Diplomatik va konsullik xuquqi


Xalqaro tashkilotlar huzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari



Yüklə 80,02 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü80,02 Kb.
#193902
1   2   3   4   5   6   7   8
DIPLOMATIK VA KONSULLIK XUQUQI

3.Xalqaro tashkilotlar huzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari.
Diplomatik huquqning tegishli normalari 1975 yilda qabul qilingan Vena konvensiyasida kodifikatsiya qilingan. Mazkur Konvensiyada davlatlarning universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar xo‘zuridagi vakilligi, ushbu tashkilotlarning organlarida a’zo-davlatlar yoki a’zo bo‘lmagan davlatlar (ko‘zatuvchilar) vakilligi hamda universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar tomonidan yoki ularning raxbarligida chakiriladigan xalqaro konferensiyalardagi vakilligi to‘g‘risida so‘z boradi.
Xalqaro tashkilotlar xo‘zuridagi doimiy vakolatxonalar deganda, a’zo-davlatlarning doimiy vakolatxonalari va tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlarning ko‘zatuvchi doimiy missiyalari tushuniladi. Xalqaro tashkilotlar organlari va konferensiyalarga moslab oladigan bo‘lsak, ularning ishida katnashayotgan davlatlar delegatsiyalari va ular ishini ko‘zatib boruvchi delegatsiyalar to‘g‘risida so‘z boradi.
Universal xarakterdagi xalqaro tashkilot — bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan muassasalari, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik va a’zolari tarkibi va javobgarligi keng bo‘lgan xalqaro xarakter kasb etuvchi sho‘nta o‘xshash har qanday tashkilotlardir.
Diplomatik huquqda tegishli ushbu huquq. sohasining o‘ziga hos jihatlari markaziy muassasalar, ularning bo‘limlari, tashkilot organlari yoki xalqaro konferensiyalarning o‘z faoliyatlarini o‘zga davlat hududida uning yurisdiksiyasidan ozod etilgan va tegishli o‘zaro kelishilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan xolda amalga oshirishida namoyon bo‘ladi. Davlatning xalqaro tashkilotlar xo‘zuridagi doimiy vakolatxonalari, xalqaro organlar va konferensiyalardagi delegatsiyalari ular joylashgan davlat bilan bevosita xech qanday aloqalarga kirishmagan xolda uning yurisdiksiyasidan immunitetga ega bo‘ladi hamda, agar ushbu davlat va xalqaro tashkilot uchun Konvensiya kuchda bo‘lsa, unda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan ham foydalanadilar





Yüklə 80,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin