Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi


Xavorijning kelib chiqishi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə65/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

Xavorijning kelib chiqishi. Ali bilan Mu’oviya o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xuruj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular o‘zlarini «Shurot» («Jonlarini Alloh yo‘lida tikkan kishilar») deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan.
Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Mu’oviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldirgach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va o‘lkalarni egalladilar.
Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo‘liga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:
- ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko‘ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo‘lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Mu’oviya, Abu Muso al-Ash’ariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;
- “zolim” podshohga qo‘lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O‘z e’tiqodini yashirish tamoyili (taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘laveradi, deb hisobladilar;
- xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo‘lishligidan qat’i nazar,musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;
- namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.
Xorijiy” so‘zi aoab tilidagi “xaraja” so‘zidan olingan bo‘lib, “chiqmoqlik” ma’nosini anglatadi. Xorijiylar dastlab Ali ibn Abu Tolibni qo‘llab quvvatlovchi shialar tarafdori sifatida sunniylarga qarshi kurash olib borishgan. So‘ngra, Ali va Abu Sufyonning o‘g‘li Muoviya o‘rtasida hokimiyat uchun olib borilgan kurashda Alining Muoviya bilan sulh tuzilishga qarshi turuvchi guruh sifatida Ali ibn Abu Tolibning qo‘shinidan ajralib chiqishadi va Alining o‘ziga qarshi kurash olib borshadi.
Xorijiylar o‘zlari tomonidan “dindan qaytgan”, deb e’lon qilingan siyoisy va g‘oyaviy raqiblariga nisabatan murosasiz bo‘lgan. Ularning ta’limotiga ko‘ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday tavodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xlifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa damoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi.
Shuningdek, xorijiylar dindor kishining islom arkonlariga sodiqligini amalga oshirgan ishlariga qarab baholash kerak, deb hisoblab, ularning talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday hukmdorga bo‘ysunmaslik, uni ag‘darib talash zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan edi. Bunday g‘oyalar hokimiyat uchun kurashning zo‘rovonlikka asoslangan usullari kelib chiqishiga va minglab kishilarning halok bo‘lishiga olib keldi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin