Diplomatik va konsullik xuquqi



Yüklə 80,02 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü80,02 Kb.
#193902
1   2   3   4   5   6   7   8
DIPLOMATIK VA KONSULLIK XUQUQI

Imtiyozlar — xorijiy vakillik organlari (va ular xodimlari) faoliyatining imtiyozli shartlari bo‘lib, odatda ulardan milliy yuridik va jismoniy shaxslar foydalanmaydilar. Mazkur imtiyozli shartlar bunday vakillik organlarining rasmiy xalqaro-huquqiy maqomini inobatga oladi va ularga o‘zaro asoslarda mazkur organlar funksiya va vakolatlarining faoliyatini samarali amalga oshirishlariga kumaklashish maqsadida beriladi.
1961 va 1969 yillar konvensiyalariga muvofiq bunday imtiyozlar qatoriga:
 birinchidan, xorijiy davlat vakillik organining uni yuboruvchi davlat hukumati va uning xorijiy organlari bilan barcha qonuniy vositalar yordamida, shu jumladan, diplomatik kurerlar, kodlangan yoki shifrlangan diplomatik maktublar (depesha), shuningdek, vakolatxona joylashgan davlat roziligi bilan radioo‘zatgichlardan foydalangan xolda barcha rasmiy maqsadlarda aloqalarni boglab turish;
 ikkinchidan, xorijiy davlat vakillik organining, u egallab turgan binolarga nisbatan, alohida ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlardan tashqari barcha davlat, tuman va maxalliy (munitsipal) soliq, yig‘im va bojlardan ozod etilishi;
 uchinchidan, vakillik tomonidan foydalanish uchun belgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlari tulanmasdan olib kirish huquqi (ba’zi istisnolardan tashqari);
 to‘rtinchidan, vakolatxona va uning boshligi tomonidan yuboruvchi davlat bayrogi va gerbini vakolatxona xonalariga, shu jumladan, vakolatxona boshligi qarorgoxiga va u foydalanadigan transport vositalariga osib qo‘yish hyquqiga kiradi.
Diplomatik agentlar, yuboruvchi davlat maxsus missiya vakillari va uning diplomatik xodimlari quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:
 birinchidan, missiya joylashgan davlat hududi buylab erkin harakat qiladi (belgilangan istisnolar bilan);
 ikkinchidan, barcha davlat, tuman va maxalliy (munitsipal) soliq, yig‘im va bojlardan ozod etiladi;
 uchinchidan, ularning xarakteridan qat’iy nazar, barcha mexnat va davlat majburiyatlaridan, shu jumladan, harbiy majburiyatlardan (rekvizitsiya, tovon to‘lash va uylarni kunok; harbiylar kunishidan ozod qilish kabilardan) ozod etiladi;
 to‘rtinchidan, ko‘rsatilgan shaxslar va ularning oila a’zolari shaxsiy foydalanishlari uchun belgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlari tulanmasdan olib kirish huquqi;
 beshinchidan, agar ularning shaxsiy yuklarida missiya joylashgan davlatga olib kirish va olib chiqib ketish ta’kiklangan narsalarning borligini tasdiqlovchi jiddiy asoslar mavjud bo‘lmasa, ularni tekshirishdan ozod etiladi.
Bundan tashqari, qabul qiluvchi davlat xorijiy davlat tashqi aloqalar organiga ularni o‘z funksiyalarini samarali bajara olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishi lozim.
Imkoniyatlar — vakolatxona joylashgan davlat, agar bunga zaruriyat bo‘lsa, xorijiy davlatga, uning vakillik organlari va xodimlari timsolida ega bo‘lishi uchun yordam berishi mumkin yoki lozim bo‘lgan ne’mat va imtiyozlardir.
Bu yerda gap vakolatxona uchun binoga ega bo‘lish yoki xodimlar uchun yashash xonalarini aniqlash, turli xildagi rasmiy maktublarni yuborishda imtiyozli huquqlar bilan ta’minlash, o‘zokda katnaydigan jamoatchilik transportlaridan imtiyozli foydalanish, kundalik turmush extiyojlari uchun zarur buyumlarni olish va shunga o‘xshash imtiyoz va xizmatlar to‘g‘risida bormokda.
Diplomatik vakolatxonaning asosiy majburiyati — o‘z binosidan faqat rasmiy maqsadlarda foydalanish va rasmiy aloqalarni faqat tashqi ishlar idorasi yoki kelishilgan xolda boshqa maxkamalar orqali amalga oshirishdir.
Diplomatik vakolatxona xodimlari majburiyatlari diplomatik vakolatxona joylashgan davlat qonun va qarorlarini xurmat qilish hamda uning ichki ishlariga aralashmaslikda o‘z ifodasini topadi. Diplomatik vakolatxona joylashgan davlatda diplomatga shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab kasb va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Yüklə 80,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin