Dinshunoslik


Soxta xristianlik harakatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

2. Soxta xristianlik harakatlari. Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik 
xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining 
jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni
davlatlarda «Богородичий центр», «Церковь объединения», «Церковь 
Иисуса», «Церковь Нового Завета», «Белое братство», «Божественный орден 
Первого Ангела» kabi o‘nlab diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib 
bormoqda. «Satanizm» deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Yer 
yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor. 


61 
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi 
bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida 
ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar. 
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan 
ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar. 
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning 
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular 
faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda. 
Jahon xristianlarini birlashtirish yo‘lidagi Muqaddas Ruh assotsiatsiyasi
bo‘lib, «Mun San Men birlashtirish cherkovi», «Birlashtirish harakati», 
«Munchilar» kabi nomlar bilan ham ataladi.
Birlashtirish cherkovi (BCh) asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy 
Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e’tiqod qiluvchi dehqon oilasida 
tug‘ilgan. Maktabda o‘qish davrida u «пятидесятник»lar yig‘inlarida qatnashgan. 
1936 yili Pasxa bayramida unga «vahiy» kelgan: Iso Masih unga ko‘rinib, uni 
taxminan 2000 yil avval boshlagan missiyasini yakunlash uchun «tanlangan»ini 
aytgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu voqea sodir bo‘lganda osmondan: «Sen insonlarni 
halokatdan qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zohir bo‘lishisan!». Shu voqea 
sabab u o‘z ismining birinchi bo‘lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur taratuvchi)ga 
o‘zgartirdi va bu bilan u o‘zini «ilohiy» kelib chiqishini bildirdi. Shu yo‘l bilan 
yangi «payg‘ambar» – Mun San Men vujudga keldi. 
Mun 1948 yilda ma’naviy buzuqligi, «jamoat tartibini buzganligi» uchun 
100 kunga, keyinroq esa qo‘shxotinlik bilan ayblanib 5 yilga qamalgan.1955 yilda 
Mun 10 dan ortiq ayollarning nomusiga tajovuz qilishda ayblanib sudga tortilgan. 
Ayblarni yumshatish, janjallarga barham berish uchun o‘sha ayollardan biri 
Seuldagi «Rixva» universiteti talabasi 18 yoshlik Xak Xok Djaga 1960 yilda 
uylanadi. To‘y sovg‘asi sifatida «payg‘ambar» o‘z rafiqasiga «olamni yaratuvchi 
ona» unvoni (tituli)ni beradi va o‘zining Muqaddas kitoblarga «Bibliya»ga 
qo‘shimcha ravishda yozgan «Ilohiy tamoyillar» nomli kitobini unga sovg‘a qiladi. 
1976 yildan boshlab BCh bir necha bor moliyaviy masalalar bo‘yicha 
janjalli voqealarga sabab bo‘lgan. 80-yillarning boshlarida dunyo bo‘ylab BChning 
150 dan ortiq korporatsiyalari tuzilgan bo‘lib, ularga turli sohalarga oid korxonalar 
qarashli bo‘lgan.
1992 yilda Mun o‘zini yangi insoniyatning «Haqiqiy Ota»si deb e’lon 
qilgan, 1993 yilda «Yangi Ahd davri» tugab, «Ahdning yakuniy davri» 


62 
boshlanganini bildirgan. Munchilar to‘liq va yakuniy haqiqatga «Haqiqiy Ota» 
orqali erishiladi, deb ishonadilar.
Mun va uning xotini yaqinda «Iso Masih»ga rafiqa topishgan va Iso Masih 
ularga ko‘rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilarning ommaviy nikoh 
tantanalari «Unashtirish» marosimi munchilarning amaliyotida markaziy o‘rinda 
turadi. U 2 qismdan iborat: «muqaddas vino» marosimi va «muqaddas nikoh». 
Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning «birinchi 
gunohi»dan poklanib, yangi «haqiqiy» hayotni boshlashlarini anglatadi. Nikoh 
marosimidan avval «unashtirish» bo‘lib o‘tadi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘z 
juftlarini topishni Mun va uning tajribali mintaqaviy liderlariga to‘lig‘icha 
ishonadilar. Ayrimlar o‘z juftini nikoh tantanasidan bir necha kun avvalgina 
taniydilar.»Muqaddas vino» yoki «Nasabni o‘zgartirish» marosimi orqali 
munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘laydilar 
Mun ta’rificha: «Bu marosimlar shayton dunyosidan saqlovchi va «Haqiqiy 
ota-onalar»ga yaqinlashish bo‘yicha o‘ziga xos «emlash» vositasidir. 
Vinoda yigirma bitta unsur (element) va «Ota va Ona»ning qoni jamlangan bo‘lib, 
uni iste’mol qilgan inson o‘z ajdodlaridan voz kechadi. Boshqa bir ma’lumotlarga 
qaraganda, ushbu ichimlik tarkibiga Mun va xotinining boshqa narsalari ham 
solinadi. 
«Aum sinrikyo» - Aum (sanskritcha «olam») haqiqati ta’limoti; ingliz tilida
«Supreme truth», ya’ni «oliy haqiqat» deb tarjima qilingan. Ushbu sekta 2000 
yildan boshlab «Alef» nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 
birinchi harfi bo‘yicha). «Aum sinrikyo» yangi diniy, sinkretik, terroristik, 
ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta bo‘lib, vadjrayana buddizmi asosida 
Yaponiyada vujudga kelgan. Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos 
solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan 
so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga 
kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Rossiya, AQSH va boshqa davlatlarda 
faoliyati ta’qiqlangan.
«Aum sinrikyo»dan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 
1990 yillarda sektaning Nyu York, Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat 
yuritgan. 1986 yilda ushbu sekta tashkilotiga diniy tus berildi va u «AUM Sinsen-
no-kay» («Ma’naviy rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati) 
deb ataldi. Shu yili Asaxara Himolayda «butunlay azoblardan qutilib, 
Nurlanishga erishdi».


63 
Tashkilot 1987 yilning iyulidan «Aum sinrikyo» nomi ostida butun 
mamlakat bo‘ylab bo‘linmalariga ega bo‘ldi. 1989 yil avgustidan sekta diniy 
tashkilot sifatida tanildi. U Yaponiyaning oliy tabaqadagi universitetining 
talabalarini o‘ziga jalb qilib, ikkinchi nom - «elita vakillari dini»ga ega bo‘ldi. 
1995 yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a’zosi tomonidan terroristik 
akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli 
portlatish sodir etishgan. Natijada 12 kishi vafot etgan, o‘nlab kishilar zaharlangan, 
1000 kishining ko‘rish qobiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim 
a’zolarida paralich, so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi, tayanch harakat a’zolarining 
shikastlanishi, ko‘r bo‘lib qolish holatlari ham uchragan. Ularning fikricha, 
oxirzamon kelishi, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va 
urushda barcha «gunohkorlar» qirib tashlanadi. 
Politsiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va 
biologik qurollarning komponentlari («Sibir yarasi» («Sibirskaya yazva») va 
«Ebola virusi») topilgan. Bundan tashqari Zairdan keltirilgan Mi-17 harbiy 
vertolyoti bo‘lgan. Kimyoviy zaxira zarin tayyorlash orqali 4 million kishini 
o‘ldirishga yetadigan bo‘lgan. 
«Oq birodarlik tashkiloti» (OBT) eng janjalkash sektalardan biri bo‘lib, Nyu 
Eyj harakati bilan o‘zaro bog‘liq. Uning g‘oyalarida ham «Baliq erasi» (Iso Masih 
davri) yakunlanib, Suvchi (Vodoley) erasi, ya’ni yer yuzida Ilohiy boshqaruv davri 
boshlanishini da’vo qiladilar. Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy 
Krivonogov texnika fanlari nomzodi bo‘lib, Kiyevning nevralgiya va psixiatriya 
institutida ishlagan. U ko‘plab yangi g‘oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta’sir 
o‘tkazish masalalariga qiziqqan. O‘z qiziqishlari o‘laroq, biroz muddat Krishnani 
anglash jamiyatiga a’zo bo‘ladi va turli uslublarni o‘rganadi. U «Atma» nomli 
«Qalb instituti»ni ochadi va «Znaniye» nashriyoti orqali ko‘plab risolalar chop 
etadi. 
Krivonogov ko‘p shaharlarda ma’ruzalar o‘qib yuradi va Dnepropetrovskda 
bo‘lg‘usi xotini Mariya Svigunni uchratadi va to‘y arafasi Mariyani yerdagi 
«Xudo» deb e’lon qiladi. Krivonogov o‘zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan 
(Ioann Predtech, Yoqub payg‘ambar, Nuh payg‘ambar, Ioann Krestitel, 
Tutanxamon, shoh Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida to‘xtagan. 
Mariya ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O‘g‘il Xudo, 
Muqaddas Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya yer 
yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng e’tiqodli kishilarni, ya’ni «haqiqiy 
e’tiqodlilar»ni jamlashi kerak bo‘lgan. Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi 


64 
bo‘lishi kerak edi (YUSMALOS bu «Yuoann Svami Mariya Logos» 
abbreviaturasi, shuningdek, «Jus malos» so‘zining «yovuzlik qonuni» ma’nosi 
ham bor). 
Yusmalos «olamni qutqarish» missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 
noyabrga qadar yetib belgilangandi. Yerdan oxirgi bo‘lib bu er-xotin ketishi, ularni 
chormixlashlari lozim bo‘lgan. Jasadlar uch kun ko‘chada turib, uchinchi kuni 
qayta tirilishlari va osmonga ko‘tarilishlari kerak edi. O‘sha kuni oxirzamon bo‘lib, 
yer yuzi vayron bo‘lishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa yusmalos xalqi 
yerda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda, qolganlar do‘zaxda bo‘lishi 
ta’kidlangan. 
Belgilangan sanada Kiyevda bir necha ming tarafdorlar yig‘iladilar. 
Tabiiyki, oxirzamon bo‘lmadi. Kiyevdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi oldida 
to‘polon uyushtirildi. Er va xotin ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. 
«Butunjahon oq birodarlik» (yoki «Bolgar oq birodarligi») tashkiloti 
Bolgariyada 1900 yilda Petr Dinov tomonidan asos solingan. Bu tashkilot 
sinkretik, diniy, afsungarlikka asoslangan g‘oyalarga ega bo‘lib, xristianlik, 
hinduiylik, yoga ta’limotlari qorishmasidan iborat. Taniqli liderlaridan biri Mikael 
Ayvanxovdir (Mixail Ivanov – «Ayvanxov» – familiyasining inglizcha o‘qilishi 
«Ivanhov»).
1937 yili Petr Dinov o‘z shogirdi Ivanovni Fransiyaga tashkilot g‘oyalarini 
tarqatishga yuboradi. Ayvanxov Parijda 1947 yili tashkilot bo‘linmasini ochadi va 
unga «Izgrev» (bolg. «ko‘tarilish») deb nom beradi. 1953 yilda esa mamlakat 
janubida Riverada maxsus maktab ochadi («Bonfan»). 1960 yilning boshida 
Ayvanxov Hindistonga borib, ximolaylik rohibdan duo oladi va «Omraam» ismini 
qabul qiladi. Bu ism «ko‘rinmas, tutqich bermas g‘oyalarni yer yuzida amalga 
oshirish jarayonlarni jadallashtiruvchi»ga berilgani. Ayvanxov ma’ruzalari asosida 
ko‘plab kitoblar (32 tom) chop etilgan. Ko‘pchiligi rus va esperanto tillariga 
tarjima qilingan. Sotsialistik tuzum davrida tashkilot faoliyati to‘xtatilgandi, 
hozirda yana jonlangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashib ketishi, ochlik, fuqarolar 
urushlari, ommaviy epidemiyalar, spidning tarqalishi yuqoridagi kabi sektalarning 
keng yoyilishiga olib kelmoqda. 
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, ma’naviy 
va jismoniy kamolotga erishishga bo‘lgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan 


65 
qiyinchiliklardan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida shaxsiy boylik orttirish 
niyatida foydalanadilar. 
Mavjud diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga 
moslashtirish, boshqacha aytganda, modernizatsiya qilish jarayoni hamon davom 
etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan inkvizitsiya va salb yurishlari xato 
bo‘lganini tan olib, Rim Papasi hatto, rasman kechirim ham so‘radi. 1992 yilda 
Papa Ioann Pavel II o‘z paytida Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi 
qarashlarni yoqlagani uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, o‘z 
qarashlaridan voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq bo‘lganini 
tan olib, barchadan uzr so‘ragani ham bunga misol bo‘la oladi. 
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish xaritasida jiddiy o‘zgarishlar sodir 
bo‘layotganini ta’kidlash zarur. Masalan, o‘tgan asrda asosan xristianlar yashab 
kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat 
qilmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, 
Fransiyada - 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. 
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hozirda aynan islomga e’tiqod qiluvchilar soni eng tez 
ko‘payib borayotgan din hisoblanadi.
Bunday o‘zgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan 
odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik, 
ko‘pgina hollarda va asosan islomni qabul qilishi bilan bog‘liq. 
Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga e’tiqod qilib 
kelgan o‘lkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilmoqda. BMT 
ma’lumotlariga ko‘ra xristianlikning o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil 
qiladi. Mazkur jarayon ayrim xristian tashkilotlari va yo‘nalishlarining faol 
missionerlik harakati natijasida sodir bo‘lmoqda. 
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy manzarasida 
jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganidan dalolat beradi. Diniy konfessiyalar 
manzarasi rang-barangligini O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat 
yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xristianlikka 
mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo‘nalishning har biri o‘zini alohida diniy 
konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning isboti bo‘la oladi. 
Noan’anaviy diniy tashkilot yoki oqim deganda bir mintaqa, hudud aholisi 
uchun begona bo‘lgan, muayyan tarixiy sharoit yoki ijtimoiy vaziyat sababli o‘sha 
yerga kirib kelgan yoki kirishga harakat qiladigan dinlar tushuniladi.


66 
XIX asr o‘rtalari XX asr boshlariga kelib Yevropa, Amerika va Osiyo 
qit’alarida «payg‘ambarlik» va «armageddonizm» epidemiyalari avj oldi. AQSHda 
1840 yillarda «millerizm» nomi ostida paydo bo‘lgan harakat tez orada boshqa 
hududlarga ham tarqaldi. Natijada, aksariyat yirik dinlar doirasida yangi, 
«islohotchi» oqimlar yuzaga keldi. 
Ulardan, xristianlik doirasida «Yahve shohidlari» va «Mormonlar»ni, islom 
dini doirasida «Bahoiylar», «Ahmadiylar» va «Qora musulmonlar»ni, hinduiylik 
doirasida «Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»ni sanash mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin