Totemizm, animizm, shomonlik yoki sehrgarlik (afsun, magiya), fetishizm.
Ibtidoiy mifologiya.
Neolit davridagi diniy tasavvurlar.
Diniy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din to’g’risida turli xil qarashlar bo’lib, ularning bir-biridan tafovutini anglash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganilayotganda unga tarixiylik tamoyili (tamoyil) asosida yondoshish katta ahamiyatga ega. Shu jihatdan qaralganda ayrim belgilari zamonaviy dinlarda ham saqlanib qolgan dinning eng qadimiy shakllari - totemizm, fetishizm, animizm, animatizm, shamanizm, sehrgarlik va magiyalardan iboratdir. Qadimda bu dinlar Markaziy Osiyo mintaqasida ham mavjud bo’lgan. Keyinchalik ular o’rnini buddaviylik, Zardo’shtiylik, shomonlik e’tiqodlari egallagan. Hozirda bu mintaqada nisbatan eng ko’p tarqalgan din islomdir. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida islomning o’ziga xos ko’rinishini tushunish uchun konkret tarixiy sharoitni, xalqning o’tmishi, yashash tarzi, ishlab chiqarish usullari, etnik xususiyatlarni hisobga olish zarur.
Islom va Qur’onning vujudga kelishi tarixi bilan bog’liq bo’lgan muammolar
avvalo Sharq islomshunoslari, so’ngra ko’proq Evropa islomshunosligida XIX
asrning o’rtalaridan boshlab o’rganila boshlagan. Evropa, Amerika islomshunosligi
va qur’onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko’pchiligi, konkret dalillarga boyligidan qat’iy nazar, ularning barchasi metodologik jihatdan cheklangan.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo’lishini turli izohlab kelganlar. Uning
paydo bo’lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to’g’risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati
o’g’risida ham ayrim g’oyalarni olg’a surishgan.
Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhga
bo’lingan. Agar materialistlar xudoning go’yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va erdagi sabablar bilan bog’lab izohlagan bo’lsalar, idealistlar buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarardilar. O’tmishdagi materialistlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanishi sabablarini, shart - sharoitlari to’g’risidagi masalalar turadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p jihatdan inson his - tuyg’ulari, ehtiroslari, xayollari ta’siri ostida paydo bo’lishi to’g’risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan.
Qadimgi materialist faylasuflar (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qo’rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bo’lgan deyishgan. B.Spinoza, L.Feyerbax singari mutafakkirlar ham dinga shunday yondoshish tarafdorlari bo’lishgan. Chunonchi, L.Feyerbax o’zining «Dinning mohiyati to’g’risida lektsiyalar», «xristianlikning mohiyati» degan asarlarida dinning paydo bo’lish sabablarini «Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi»dan qidirish lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun «qo’rquv» singari salbiy his-tuyg’ularnigina emas, balki «quvonch», «minnatdorchilik», «muhabbat» va «e’zozlash» singari ijobiy tuyg’ularni ham e’tiborga olish lozimligini ta’kidlagan edi. Bu bilan L.Feyerbax dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qo’yadi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bo’lgan mavhum emas, balki
haqiqat holida u hamma ijtimoiy munosabatlarning majmuidir. Uning fikricha, inson mohiyati faqat «urug’» deb juda ko’p alohida odamlarni tabiiy vositalar bilan bir - biriga bog’laydigan ichki, tilsiz umumiylik deb tushunilishi mumkin. Shu sabali Feyerbax «diniy hissiyotning» o’zi ijtimoiy mahsul ekanligini va o’zi tahlil qilayotgan mavhum alohida odam haqiqatda muayyan ijtimoiy shaklga mansubligini payqamasligi ta’kidlangan.
Klassik falsafa asarlarida dinning paydo bo’lishi va uni o’rganishning ilmiy
dunyoqarashga tayangan metodologik qoidalari bayon etib berilgan.
Din turlari maktablar va yo’nalishlarga mansub bo’lgan xorijiy dinshunoslar va
faylasuflarning diqqat- e’tiborida bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda. Masalan,
daniyalik faylasuf va ruhshunos Jeyms bunday deb yozgan edi: «Dinning tajriba mohiyatan diniy hissiyot bo’lib, u barcha va hamma diniy nuqtai nazarlarining muhim xususiyatlarini tashkil etadi. Barcha tasavvurlar unga nisbatan bo’ysunuvchi va shartlidir». Jeyms «hissiyotni dinning eng chuqur manbai deb noto’g’ri hisoblagan, falsafiy va xudojuylik kayfiyati esa asl nusxaning boshqa tilga tarjimasi sifatida ikkilamchi ustukurmadan boshqa narsa emas» deb ta’kidlagan edi. Bu fikrga aslo qo’shilib bo’lmaydi.
Dunyoviy dinshunoslik ta’limotining asoschilari ham diniy ongda hissiyot, e’tiqod va tasavvurlarning muhim o’rin egallashini yaxshi anglaganlar va uni talqin etishning ilmiy tamoyillarini belgilab berganlar. G. Plexanov diniy hissig’tni dinning zarur jihatlari deb hisoblagan edi. Uning fikricha, hayotda yaxshilik bilan yomonlik deb ataladigan «mangu muammolar» mavjud ekan, odamlar axloqiy kamolotga intilib, ana shu ikki tushuncha orasida gangib qoladilar; bunday fursatda dinning mohiyati o’zining yuksak axloqiy ideallarini namoyon etadi. Biroq, bu o’rinda ham qo’rquv bilan ta’qib etib turgan axloqiylik tushunchasi oxiratdagi hayot tushunchasi bilan qorishib ketardi. Dinda ijtimoiy, tarixiy, gnoseologik va psixologik ildizlar mavjuddir. Bular orasida psixologik ildizlarni alohida ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ularga gnoseologik nuqtai nazardan va eng avvalo ijtimoiy ildizlar mavqeidan qarashimiz zarur. Asrimizning 50-60 yillaridagi tadqiqotlar esa, bu sohadagi ta’limotni yanada rivojlantirib, dinning maxsus psixologik ildizlari ham borligini isbotladi. Dunyoviy dinshunoslik dinning tasalli berish funktsiyasiga nisbatan salbiy munosabatini ham shu ma’noda tushunish lozim. Kimki qulni quldorlikka qarshi qo’zg’atish o’rniga unga tasalli bersa, quldorlarga yordam bergan bo’ladi; tasalli berishning asl mohiyati va ahamiyati to’g’risida gapirar ekanmiz, cherkov tasallisi ijtimoiy vazifasini sinfiy kurash nuqtai nazaridan tahlil etish kerak. Bunda tasalli berish inqilobiy harakatni rivojlantirishga to’sqinlik qiladigan ijtimoiy - psixologik omil sifatida qarab chiqilishi kerak. Bularning hammasidan mashhur dinshunoslar tasalli berishga, boshiga falokat, musibat, baxtsizlik tushgan, alam - sitamga duchor bo’lgan kishilar taqdiriga insonlarcha hamdardlikka salbiy munosabatda bo’lganlar, degan ma’no kelib chiqmaydi. Ularga inson sifatida axloqning ana shu
umumbashariy qoidasi aslo begona emas, degan xulosa kelib chiqadi. Muammolardan yana biri shundan iboratki, diniy his - tuyg’u tug’ma degan muammo ilmiy munozara bahslarining mavzui bo’lib qoldi. Bunda diniy dunyoqarash mavqeida turadigan kishilar faqatgina diniy his - tuyg’u abadiydir degan g’oyani o’rinsiz himoya qiladilar.