Besh daqiqali esse – o’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’uloti oxirida 5 daqiqa oralig’ida o’tkaziladi. Yozma topshiriqning ushbu turi talabalarning mavzuga doir o’z mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o’qituvchiga o’z talabalari o’quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko’proq e’tibor berishlari xususida fikrlash imkonini beradi.
Topshiriq – 2
T-Sxemasini to’diring
Diniy e’tiqod
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dunyoviy e’tiqod
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Milliy din tushunchasi, uning tegishli millat yoki xalqninmg ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati haqida bilim berish.
|
So‘nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o‘rinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati haqida so‘z yuritiladi.
|
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo‘llanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo‘llanila boshlangan. Keyslarning ilk to‘plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘lidagi harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi.
Dostları ilə paylaş: |