2-maqsad O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda IX asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o'rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga qo'shgan xissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o'rgatilishidan iborat.
3-maqsad talabalarda ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo'lgan dinlarning shakllari, ta'limotlari, yo'nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil qilish orqali o'zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat.
«Dinshunoslik» kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Oliy o'quv yurti talabalariga shu soxada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni taxlil etishda ilmiylik va ob'yektivlik uslubini qo'llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan dunyoviy iymon va e'tiqodni shakllantirish.
Ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug'-qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon dinlarining paydo bo'lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil qilish va umumlashtirish.
Uchinchidan, kursni o'rganish jarayonida dinning ta'rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o'rni; jamiyatni, shaxsni ma'naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; Islomning Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston xalqlari madaniyati va ma'naviyatiga ta'siri kabi masalalarni falsafiy taxlil qilish.
Turtinchidan, talabalarga islom manbalari – Qur'oni Karim, Hadis, shariat haqida umumiy ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan xissa qo'shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta'limotini takomillashtirishda xamyurtlarimiz ijodini bayon etish.
Beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to'liq kafolatlanganligini isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yo`lida qilinayotgan sa'y-xarakatlarni tavsiflash, nixoyat, milliy va diniy qadriyatlarning bugungi kundagi ahamiyatini ochib berishdan iboratdir.