Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi


Axloq normalari - Budda «Pancha Shila» nasihati



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə34/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

2. Axloq normalari - Budda «Pancha Shila» nasihati:

  1. Qotillikdan saqlanish;

  2. O‘g‘rilikdan saqlanish;

  3. Gumrohlikdan saqlanish;

  4. ¨Yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish;

  5. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;

  6. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;

  7. O‘yin - kulgudan saqlanish;

  8. Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish;

3. Donishmandlik - bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunish.
Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim «Xinayana» (kichik g‘ildirak) va «Maxayana» (katta g‘ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi.
Xinayana ta`kidlashicha dxarmalar tabiatini o‘rganish va nirvanaga erishish ma`naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o‘rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barchaga mumkin. Shu sababli «Katta g‘ildirak» deb nomlanadi.
Barcha jahon dinlari kabi buddaviylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo'linib ketgan.
Buddaviylikda bir necha yo`nalishlar paydo bo'lgan. Bulardan eng yirigi I asrda undan ajralib chiqqan xinoyana («kichik arava», tor yo'l ma'nosida) Shri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan; maxayana («katta arava», keng yo'l ma'nosida) Tibet, Xitoy, Yaponiya, Mongiliyada hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o'rtasida keng tarqalgan.
Lamaizm. Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tibet tilida «lama» – «yeng ulug‘» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari Shu nom bilan – lama deb ataladi.
Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga etishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi.
Lamaizmning an’anaviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, ko‘pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g‘azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor. Lamaizmga ko‘ra, lamalarga va dunyoviy hokimlarga so‘zsiz bo‘ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avatara, ya’ni ma’buda Sagan-Daraexening erdagi ko‘rinishi deb e’lon qilganlar.
Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish – o‘nta «og‘ir gunoh» sanaladi. Gunoh qilishdan o‘zini tiyish insonga eng yaxshi qayta tug‘ilishga imkon beradi.
Lamaizm yo‘nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug‘ilgan mavjudotlarning eng ulug‘i, bodxisatva Avalakiteshvaraning erdagi ko‘rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma’nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug‘ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo‘lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjanso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug‘ilgan. Uning o‘limi bilan erda yangi Dalay-Lama paydo bo‘ladi. Oliy lamalardan tashkil qilingan hay’at uning o‘limidan so‘ng bir yil mobaynida yangi tug‘ilgan go‘daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. Shundan so‘ng go‘dak monastirda tarbiyalanadi. U voyaga etgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi. Lamaizm diniy hayotining markazini monastir tashkil qiladi. U erda Dalay-Lama, Lamalar diniy uyushmasi, rohiblar, talabalar faoliyat olib boradilar



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin