Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

«Shohidiylar» jamoasiga 1990-yillarning boshida diniy ma’lumotga ega 
bo‘lmagan andijonlik Karimov Xabib (1944 y.t.) asos solgan. Jamoa tarafdorlari 52 
nafarni tashkil qilib, Andijon shahri va Andijon tumanidagi fuqarolar yig‘inlarida 
faol harakat qilganlar. Oqim tarafdorlari navbati bilan davriy ravishda (15 kunda 


76 
bir) o‘z xonadonlarida yig‘ilishlar tashkil qilib, oqimning «Qur’ondan ma’ruf» 
nomli kitobi asosida diniy darslar o‘tkazganlar. Ushbu jamoa diniy qarashlarida 
islom ta’limotiga zid quyidagi tamoyillar mavjud: 
- Qur’on tafsirlari va hadislar inkor qilinadi
- namoz besh mahal emas, istalgan vaqtda ikki rakat o‘qiladi, go‘yoki soliq 
amallar namoz hisobiga o‘tadi deb hisoblanadi; 
- Makka shahridagi «Masjidul Harom»dan boshqa masjidlar tan olinmaydi
imom-xatiblar go‘yoki sof islomdan qaytgan hisoblanib, jamoa a’zolariga namoz 
uchun masjidga borish man etilgan, juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan 
deb da’vo qilinadi; 
- islomiy marosimlar o‘tkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentyabrida 
X.Karimov onasi vafot etganda mayyitni kechasi yashirincha, «janoza» o‘qimay 
ko‘mib kelgan; 
- jamoa a’zolariga to‘y va boshqa dunyoviy marosimlarni o‘tkazish yoki ishtirok 
etish ta’qiqlangan; 
- quda-andachilik munosabatlari faqat oqim a’zolari o‘rtasida o‘rnatiladi; 
- spirtli ichimliklarni ma’lum bir me’yorda (mast holatga keltirmaydigan) iste’mol 
qilish harom sanalmaydi. 
«Shohidiylar» jamoaga yangi a’zolarni asosan o‘zlarining yaqin qarindoshlari 
ichidan jalb qiladilar. Quda bo‘lish ham odatda faqat jamoa doirasida amalga 
oshiriladi. Yangi a’zolarga oq matoga o‘ng qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qilishi 
va 70 kun ro‘za tutishi yoki kuniga 800-1000 so‘m (jami 56-70 ming so‘m) 
miqdorida a’zolik badali to‘lashi buyuriladi. 
Jamoa a’zolariga diniy tushunchalar «Qur’ondan ma’ruf» nomli kitob asosida 
beriladi. Ushbu kitob 1960-yillarda Toshkent shahri va viloyatida vujudga kelib, 
hozir faoliyati kuzatilmayotgan, hadislarning muqaddasligini va mazhablarga 
ergashishni rad etgan «Ahli Qur’on» norasmiy diniy jamoasi a’zolari tomonidan 
tayyorlangan. 
Ma’lumki, islomda harom qilingan amal yoki narsani halol hisoblash e’tiqodiy 
shirk hisoblanadi. «Ma’rifatchilar» va «Shohidiylar» jamoasiga a’zo bo‘lgan 
shaxslar shariat hukmiga ko‘ra dindan chiqqan hisoblanadi.
«Shohidiylar» hozirda Andijon shahri va Andijon tumani hududida istiqomat 
qiladilar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin