Dinshunoslikka


Zamonaviy G‘arb falsafasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Zamonaviy G‘arb falsafasi.
Zamo­
naviy G‘arb falsafasi kartezianchilik 
yoki analitik geometriya rivojiga kat­
ta hissa qo‘shgan fransuz faylasufi Rene 
Dekart (1596–1650) faoliyati bilan 
bog‘liq. Dekart voqelik tahlili va shax­
siy mavjudlikning asosi sifatida o‘ylash 
va fikrlashni keltirib, «Shuning uchun 
menmanki, chunki men o‘ylamoqda­
man» (Cogito ergo sum) degan fikri 
bilan mashhur bo‘lib ketgan.
Dekart 
o‘ylayotganligini o‘zining mavjudligi 
dalili o‘laroq tah’kidlaydi va dunyo ha­
qidagi tushun chalari rivojlanishi uchun 
Rene Dekart


43
sistematik tafakkur uslubidan foydalanishni afzal ko‘radi. Uning 
ko‘rsatgan xizmatlari orasida yana biri, u Xudoning mavjudligini 
asoslash uchun o‘z uslubidan (eng ishonchli deya ta’kidlaydi) foy­
dalanishni taklif qiladi. Haqiqatni topish uchun asosiy instrument 
sifatida ratsional tafakkurdan foydalanish uslubi zamonaviy G‘arb 
falsafiy an’anasining poydevoriga aylandi. Dekartga qadar e’tiqod 
va aql o‘rtasidagi tafovutni hal qiladigan alohida ilmiy­mantiqiy 
yondashuv mavjud bo‘lmagan edi. G‘arb falsafasida mantiq va ta­
fakkur rolining oshishiga turtki bo‘lgan yana bir ma’rifatparvar­
lardan biri Immanuel Kant (1724–1804) edi. Kant tu shuncha va 
fahm­idrokimiz ongimiz orqali shakllanishini isbotlab berdi. In­
son aqli bizning dunyo haqidagi barcha hissiy tajribalari mizni 
filterlaydi va haqiqatni tanishga bo‘lgan imkoniyatlarimizni 
cheklaydi. Bu vaqtda, isbotlash imkoni bo‘lmasa­da, xristian te­
olog­mutafakkirlari (sxolastiklari) doimo «farishtalar qanday qilib 
igna teshigidan o‘tib o‘ynashlari, osmonni egallovchi ma’naviy 
jonzot (farishta, ruh, jin)lar haqidagi» savollar bo‘yicha chuqur 
mulohaza yuritish bilan band bo‘lganlar. Bu kabi tafakkur tarziga 
nisbatan Kant «ruh, Xudo va shu kabi metafizik tushunchalar in­
son tajribasidan, inson aqli bilan idrok qilib bo‘lmaydigan masa­
la» deb qaraydi. Shuning uchun «Xudo» yoki «farishta» tushun­
chalari, agar bu kabi mavjudotlar bo‘lsa, mazmuniga yetish, ular 
haqida to‘liq bilimga ega bo‘lish imkonsiz hisoblanadi. Kant­
ning yuqoridagi kabi qarashlariga ergashgan ba’zi G‘arb faylasuf­
lari «dinlar tomonidan ilgari surilgan metafizik qarashlar tafak­
kur yurgizish uchun qiymatga ega emas, chunki ular asosli va 
qoniqarli bilimga olib bormaydi» degan xulosaga borishdi. Al­
batta, bir narsa ma’lumki, qandaydir toifa tomonidan oqilona 
emas yoki mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan degan qarash qayta­qay­
ta yangrayver gach, boshqa toifa ham unga beixtiyor ergashadi. 
«Okkam ustarasi» (Occam’s Razor, iqtisodiy fikrlash prinsi­
pi) kabi ilmiy metodlarni uning asosiy prinsiplari bilan bir vaqtda 
rivojlantirish diniy va metafizik qarashlarni bir chetga surib qo‘ydi. 


44
Balki, borliqni tushunishga kelganda, Xudo yoki g‘ayritabiiy mav­
judotlarning mavjudligini isbotlash muayyan vositalar bilan amalga 
oshmaydi, degan xulosaga kelindi. Bu esa falsafa va din o‘rtasidagi 
janjallarning kuchaytirib yubordi.
Lyudvig Vitgenshen (Ludwig Wittgensten, 1889–1951) ushbu 
bo‘linish uzra ko‘prik bo‘lishga uringan kam sonli faylasuflardan 
biri. U inson hissiy tajribasini ifodalash qobiliyati cheklangan­
ligini e’tirof etgan bo‘lsa­da, ayni paytda, diniy tajriba imkoni­
yatlarini rad etmadi. Vitgenshen «til o‘yinlari» yoki tildan tur­
li maqsadlarda foydalanishga e’tibor qaratdi. Uning fikricha, 
masallar va afsonalar liturgiya, teologiya yoki tarixiy manbalar 
tillaridan tubdan farq qiladi. Qariyb ikki ming yil avval Filo to­
monidan ilgari surilgan allegorikal (majoziy) uslubga javob tarzi­
da Vitgenshenning pozitsiyasi shunday bo‘ldiki, diniy matnlarda­
gi «Xudoning mavjudligi» kabi g‘oyalar falsafiy argument asosida 
bildirilgan qarashlarga mos tushmaydi. Vitgenshen ta’kidlaydiki, 
kishi o‘zining sevgan yorini sur’atini o‘pib qo‘ysa, u kishidan yuz­
ma­yuz bo‘sa oldi, deyilmaydi, hatto, bo‘sa olish yoki «men seni 
sevaman» deb aytish muhabbatning bir belgisi bo‘lishiga qaramay. 
Shunday har bir harakat o‘zga sharoit va maqsadni qamrab ol­
gan holda o‘xshash munosabatlarni ifodalashi mumkin. Qolaver­
sa, diniy harakatlar va diniy til falsafiy iboraga nisbatan inson 
xulq­atvorining turli toifalariga mansub bo‘lishi va turfa maqsad­
larga xizmat qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, rasmiy cheklovlarni 
faqat bir tilga nisbatan tutib turish nodonlik sanaladi.
G‘arbdagi din va falsafa o‘rtasidagi aloqalarning qisqacha tari­
xiy tadqiqoti metafizik tushunchalarga erkin munosabat bildirgan ilk 
yunon mutafakkirlar (Suqrot, Platon, Aristotel) qarashlaridan farq 
qilmasligini ko‘rsatdi. Yaqin Sharq va G‘arbda yahudiylik, xristian­
lik va islom dinlariga oid tamoyillar hukmron dunyoqarash dara­
jasiga chiqqach, falsafa ratsional fikrlarga tayanib diniy ta’limot­
larni apologetik (diniy aqidalarni himoya qilib) o‘rganish shakliga 


45
aylandi. Uning buyuk namoyondalaridan biri katolik teologi Foma 
Akvinskiy bo‘lib, bu kabi falsafiy yondashuv hanuz teologiya sifati­
da mazmun­mohiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda, «ma’rifat­
parvarlik davri»dan boshlab yuzaga kelgan teologiya (metafizika) va 
falsafa o‘rtasidagi yoriq (boshliq) «baxtsiz hodisa»lardan biri deya 
e’tirof etiladi. Oqibatda, falsafa aniq va tabiiy fanlar bilan teng­
lashtirildi, metafizika esa ilmiy gepoteza va nazariyashunoslik ichiga 
singib ketdi. Shu tarzda, teologiya ilm­fan yutuqlari orqali shakllan­
gan progressiv dunyoqarash hamda muqaddas matnlardagi muayyan 
e’tiqodlar orasini muvofiqlashtirishga uringan holda «o‘z oqimida 
suzish»da davom etdi. Xo‘sh, bu kabi tafriqalanishdan kim nima 
yo‘qotdi? Bizning mavjudligimizdan maqsad nima? Mazmunli ha yot 
kechirish deganda nima tushuniladi? «Sevgi», «go‘zallik», «yovuz­
lik», «haqiqat» o‘zi nima? Inson ongidan ko‘ra qudratli kuchlar yoki 
«Xudo» mavjudmi?

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin