biringgizdan,


Shirin so'z, har tonggi salominggizni.
Ko'z ko'zga tushganda qo'ying jilmayib,
Bu kulgu rom etsin xayolinggizni.

Bolanggiz erkalab, ayting, oppog'im,


Shirintoy, shunqor-u chaqqon, toychog'im.
Dunyoni baxshida qiling ularga,
Ayting, erkatoyim, ko'zim munchog'im.

Mehrni qidirmang, o'zga bir tandan,


Qidiring eng yaqin farzandinggizdan.
Ortiq bo'la olmas, o'zga bir inson,
Yurakdan yaralgan yuraginggizdan.

Q idiring mushtipar onaizordan,


Mehrlari daryo-yu malaginggizdan.
Umr o'tkinchidir, duosin oling,
Hammadan ham sizga keraginggizdan.

Do'stlar-la o'zaro davralar qiling,


Suhbati shirindir, diydori shirin.
Kun tunga kerakli bo'lgani kabi,
Qadrlab suyushar ular bir-birin.
Tushkunlikka tushmang, yurakni ezib,
G'amga g'am qo'shilib, narvon bo'lmasin.
Kuchim ham qolmadi, demang, siz, aslo
Yurakni ezgan dard armon bo'lmasin.

Taqdirim ne bo'lsa, shu deb o'tirmang,


Taqdir archa misol, bezovchisi siz.
Baxtning qo'lin tutib, kalit-la ochib,
Umr yo'lingizni yaratuvchisi siz.

Hayotga chiroyli ko'z bilan qarang


Nafas olganimiz o'zi katta baxt.
Yurakning urgani, ko'zning ko'rgani,
Oyoqning yurgani o'zi katta baxt.

Nasihat ayamang, maslahat tinglang,


Hayotdan ketgan so'ng so'zinggiz qolsin.
Eslaganda yig'lab, etlar junjikib,
Dillarni shod etgan ko'zinggiz qolsin.

Hayotga keldikmi, maqsadni qo'yib,


Inson degan buyuk nomni olaylik.
Qahramonlar kabi, shoirlar kabi,
Dunyo qalblarida mangu qolaylik.


LOLA

Taqdirim qo'lidan tutish-chun mahkam,


Iymanib, izlanib top meni erkam,
Tog'larni titkilab, yomg'ir yo‘lda ham,
Bir quchoq lolani ko'tarib kelgin.

Rassom peshonamga chizg'ilagan yor!


Sev, qizil “qip”idek bo‘rtlanib,
Lablari qirmizim, ko'rganda ilk bor,
Ko'ngli oq lolani ko'tarib kelgin.

Ehtimol, tanishmiz, ko'z ko'zga tushgan,


Balki, notanish, lek, kelmish qovushgan,
Bag'ringda har turli baxtdan to‘lishgan,
Eng baxtli lolani ko'tarib kelgin.

Bitta she'r atab yoz.


Yurakdan chiqqan,
Izhoring qoq-manzil yurakka yetur.
Shuncha...
Gul ko'targan oldida mag'rur,
S en menga umringni ko'tarib kelgin!

05.03. 2022





Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin