|
|
səhifə | 36/42 | tarix | 09.09.2023 | ölçüsü | 4,2 Mb. | | #142146 |
| dinshunoslik 14
Tasavvuf tariqati. Tasavvuf (arab.), uni sufiyliq sufizm deb ham yuritiladi. Tasavvuf – islomdagi diniy- falsafiy oqim bo'lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon mamlakatlari ijtimoiy taqqiyotining xususiyatlari bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan.
Tasavvuf ta'limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga munosabatidir. Yangi odamlarni xalolikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo'lib yashashga chorlagan. Ayniqsa bu ta'limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o'z halol mehnati evaziga yashashni talab qiladi.
Tasavvuf ta'limotining yuzaga kelishining yana muhim sabablaridan biri ko'p mamlakatlarni birlashtirgan arab imperiyasida fanlarni rivojlantirish, diniy ta'limotni hayotga tatbiq qilish borasida turli xil yondoshuvlar bo'ldi.
Tasavvuf vaxdat-ul mavjud va vaxdat-ul vujud diniy-falsafiy g'oyalar hamda Arastu qarashlaridan oziq olib rivojlangan Sharq falsafasi ta'sirida islomning alohida oqimi sifatida vujudga keldi. U murakkab diniy- falsafiy oqim bo'lib, xilma-xil shakllarga, mazmun va yo'nalishga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, uning 17 ta asosiy suluki (yo'nalishi) mavjud.
Tasavvufda ikkita asosiy g'oyaviy yo'nalish ko'zga yaqqol tashlanadi: bu o'tkinchi dunyo, mol-mulq mansabga ixlos qo'yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g'oyaga tayanganlar tarkidunyochilikni targ'ib etganlar; azro'i azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutula olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi yo'nalish bu dunyo Alloh-taolo tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda visoliga musharraf bo'la olishiga, binobarin, undan qo'rqish asosida emas, Allohni sevish, uning visoliga yetish uchun og'ir, mashaqqatli poklanish yo'lidan borishni tashviq etganlar.
Tasavvufning so'l qanoti diniy-falsafiy ta'limot sifatida aqidaparastlik islomga nisbatan muxolifiyat bo'lib, Yaqin va O'rta Shprqda, ayniqsa O'rta Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida o'z o'rni va mavqeiga egadir. O'rta Osiyo mutafakkirlarini sho'rolar davrida o'sha davrdagi islom aqidalariga qarshi qo'yildi. Ijtimoiy hodisa, ma'naviyatga sinfiy(partiyaviy) munosabat tarixiy jarayonlarga shunday g'ayriilmiy yondoshuvni, ularni mafkura va siyosat talablariga bo'yosundirishni taqozo etardi.
Shu yo'sinda rivojlangan tasavvuf Sharqda, shu jumladan Turkiston musulmonlari orasida tafakkur tarzi va axloq me'yorini belgilaydigan ijtimoiy hodisaga aylangan.
Islomiy qadriyatlar va hozirgi davr. Kishilarni o'tmishga, undagi qadriyatlarga, ma'naviy madaniyatga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topishda yordam beradi. Bunday yo'l topa olmagan kishilar o'zlarini qiyin ahvolga solib qqo'yadilar. Haddan tashqari chetga chiqishlar esa ko'pincha haqiqatning ayon bo'lmay qolishiga olib keladi.
Dinda umuminsoniy qadriyatlar juda ko'p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarni qayta tilga kirgizmoqdalar. Biz ularga bu xayrli ishda ittifoqchi va xayrixohmiz.
Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar orasida hurmat va obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim, ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, e'tiqod va imonni tan olib,e'tirof etmoqdalar.
Hozir oliy islom o'quv yurtlarida 19-20 turdagi fanlardan dars o'tilib, imtihon olinadi. Bu o'quv predmetlarining yarmidan ko'pi dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma'lum. Bu hol hozirgi zamon ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e'tibor berayotganliklarining ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad (s.a.v.)ning «Ilmga nisbatan go'yo cho'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun farzdir», «Shahid qonidan ko'ra olimning siyohi muqaddasdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» - degan da'vatu hikmatlariga hozirgi zamon din ahllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar. Biz ham ularni targ'ib qilamiz.
Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir.
Biz xalqimizning diniy e'tiqodini endi g'oyat hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma'naviy madaniyatning uzviy qismi, deb qadrlaymiz. Chunki hozirgi diniy ta'limotda birinchi navbatda insoniy elementlar ustun turadi.
Hadislardagi da'vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani, ayniqsa mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan davr taqozosiga muvofiq keladigan odamlarni do'stliq hamkorlikka chaqiriqlardir. Hadislarning birida «Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar… uzaro birodar bo'linglar» deyilgan. Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro do'stlashishda, rahm-shafqatda va mehru-oqibatda go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi og'risa, unga qo'shilib qolgan a'zolari ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi».
Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga juda ko'p o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru ehson qtltsh yuli bilan rizqu nasibalaringizga baraka tilanglar», deyilsa, ikkinchisida, «Tangri g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st tutadi» deb ta'kidlanadi; uchinchisida «ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning hojatini chiqaring» deyiladi. Yana birida «bir-biringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g'amliklarni yo'qotadi», degan da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi.
Shuni e'tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki ilm-fanning birgina o'ziyoq insonni yuksak fazilatli qilishga qodir emas. Buning uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, ahloqiy tarbiya, boy ma'naviy hayot va hokazolar mavjud bo'lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|