Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: