Diqqat va uning xususiyatlari


DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 43 Kb.
səhifə2/4
tarix27.01.2023
ölçüsü43 Kb.
#81178
1   2   3   4
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI

2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI


Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin