Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

KARDINALLAR KOLLEGIYASI – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash. 
Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash 
vazifalarini bajaradi.
KASTA – hinduiylikda ayni ish bilan shug‘ullanuvchi, otalardan meros qolgan 
haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan shaxslar toifasidir. Kasta insonlar 
tomonidan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga kelish 
mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi.
KIROMUN KOTIBUN – islomda har bir insonning hayoti davomida bajargan 
har bir amal va so‘zlarini yozib boradigan farishtalar. 
KIRXA (nemischa, «cherkov») – lyuteran cherkovlarining nomi. 
KOSTEL (polyakcha, chexcha, «cherkov») – Rim katolik cherkoviga qarashli 
ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki 
protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
KRISHNA – «qora» ma’nosini anglatadi, o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra 
juda murakkab obraz. U haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh 
bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida 
ta’riflanadi. U urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor 
tabiatga ega.
QUR’ONI KARIM – Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi bo‘lib, 23 yil 
mobaynida Muhammad payg‘ambar (a.s.)ga Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan 
oyat–oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob. 
QUT – Quvvat, kuch, energiya manbai. Tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, u insonning 
moddiy tirikligi sababidir.
LUQO (Luka) – «Yangshi Ahd» tarkibiga kiruvchi to‘rt Injil mualliflaridan biri. 
Xristianlik tarixida Bibi Maryamning suratini chizgan birinchi inson sifatida ta-
nilgan. Iso Masihning 70 havoriylari qatoriga kiradi. 
MAVZU’ – Rasululloh (a.s.)ga nisbat berilib to‘qilgan yolg‘on hadis. 
MAGEN DAVID – Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmish olti burchakli 
«Dovud yulduzi». 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin