B.G.Ananev "O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash" nomli asarida diqqatni hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak deydi. Buning uchun mana bunday vaziyatlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi, darsni to’g’ri tashkil qilish, ta'limning puxtaligi, o’qituvchining pedagogik mahorati, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini to’g’ri tashkil qila bilish kabilarni ta'kidlaydi. B.G.Ananev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir ob'ekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi.
Diqqat muammosini tadqiq qilish I.V.Straxov asarlarida o’z aksini topgan. Uning qarashlariga ko’ra, kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga qarab ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo’ladi va mehnat jarayonining asosiy psixologik komponentlaridan biri bo’lib sanaladi. Diqqatning muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining to’planishidir. Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda bo’ladi, u predmet va hodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya'ni diqqat ob'ektini ongli ajratish, bu vaqtda boshqa ko’p ob'ektlardan chalg’ish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, to’planish mehnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat ob'ekti hisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan harakatga yo’naltiradi. Diqqat psixikaning alohida tomoni va shakli hisoblanmaydi va qandaydir birorta funksiyani bajarishga o’z-o’zidan ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan, intensiv-psixik faoliyatning strukturaligi funksional asosini o’zgarishga, mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi. Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida turlicha bajariladigan mehnat operasiyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga ta'sir qiladi. Bularga bog’liq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o’rganish psixologik muammolari vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirishlar asosida I.V.Straxov diqqat ko’p funksiyali jarayondir, degan xulosaga keladi. Bu funksiyalarni amaliy bajarish - mehnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birortasining shart-sharoiti mahsuldorligini belgilaydi. Faoliyatning har bir turi diqqatga alohida ma'suliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyatning shu turiga to’g’ri kelishi muhimdir. Diqqatning nazorat qilish-tuzatish funksiyasi ham kam ahamiyatli emas. Uning shakllari mehnat va o’quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo’lmaydi. Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada o’ziga xos funksiyani bajaradi. Kishilarning kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatida axloqiy-psixologik ahamiyatga ega bo’ladi. Shunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi o’rganilib, uning aks etishining shakllari va ularni tarbiyalash masalasi ko’rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning taqlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar. Yuqorida bayon etilan fikrlardan ko’rinib turibdiki, I.V.Straxov diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatiga uning faol psixologik aks ettirish imkoniyatiga alohida e'tibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida, uni keng va chuqur aks etishida muhim mexanizm bo’lib hisoblanadi. Diqqat shaxsning yo’nalishida to’plangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng ma'noda bu so’z asosida ehtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar mavjud. Diqqat psixik jarayonlar tuzilishida ko’rsatilgan omillardan hosil qilingan hodisa sifatidagina qatnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Diqqat va ziyraklikning pedagogik takt(odob)ning shakllanishidagi psixologik shart-sharoit ekanligi bunga misol bo’ladi. I.V.Straxov "Diqqat va nutq" muammosi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini hamda tasviriy faoliyatni tahlil qiladi. U o’quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tahlil qiladi va o’rganadi. Muallifning ta'kidlashicha, diqqatni nutqiy boshqarish quyidagi omillarda, ya'ni predmetni nomlashda, yoki maqsadli harakatlarga to’plashda, faoliyatni rejalashtirishda diqqatni ilgarilab ketish aktlarida, qidirish faoliyatlarida, diqqatni ko’chish jarayonining verbalizasiyasida, diqqatni nazorat qilish funksiyasini aktivlashtirishda, ziyraklikning aks etishida va uning axloqiy psixologik ahamiyatida namoyon bo’ladi. Diqqat va butun faoliyat jarayonini boshqarish nutqning ichki va tashqi turlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu boshqarishda muallif fikricha, integral (yuqoridagi ikki nutq oraliqidagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, grafik harakatlarni amalga oshirish aqliy - nutqiy jarayonlar ularni anglash va yo’naltirish bilan birga boradi. Shunday qilib, diqqatni boshqarish va uni tarbiyalash, o’quvchilarda rivojlantirish masalasi I.V.Straxov tomonidan atroflicha o’rganilgan. Psixolog N.V.Kuzminaning fikricha, o’qituvchilarning dars davomida berilayotgan bilimini qanchalik o’zlashtirishi unda asosiy va yetakchi rolni diqqat o’ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim - tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o’quvchining diqqatini torta bilish uning asosiy maqsadi bo’lishi kerak. Bu esa o’tilgan materialni o’quvchi puxta bilishni talab qiladi. Qachonki, kishi ishga berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari bilan bo’lib, mashg’ul bo’lgan ishidan boshqa hech narsani ko’rmayotgan va eshitmayotgan hollarda ham "parishonxotirlik" haqida so’z yuritiladi. U masalan tevarak-atrofdagilarga e'tibor bermaydi, o’ziga qaratilgan savollarga parvo qilmaydi. Bunday "parishonxotirlik" diqqatning yorqin ifodalagan holdagi tanlanganligidan, uning behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqatni eng ko’p darajada jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob'ektga qaratilganligi uning taqsimlanishi va ko’chirilishida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-atrofdagi olam bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi. Maktab hayotidagi parishonxotirlik "qoidaga sig’maydigan" deb atalmish xatolarda dars paytida o’quvchida tegishli maktab anjomlari yo’qligining ma'lum bo’lishida, o’quvchining dars jarayoniga yetarlicha jalb etilmaganligida va shu kabi boshqa hollarda namoyon bo’ladi. Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda parishonxotirlik juda ko’p uchraydi. Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi e'tirof etiladi. Diqqatning haddan tashqari harakatchanligi bir ob'ektdan va faoliyat turidan boshqalariga doimiy ravishda o’tib turishi, yoki aksincha harakatsizligi, diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patologik tarzda qayd etilishi shular jumlasiga kiradi. Diqqatning bu xildagi buzilishlari miyaning ba'zi bir organik kasalliklari eng avvalo uning peshona qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi. Diqqatning fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqatni o’zida aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir. Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob'ekt ustida to’xtab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin o’zgarishlaridan ta'sirlanadi. Masalan, to’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta'sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to’lgandan so’ng yoki ikki yoshga qadam qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta-sekin o’rgatadilar. Bolalar o’z diqqatlarini rivojlantirishda ulardan talab qilinayotgan harakatlarni bajarishga o’zlarining bevosita mayllaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblilikka, ma'lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya hilishga o’rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog’cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o’yin katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo’ladi. Mashq qilish usuli bilan o’z diqqatini to’plash qobiliyati asta-sekin rivojlanad