Din va ijtimoiy hayot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ТOSHKENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ
XO’JALIGINI MEXANIZASIYALASH
MUHANDISLIK INSTITUTI QOSHIDAGI
INTERHAUS TASHKENT AKADEMIK LITSEYI
DUNYO DINLARI TARIXI
1. Dinning jamiyatdagi o'rni .
2. Ijtimoiy munosabatlar va din . Dinning
jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari
Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish,
millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni
mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash
O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim
ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev
DINNING JAMIYATDAGI O'RNI Insoniyat tarixidan yaxshi
bilamizki , dunyoning hech bir mintaqasi xalqi ma'lum bir
din va e'tiqodlar tizimi siz oʻz shaxsiy va ijtimoiy hayotini
tasavvur
qila
olmagan.
Tarixiy
davrning
barcha
bosqichlarida
jamiyatning
asosiy
boʻgʻinlari
o'z
faoliyatlarini yuritish uchun u yoki bu diniy e'tiqod
tamoyillariga tayanganlar. Mazkur holat barcha xalq va
millatlarga xosdir. Ijtimoiy hayot shakl va mazmunining
o'zgarishi
jamiyat
a'zolarining
dinga
boʻlgan
munosabatlarining ham tobora o'zg‘zgarib borishiga oʻz
ta'sirini ko'rsatdi.
Din va uning arkonlari, avvalambor, ijtimoiy ko'makka muhtoj
kishilarni himoya qilishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham
jamiyatning zodagonlar tabaqasi uni darhol qabul qilmaganliklarini
tarixdan bilamiz. Keyinchalik esa ba'zi hukmron doiralar dindan oʻz
ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustahkamlash
maqsadlarida foydalanishga intildilar. Bunda g'ayriinsoniy xatti -
harakatlarni amalga oshirishdan ham toymadilar. Jumladan,
Gʻarbda ulkan ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirayotgan olimlar
cherkov hukmronligiga xatar tug'dirishi mumkin, degan xulosaga
kelindi. Ular jodugarlikda ayblandilar
G'arbdagi mazkur ijtimoiy holatni Oʻrta asrlar Movarounnahri, ayniqsa, temuriylar
davri bilan qiyoslasak, shunday holatni kuzatamizki, islom dini ulamolari bu
davrda yashab, ijod qilgan buyuk allomalarimiz faoliya tini din ahkomlariga zid,
deb qoralamaganlar. Sobiq totalitar tuzum davrida milliy - madaniy merosimizni
ilm - fanning kushandasi qilib ko'rsatishga astoydil kirishildi. Masalan, o'tgan
asrning 70 - yillarida surat ga olingan filmda Mirzo Ulug'bekning o'limida Xoʻja
Ahror Valiy aybdor qilib ko'rsatilgan. Go'yoki, Xo'ja Ahror Valiy shahzoda
Abdulatifni “otang kufr ishlarni olib boryapti va bu bilan shakkoklik qilyapti»,
«kofirni oʻldirish tufayli esa islomda katta ajr - savobga erishiladi» degan fatvoni
bergandek epizodlar mavjud. Tarixiy haqiqatga ko'ra Xo'ja Ahror Valiy Mirzo
Ulug'bek qatl qilinganda umuman Samarqandda boʻlmagan. Aksincha, u kishi
temuriyzodalar o'rtasidagi toj - taxt uchun kechayotgan urushlarning oldini
olishga astoydil harakat qilgan.
XX asrda sobiq Ittifoq hududida boshqa dinlar qatori islom
diniga oid bilimlarning ham tanazzulga uchrashi jaholatning
kuchayishiga sabab bo'ldi. Ateizm g'oyasi ustuvorlik qilishga
harakat qildi. Natijada, islom dini ta'limotiga yot bo'lgan
unsurlar ijtimoiy hayotga kirib kela boshladi. Lekin, islom
dini ta'limotida ustoz - shogird an'anasi shakllangan bo'lib,
diniy bilimlar ustozdan - shogirdlarga oʻtib kelgan.
Dinni to'g'ri talqin qilish tinchlikni saqlash, bag'rikenglik
muhitini shakllantirish, ilm - fanning taraqqiy etishiga xizmat
qiladi. Undan g'arazli maqsadlarda foydalanish esa ijtimoiy
hayotning izdan chiqishiga, jamiyatda notinchlik yuzaga
kelishiga sabab bo'ladi .
Dostları ilə paylaş: |