“Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun“ o’qituvchilarga tavsiyalar
DIQQAT VA KUZATUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH MASHQLARI Diqqat va kuzatuvchanlikni rivojlantirishning o‘n ikkita oddiy va samarali usullari. Bu mashqlarni ish o‘rtasida, tanaffus yoki dam olish vaqtlarida bajaring. Bu diqqatingizni barqarorligi va hajmini o‘stirishga xizmat qiladi.
Diqqat insonni biron bir narsa yoki hodisaga faoliyatini jamlashi hisoblanadi. Ko‘pgina insonlarning diqqat ko‘lami 7±2 birlikka teng deyiladi.
Diqqatga o‘ziga xosligini belgilovchi jihatlar bor: Birinchidan: ko‘lami, jadalligi, barqarorligi;
Ikkinchidan: tebranishi, ko‘chuvchanligi.
Diqqat insonlarda quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Ixtiyorsiz (faol bo‘lmagan, hissiy);
Ixtiyoriy (faol, irodaviy).
Ixtiyoriy diqqatni samarali rivojlantirish shart-sharoitlari: 1. Me’yordagi jismoniy va ruhiy holat.
2. Ishni rejali tashkil etish (qulay ichki va tashqi shart-sharoitlarni yaratish).
3. Aniq maqsad qo‘yish.
4. Aqliy va jismoniy harakatlarni uyg‘unlashtirish (masalan, o‘qigan narsalarni qisqacha yozib borish).
TEST
XOTIRANI DIAGNOSTIKASI
1-40 gacha bo‘lgan sonlar ichida yozilmagan sonlarni yozing. (vaqt 1,5 minut)
14
5
31
27
37
40
34
23
1
20
19
16
32
13
33
2
6
8
25
9
12
26
36
28
39
Diqqatning barqarorligi va xotiraning kuchliligi o’quvchining yaxshi o’zlashtirishiga sabab bo’ladi.