3. Falsafiy teologiya – din falsafasining asosiy yo‘nalishi.
Din falsafasining asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu – falsafiy te
ologiya hisoblanadi. Ma’lumki, teologiya (lot. theo – Xudo, lo
gos – ta’limot) yoxud ilohiyot – Xudo to‘g‘risidagi fan, ta’limot
ma’nolarini anglatadi. Xudo, uning sifatlari, belgilari va xususi
yatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarni asoslash va himoya qilish
tizimi sifatida mazkur fan muayyan din tomonidan belgilangan
aqidalarning chinligini isbotlash bilan birga, dindorlar hayot tarzi
va me’yorlari kompleksini ham o‘rganadi. O‘rta asrlarda teologiya
jamiyatni, davlatni boshqarishning mafkuraviy asosi bo‘lgan. Shu
sababli boshqaruvning teokratik shakli ham vujudga kelgan. U
o‘rta asr madaniyatining barcha turlarini ilmfan, falsafa hamda
axloqni o‘zida mujassamlashtirgan yagona tizim shaklida namo
yon bo‘ladi.
Teologiyaning alohida fan sifatida asosiy funksiyasi, dinlar
ning o‘z aqidasini, ya’ni Xudo to‘g‘risidagi o‘z ta’limotlarining
boshqa aqidalarga nisbatan maqbul va to‘g‘ri ekanini isbotlashdan
iborat. Jumladan, islom dini doirasida ilohiyot masalalari ning
alohida ko‘rib chiqila boshlashi, ya’ni, kalom ilmining vujud
ga kelishi, VIII–IX asrlarda jabariylar, qadariylar, mo‘taziliylar,
murjihiylar kabi Allohning zotisifatlari, taqdir kabi masalalarda
ixtiloflarni yuzaga keltirgan oqimlarning paydo bo‘lishi natijasi
edi. Bu holda sof aqidani yangi paydo bo‘lgan ta’limotlardan as
rash, uni to‘g‘riligini isbotlash zarurati paydo bo‘lgandi. Holbuki,
avvalgi asr olimlarining barchasi kalom ilmi bilan shug‘ullanish
ni «harom» va hattoki «kufr» deb hisoblashgan.
Xristianlik doirasida ham teologiya avval boshida «apologeti
ka», ya’ni xristianlikni atrofdagi dinlar tazyiqidan himoya qilish,
Iso ta’limotining ilohiy ekanini isbotlash shaklida yuzaga kelgan.
Teologiya doimo falsafa bilan bog‘liq holda mavjud bo‘lib kel
gan. O‘rta asrlar oxirlariga qadar falsafa ilohiyotga moslashtiril
gan. Jumladan, antik davr faylasufi Fales, ilk o‘rta asrlarda Foma
Akvinskiy, R. Bultmanlar ham yirik teologlar bo‘lishgan. Akvins
153
kiyning zamonaviy katoliklik aqidasining asoschisi sanalishi ham
yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Islom olamida falsafaga nisbatan ikki xil munosabat mavjud
bo‘lgan, mo‘taziliylar, jabariylar, jahmiylar, ismoiliylar kabi ilohi
yot maktablarining faoliyati natijasida bir guruh olimlar falsafa bilan
shug‘ullanishni umuman inkor etishsa, Imom G‘azzoliy kabi bosh
qa bir turdagi olimlar falsafa va kalomni yarashtirishga urinishgan.
Keyinchalik Yevropa va Sharq olamida hurfikrlilik harakatlari
ning rivojlanishi teologiyaning falsafa fani tarkibidagi bir bo‘lim
ga aylanishiga olib keldi. Yevropa muhitida Nitsshe, Freyd, Spi
noza, Yum kabi faylasuflar teologiyaga tanqidiy yondashuvlari
asosida falsafiy teologiya, ya’ni diniy falsafa yuzaga keldi.
Falsafiy teologiyaning asosiy vazifasi borliqning diniyfalsafiy
asoslari va undan kelib chiqadigan ixtiyor erkinligi, tasodifiylik
va zaruriylik, Xudoning sifatlari bahsi kabi masalalar hisoblana
di. Umuman olganda, falsafiy teologiya Xudoning barcha sifat
lari bilan birga mavjudligini falsafiy jihatdan asoslashga urinadi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun birinchidan, Xudo
ning mavjudligini isbotlab berish, ikkinchidan, imkon qadar Xu
doning tabiatini aniqlash va uchinchidan, Xudo – olam va Xu
do – inson munosabatlarini ochib berish masalalarini hal qilish
lozim bo‘ladi.
Mutafakkirlar din va hayot falsafasi mushohadasi ustida
154
Falsafiy teologiya ayni damda «tabiiy teologiya», «diniy fal
safa», «diniy metafizika», «ratsional teologiya» kabi nomlar bi
lan ham ataladi.
Insoniyat yaralibdiki, doimo borliqning ilohiy yaratuvchisi
– Xudo haqida ko‘proq bilishga, unga yaqinlashishga urina
di. Mavjud barcha dinlarda, oz yoki ko‘p miqdorda, Xudo ha
qidagi ta’limotning mavjudligi, mazkur mavzudagi bahslar antik
davrdan to bugungi kunga qadar faylasuflarning asosiy mavzu
laridan biri ekani yuqoridagi fikrlarimizga isbot bo‘lib xizmat
qiladi. Mazkur masalalarni hal qilishga urinishlar natijasida fal
safiy teologiya tez sur’atlarda rivojlandi, uning bahs mavzulari
ko‘paydi. Oqibatda, bu bir necha falsafiy teologik maktablarning
shakllanishiga olib keldi. Mazkur oqimlardan eng yiriklari sifa
tida teizm, deizm, panteizm, panenteizm kabi oqimlarni sanash
mumkin.
Teizm va deizm diniyfalsafiy ta’limotlarining asosiy xu
susiyatlari. Ma’lumki, teizm (yunoncha
Θε
ό
ς
— Xudo) – keng
ma’noda Xudo yoki Xudolarga ishonish, tor ma’noda esa mono
teistik xarakterga ega bo‘lgan Xudoning mavjudligi va uning bu
tun dunyoda o‘z hukmini o‘tkazishi haqidagi diniy falsafiy ta’li
mot. Mazkur atama ilk bor Ralf Kedvort tomonidan «Borliqning
asl intellektual tizimi» nomli asarida amalga kiritilgan. Bugungi
kunda monoteistik mohiyatga ega bo‘lgan barcha diniy ta’limot
lar (yahudiylik, xristianlik, islom kabi) teizmga kiritiladi.
Teizmga ko‘ra Xudo dunyoning yaratuvchisigina bo‘lib qol
may, uni boshqarishda ham bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Mutaxassislar, mazkur ta’limot shakllanishi va rivojlanishining
asosiy sababi sifatida Gegel va Shellinglarning panteistik nazari
yalarining qoniqarli bo‘lmaganini keltirishadi.
Teizmning eng yirik namoyondalari sifatida kichik Fixte,
Ulritsi, Virt, Veyse, Xalibeus, Shvarts, Karrg‘er va Seyzing ka
bi faylasuflarni qayd etish mumkin. Falsafada teizmga nisbatan
«bexabarlik» mavqeida turish – agnostitsizm, bunday e’tiqodning
yo‘q bo‘lishi – ateizm, teizmni inkor etish esa – antiteizm deb
155
ataladi. Hind falsafasida esa, teistik ta’limot – astika, uning zid
di esa (ya’ni ateizm) – nastika deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: |