83
JABROIL – Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida
elchi vazifasini bajaruvchi
farishta.
ZAKOT – (arabcha, poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir
qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot
miqdoriga yetgan badavlat
kishilar uchun farz etilgan.
IMON – ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La
ilaha illallohu
Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad –
Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan
tasdiqlash (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir.
INJIL – (yunoncha, «Yevangeliye») «Yangi Ahd»dagi Mark, Matto, Luqo va
Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi.
Ularda Iso Masihning
hayot yo‘li va mo‘‘jizalari bayon qilingan.
QADIMGI AHD – «Bibliya»ning qismlaridan biri. «Tavrot» (Musoning 5 kitobi),
«Zabur» va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: