Diologik nutq va uni bolalarda shakillantirish metodikasi


Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining



Yüklə 23,39 Kb.
səhifə2/3
tarix09.11.2022
ölçüsü23,39 Kb.
#68177
1   2   3
DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKILLANTIRISH METODIKASI

Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish (masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k);
Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va boshq.
Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish-qo‘yilgan. Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi.
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir.
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi.
Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, hamtomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Sahnalashtirish o‘yini – bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning syujetli-rolli o‘yinlaridir.
Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalarga birinchi navbatda, o‘z nutqida ertak matnidan chetga chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so‘zlashuv nutqi me‘yorlaridan chekingan xollardagina to‘g‘rilaydi; o‘yinchog‘ida fonetik xatoliklarga yo‘l qo‘yilganida uni to‘g‘rilash shart emas.
Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o‘yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko‘zlagan
maqsadi – o‘z tinglovchi do‘stlarining ko‘nglini olishdir; bu tomoshada bolalar teatr kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar.
Qo‘g‘irchoq teatri – bu syujetli «rejissyorlik» o‘yinning har xil turlaridir: bolalar bir vaqtning o‘zida oddiy o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo‘l barmoqlariga kiyiladigan qo‘g‘irchoqlar, suratlar qirqimlari va x.k.)ni asar qahramonlari rolini o‘ynashga majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar.Qo‘g‘irchoq tearti shakli quyidagilardir: o‘yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, «barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf.
Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘g‘irchoq teatri turlari maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar nutqini faollashtiruvchi metodik vositalar sifatida foydalaniladi: bolalar pedagog yordamida, katta guruhlarda esa o‘zlari mustaqil ravishda qo‘g‘irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so‘zlaydilar va shu tariqa o‘zlarining nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Sahnalashtirish o‘yini – maktabgacha yoshdagi har qanday bolaning teatrlashtirilgan chiqishidir.Bolalarniing og‘zaki nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirishining borishiga qarab, ularning savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo‘ldib borishi lozim.Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og‘zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog‘liqdir.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan javob berishlari mumkin (Sizga ertak yoqdimi – Xa.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to‘g‘ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Baxorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? Bu xaqda aytib bering».Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‘rtog‘ingizdan chiroyliroq javob bera oladi»). Zarur holatlarda pedagog qo‘yilgan savolga keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin.Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.

XULOSA
Sindarova Dilfuzaning tadqiqot ishini dolzarbligi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlarini ishlab chiqish va o`rganishning o`ziga xos xususiyatlari topishga qaratilgan. Kurs ishining muammoli tomoni qilib, mashg’ulotlar davomida doimiy qo`llaniladigan usullarni yangi tomonlari va yanada bolalardagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida yangidan – yangi usullarni qo`llash haqidagi fikr mulohazalar va ana shu muammoni hal etishga, asoslab berishga urinishlar ko`zga tashlangan. Muallif qo`yilgan maqsadga erishishda nutq buzlishlarini oldini olish, hamda aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlari va amaliy tomondan nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga asoslanib, hamda maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muasasalarida logopedik ish faoliyatini to`g’ri tashkillashtirish asosida ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion faoliyatni yuritishga e’tiborni qaratgan. Ishda o`rganilayotgan muammoning pedagogik asoslari bayon etilgan.Nazariy qism mazmunli taqdim etilgan. Tadqiqotchi imkoniyati cheklangan bolalar bilan ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yondoshish va logopedik ta’sir tamoyillarini to`g’ri qo`llay olish jarayonini, shu bilan birga turli metodlar asosida logopedik mashg’ulotni tashkil etish maxsus maktabgacha tarbiya bolalarini keng qolipda korreksion ish olib borishning asosiy omili ekanini asoslab berishga harakat qilgan.Tadqiqotning birinchi bobi “Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari va ularni bartaraf etish omillari” deb nomlanib bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari, ular kelib chiqish sabablari, nutq kamchiliklari turlari ularni tekshirish usullari, mashg’ulotlarda nutqni o`stirish texnologiyasi yoritilgan.Tadqiqotning ikkinchi bobi “Nutq nuqsonlarini bartaraf etish texnologiyasi” deb nomlanib nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logoped ish faoliyati, mashg’ulotlar va ularni to`g’ri tashkillashtirish, ularga qo`yiladigan talablar, ota –onalar bilan hamkorlik ishlari, bolalardagi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o`yinlar va ularga qo`yiladigan talablar, namunalar, xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanish usullari nutqni faollashtirishda turli metodlardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati keng berilgan. Yuqoridagi fikrlar asosida tajribalar olib borilgan.Sindarova Dilfuza tomonidan bajarilgan Kurs ishi xususan ishlab chiqilgan va o`rganilgan nazariy qism maktabgacha tarbiya va maktab ta’limida logoped- defektologlar va pedagoglar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Ish kurs ishiga qo`yilgan barcha talablarga javob beradi


Yüklə 23,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin