Amerika modeli. Bu model liberal va din erkinligini maksimal darajada ta’minlashga harakat qiladi. Din davlatdan toʻliq ajratilganligini aniqlay olmaymiz. AQSHda hozirga qadar Kongress palatalari majlisi nasroniylar jamoasi tomonidan ochiladi. Prezident oʻz lavozimiga kirishi oldindan ruhoniylar oldida muqaddas Injil
16. Fransuz modeli. Dunyoviy davlatning ushbu modeli bugungi kungacha bir necha bosqichlarni bosib oʻtgan, 1789-yilgi Deklaratsiyadan boshlangan, rasmiy ravishda cherkov va davlatning ajralishi e’lon qilingan. 1905-yilgacha Katolik cherkovi davlat dini boʻlib qoldi. Konstitutsiya 1958-yilda Fransiyani dunyoviy davlat deb e’lon qildi va quyidagi asosiy tamoyillarni tasdiqladi: vijdon erkinligi va din erkinligi; qaysidir cherkovning rasmiy hukmron mavqega ega boʻlishi taqiqlanadi va barcha cherkovlarning qonun oldida tengligi ta’minlanadi; diniy e’tiqodni ochiq ifodalash uchun qonuniy erkinlik beriladi.
45 Doniyorov X. O‘zbekiston milliy demokratik davlatchilik taraqqiyotida dunyoviylik va diniylik mutanosibligining ahamiyati. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent, 2020. -32–34-betlar.
200
Nemis modeli.Germaniyada 1949-yil qabul qilingan Konstitutsiya davlat va konfessiyalar munosabatining huquqiy asosi hisoblanadi. Asosiy qonun quyidagi prinsipial holatlarni oʻz ichiga oladi: “...davlat cherkovi boʻlmaydi. Diniy jamiyatda birlashma-larning erkinligi kafolatlanadi. Diniy jamiyat uyushmalari faoliya-tiga hech qanday cheklov qoʻyilmaydi”.46 Umumiy davlat ta’lim tizimi “Din” fanini majburiy ravishda oʻqitishni nazarda tutadi.
“Yapon modeli”.
“Shved modeli”.
Koʻpgina davlatlarning davlat va din munosabatlarini hal etish metodlari hamda mexanizmlarini oʻrganish natijasini optimallash-tirgan holda dunyoviy taraqqiyot modelini 3ga boʻlish mumkin: