Dinni antropologik o‘rganish birbiri bilan munosabatdagi
madaniyat va din haqidagi ikki noaniq tushunchani keltirib chiqa
radi. Shunga ko‘ra, madaniyatni kengroq tushuncha sifatida qabul
qilib, din uning tarkibidagi madaniy tizim deb hisoblash mumkin.
Shu asosda, diniy tarix, e’tiqod va amaliyotlar muayyan ijtimoiy
guruhga tegishli yagona madaniy elementlarning o‘ziga xos maj
muasini tashkil etadi. Masalan, kimdir Hindiston aholisining (si
yosiy madaniy tizim bilan bog‘langan) hayoti va madaniyatini tadqiq
qi lishga kirishsa, u yerda ko‘p miqdordagi kichik ijtimoiy guruh
lar mavjudligi va ularni (madaniy omillari o‘xshashligi jihatidan)
birbirini to‘ldirishi va o‘zaro mos tushishiga guvoh bo‘ladi.
Albatta, u yerda siyosiy ma’muriy (shtat, shahar, qish
loq), geografik (tog‘lik, sohil bo‘yi, tekislik), qarindosh asosi
da (kasta, qabilaviy), diniy (hindu, musulmon, jain, buddist,
106
sikh, xristian, zardushtiy) bo‘linish mavjudligini nazarda tu tish
lozim. Shu bois ularning har birini tor doirada yoki chuqur
roq o‘rganish mumkin. Bunday holatda, hinduizm yoki hin
duizm madaniyati (din jabhasida) hind madaniyatining oddiy
bo‘lagi bo‘lib ko‘rinadi. Hindu diniy madaniyatini tadqiq qil
ganda turli shakldagi farqlar mavjudligini e’tiborga olish lozim:
muayyan iloh va ma’budlar (Shiva, Vishnu, Shakta)ga sig‘inish
ga asoslangan shivaizm, vishnuizm, shaktaviylik kabi sektalar;
ba’zi xarazmatik (sirli qobiliyatli) diniy yetakchilar – Sai Ba
ba, Bhagvan Rajnesh (Osho)ga ergashadiganlar; zohidlik yo‘lini
tutuvchi yoki butun hayotini o‘zi xizmat qilgan xonadon sohi
biga bag‘ishlovchilar mavjudligi. Shu shaklda, hinduizm kabi
muayyan bir dinda madaniy xilmaxillikning borligi dinning
ulkan madaniyat tarkibidagi o‘rnini oydinlashtirib ko‘rsata
di. Shu bilan birga, bir hindu xonadon sohibini o‘rganishga
hara kat qilinsa, uning siymosida diniy turfa xillik manzarasi
ga guvoh bo‘lish mumkin, ya’ni, u nafaqaga chiqqanda zohidlik
yo‘lini tanlashni umid qilayotgan, Sai Baba va Osho so‘zlarini
tinglayotgan, Shiva, Vishnu va boshqa ma’budlarga atab ibodat
ado etayotgan, uning buddaviy e’tiqodiga ergashadigan turmush
o‘rtog‘i mavjud bo‘ladi. U tadbirkor, qolaversa, mamlakat ich
karisidagi katta shaharda istiqomat qilishiga qaramay, Pokis
ton bilan chegara hududda joylashgan Rajastxan shtatidagi ko‘p
sonli kishilar kabi biror kastaga mansub bo‘ladi. Shuningdek,
u sun’iy yo‘ldosh televizion kanallar orqali G‘arbda tayyorlan
gan xristianlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan musiqalarni eshitadi,
filmlar tomosha qiladi va radio dasturlarni tinglaydi. Bundan
tashqari, u internet orqali ish topib, amerikalik xonadon uchun
yillik daromad solig‘i deklaratsiyasi hisoblanadigan noto‘liq ish
o‘rnida faoliyat olib boradi. Shu jihatdan, u haqiqatdan ham
hinduparastmi, degan savol tug‘iladi. Albatta, u bunday tur
dagi parametr doirasida hinduizm tarafdori. Yoki uning diniy
e’tiqodi biznes faoliyati va siyosiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi
mi? Albatta, ko‘rsatadi.
107
Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, din, madaniyat, hind,
hinduist, xonadon sohibi, marksistik, diniy ibodat, Shiva yoki
shahar aholisi kabi nomlar ongimizda vujudga keluvchi intel
lektual tushunchalar bo‘lib, ular dunyo va o‘zligimizni tushu
nishga ko‘maklashadi. Inson bunday kategoriyalar orasida qan
daydir kichik son emas, balki matematik to‘plamda tasvirlangan
zaruriy birlik hisoblanadi. Aniqroq aytganda, yuqoridagi intel
lektual tushunchalar shaxs atrofida qaror topgandir, shu nuqtayi
na zardan, inson aqli mazkur kategoriyalar, jumladan, dinning
ham yaratuvchisi sanaladi. Aytish lozimki, insonlar bir necha
toifalarga bo‘linadilar, shaxsiyatlari (e’tiqod va xulqatvorlari
asosida shakllangan faoliyat) orqali qo‘llabquvvatlovga erisha
dilar. Boshqalar esa o‘zlariga o‘rin izlab turli kategoriyalar uz
ra aylanib yuradilar.
Shunga ko‘ra, dinni qat’iy chiziqlar bilan ixotalangan va hayot
ning turli jabhalaridan ajralgan monoton (bir xil tusdagi, qotib qol
gan) ikkinchi darajali madaniy tushuncha (monochromatic cultural
subcategory) deb o‘ylash johillikdir. Inson hayotining deyarli barcha
jabhasini qamrab olganlik jihatidan, din doimiy o‘zgaruvchan nar
sa (dynamic, everchanging thing) sanaladi. Kishining dini inson
ning o‘zidan ko‘ra harakatchan hisoblanadi. Shu bois, antropologiya
fani doirasida «din» kategoriyasi, insoniyat madaniyatining barcha
qirralarini tadqiq etish kutilgan natijaga erishishi uchun, uning (din)
murakkab, nozik va o‘zgaruvchan belgilariga katta e’tibor qaratib
o‘rganishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |