Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə4/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
dinshunoslik 14

KURSNING AMALIY AHAMIYATI. «Dinshunoslik» kursining amaliy ahamiyati, oliy maktab talabalarining shu sohadagi bilim doiralarini kengaytirish, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan erkin fikr yuritish hamda ilmiy va diniy ta'limotlarni hozirgi fanlar va talablar nuqtai nazaridan turib o'rganishdan iborat.
«Dinshunoslik» o'zining o'rganish va ilmiy tekshirish ob'yektiga ega. U dinning paydo bo'lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e'tiqodlarning paydo bo'lishi va yashashi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o'rganadi. «Dinshunoslik» kursining vazifasi dinni falsafiy, tabiiy-ilmiy, tarixiy va psixologik nuktai nazarlardan har tomonlama tahlil qilishdan va va bu tahlil bergan dalillarni umumlashtirishdan iborat. «Dinshunoslik asoslari» predmeti tabiiy-ilmiy, insonshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o'zaro uzviy bog'liqlikda rivojlanadi. Uning etika, estetika, tarih etnografiya, arxeologiya, psixologiya, hurfikrlilik va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam bog'liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitadi.
«Dinshunoslik» kursining O'zbekiston xalqlari tarixi bilan uzviy bog'liqligini alohida ta'kidlash zarur. Zero, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi umuman din, xususan islom tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, fan va madaniyat tarixiy taraqqiyotida keyingi ming yillikda islom ta'limotining ta'siri kuchli bo'lgan. O'zbekiston xalqlari tarixi predmeti qadimgi zamonlardan hozirgi davrgacha jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy rivojlanish bosqichlarini o'rgansa, bu jarayonning barcha jihatlarida mavjud dinlarning aralashuvi, yohud kuchli ta'siri bulgan. Xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida islomning kirib kelishi va hukmron mafkuraga aylanishi bu xalqlar tarixida katta iz qoldirgan.
Oliy maktab talabalari uchun yangi o'quv predmeti sifatida o'qitilayotgan Madaniyat tarixi va nazariyasi bilan dinshunoslik asoslari kursi o'zaro uzviy bog'liqdir, chunki madaniyat tarixi bilan din tarixi bir-biridan ajralmagan, aksincha o'zaro ta'sir o'tkazib kelayotgan jarayondir. Bu tarixiy taraqqiyot hodisalarning ob'yektivligini, rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish har ikkala o'kuv predmeti uchun ham ahamiyatlidir. Bir-birini to'ldiruvchi O'zbekiston xaqlari tarixi bilan «Dinshunoslik» o'quv predmetlari yoshlarni bu sohadagi zarur bilimlar bilan qurollantiradi.
«Dinshunoslik» kursi o'qitishning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, mustaqillik tufayli mamlakatimizda boshlangan ijobiy o'zgarishlar din tarixiga, u bilan bog'liq bo'lgan madaniy merosga xolisona ob'yektiv munosabatni o'rnatish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug'risida»gi qonunning qabul qilinishi hozirgi sharoitda demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O'zbekiston xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib, o'z natijasini ko'rsatmog'da.
Dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga nisbatan to'g'ri munosabatning qayta tiklanishi haqiqiy vijdon erkinligini amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Oxirgi mustaqillikning o'tgan yillarida urushdan keyingi davrga nisbatan bu sohada kup ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, qonun doirasida diniy tashkilotlar va jamoalar uchun to'liq erkinliq yangi diniy jamoalarni, jumladan masjid va madrasalarni ruyxatdan o'tkazish, diniy ibodatlarni bemalol ado etish, diniy adabiyotlar nashr etish, diniy arboblar va
talkilotlar faoliyatiga munosabatda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Diniy tashkilotlarning jamoat tashkilotlari, tinchlik va xayriya ishlarida faol qatnashishdan iborat huquq kafolatlandi va ro'yobga chig'arildi.
Madaniy va ma'naviy marosimlarni, diniy qadriyatlarimizni tiklash. Ilm toliblariga o'rgatishga g'aratilgan chora-tadbirlarni xalg'imiz keng quvvatladi. Mustaqilligimiz sharofati bilan ilm-fan, din sohasida katta iz qoldirgan olimu-fozillar, ulamolardan iborat vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Hakim Termiziy, Axmad Farg'oniy, Navoiy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy va boshqalarning utkazilgan va bulajak yubileylarini tantanali nishonlash va meroslarini o'rganishga keng yo'l ochildi.
«Dinshunoslik» kursining falsafa, tarih etika, psixologiya fanlari bilan bogliqligidan tahqari bu kurs din sosiologiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, uning natijalari muqim amaliy ahamiyatga ega.
Din va sosiologiyada muayyan aholi o'rtasida dinga, uning qadriyatlariga hamda ijtimoiy rolini aniqlash maqsadida sosiologik tadqiqotlar o'tkaziladi. Bu tadbir sosiologik tadqiqot metodtkasi, so'rov varaqalari ishlab chiqilgandan so'ng ishga solinadi. Olingan natijalar muayyan hududda diniy vaziyatni, diniy ong darajasini, ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlashda yordam beradi.
Bulardan tashqari «Dinshunoslik» din antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din aksiologiyasi kabi fan tarmoqlari yutqlaridan ham foydalanishning muayyan amaliy ahamiyati mavjuddir.



Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin