Diniy e`tiqodlar to`grisida qarashlar


Ajdodlarimiz diniy e’tiqodlari haqida "Veyshi" va "Suyshu" xitoy solnomalarida



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#116232
1   2   3   4
DINIY E`TIQODLAR TO`GRISIDA QARASHLAR

Ajdodlarimiz diniy e’tiqodlari haqida "Veyshi" va "Suyshu" xitoy solnomalarida xam ma’lumot bor. Ularga binoan, ajdodlarimiz quyoshga topinib, osmon ruhiga qurbonlik keltirishgan. Ruxning abadiyligi va o‘zga dunyo mavjudligiga ishonishgan. Qabiladoshlari vafot etganida, marhum bilan birga uning turli narsalarini ham dafn etishgan. Keyinchalik, ular orasida nasroniylik, buddaviylik va o‘zga dinlar tarqalgan. 2100 yil oldin Xitoy muarrixi Sima Szyan "Tarixiy risolalar"ida Xitoy va O‘zbekiston zaminidagi qadimgp davlatlar haqida ma’lumot keltiradi.
Qadimgi tarixning qator hodisalari bizgacha yetib kelgan urf-odatlar, san’at va folklor yordamida izohlanib, din tarixini til va toponimika (joy nomlarini tarixiy-jug‘rofiy talqin etuvchi fan tarmog‘i) yordamida o‘rganish imkoni ham mavjud. Bizgacha yetib kelgan antik va Sharq matnlaridagi atoqli otlar, jug‘rofiy, etnik va o‘zga atamalar tahlilining natijalari ko‘p narsadan darak berishi mumkin.
O‘zbekistonda din tarixini yaxlit tizim asosida o‘rganish maqsadga muvofiq. YA’ni arxeologik ashyolar qatoriga kiruvchi devoriy tasvirlar, relyef, haykallar, dafn narsalari, me’morchilik yo‘alishlarini tahlil etib. taqqoslash va turlash yordamida xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Mazkur ashyolar ham, o‘z navbatida, alohida tizimni tashkil etishi tufayli, har bir tur ichida o‘ziga xosliklar, umumiy va ayri belgilarni o‘rganish va taqqoslash diqqat markaziga olinadi. Bu turlarni va o‘zga moddiy va yozma manbalarni qamrab oluvchi Ziyoratgohlar esa, diniy e’tiqodning eng yuksak ramziy ifodasi bo‘lib, turli-tuman qirralarni o‘zida mujassamlashtiradi va ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos "e’tiqod tavsifnomasi" hisoblanadi. Ammo bunday tizim o‘z navbatida Davlat, Jamiyat, Mintaqa darajasida katta bir silsilaning zanjiri, bo‘g‘ini sifatida gavdalanishini ham unutmasligimiz kerak. Agar tizim turli davlatlarda mavjud bo‘lsa, u insoniyatga xos tarixiy omil sifatida ko‘riladi va umubashariy ahamiyat kasb etadi. Bular sirasiga, birinchi navbatda, albatta, jahonshumul dinlar kiradi hamda eng qadimiy diniy e’tiqodlar qatoridan barcha xalqlarda tarqalgan ma’budlar va dinii tasavvurlarning aynan o‘xshash va monandligi ham ularni umuminsoniy darajaga ko‘taradi va birxillikni namoyon etadi.
G‘arb olimlarining ta’kidlashlaricha, "Arxeologik dalillar, Gerodot asarlari va boshqa manbalarga qaraganda, O‘rta Osiyo dinlari sifatida vodiylarda ham dashtlarda ham asosan, turli xil shamanliklar namoyon bo‘lgan. Diniy e’tiqodlar orasida politeizm (ko‘pxudolilik) ustuvor bo‘lib, har bir territoriya yoki zamin o‘z xudolari va son-sanoqsiz mahalliy ruh va ajinalariga ega bo‘lgan".
Bu bahodan ko‘rinib turibdiki, mintaqamiz diniy e’tiqodlari haqida deyarli hech qanday tasavvur yo‘q va bu bo‘shliqni asl va odil hamda xolis dalillar bilan to‘ldirmasak, o‘zgalar xalqimizning moziy qatlamlaridagi tarixini bilib-bilmasdan soxtalashtirishi mumkin.
Beruniy, Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning quyidagi so‘zlarini keltiradi: har bir chaqaloq Xudo uni yaratganiga qarab tug‘iladi, keyin esa ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki mug‘ qila(tarbiyalasha)di.73; 323 Hindu qabilalaridan birining vakilidan, ularning diniy e’tiqodlari haqida so‘rashganida, shunday javob bergan ekan: "Har bir kishiga o‘z qayirini xohlagan tomonga boshqarishga ruxsat berish kerak». Buni bag‘rikenglik asoslari deb atasa ham bo‘ladi. Bu haqiqatni tushunish uchun insoniyat nasroniy va islom vakillari orasidagi ko‘plab qirg‘inlar va inkvizitsiyani boshidan kechirishiga to‘g‘ri keldi. Ammo hozir ham barcha diniy oqimlarda mavjud diniy fundamentalizm bu sodda va ayni paytda asoskor tushunchaga qarshi chiqmoqda.
Shu bilan birga, qadimdan O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va ilm-fan markazi bo‘lganligini xorijiy olimlardan Richard Fray shunday e’tirof etadi: "Buddizm, zardushtiylik, moniylik va nasroniy diniy e’tiqodlarining quramasi islomdan oldingi O‘rta Osiyoda madaniy muhit shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asos soladi. Bu muhit esa Buxoro kabi markazlarda islom tafakkuri va ilmining gullab-yashnashiga olib keladi".

Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin