Diqqatning taqsimlanishi va obrazli xotira reja Diqqatning taqs
Xotira jarayonlari. Xotira turlaridan tashqari ularning jarayonlari ham harakaterlanadi. Bular esda olib qolish (mustahkamlash), esga tushirish (aktuallashtirish, qayta tiklash), esda saqlash va unitish jarayonlaridir.
Esda olib qolish natijasida yangi materialni oldin o‘zlashtirilganlari bilan bog‘lash orqali mustahkamlanadi. Esda olib qolish individ tajribasini yangi bilimlar bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib qolish tanlovchanlik harakateriga ega. Esda olib qolish quyidagilarga bog‘liq:
inson faoliyatida aktiv qo‘llangan, harakat qilgan narsalarni yaxshi eslab qoladi.
Materialni eslab qolish shaxsning motivlari, maqsadlari va faoliyat usullari bilan belgilanadi.
Esda olib qolish ham qisqa muddatli va uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish tarzida bo‘ladi.
Shulardan ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolishga to‘xtalib o‘tamiz.
Ixtiyorsiz esda olib qolishda material guyoki «o‘z-o‘zidan» esda saqlanib qoladi. Bu nimaga bog‘liq? O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyorsiz esda olib qolish quyidagi omillarga bog‘liq:
- material faoliyatning asosiy maqsadining mazmuniga kiradi, agar material faoliyat amalga oshirishning sharoitlariga, usullariga kirsa esda saqlab qolinmaydi;
aktiv aqliy ishni yuzaga keltirgan material ixtiyorsiz ravishda yaxshi esda olib qoladi;
muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, bizda qiziqish va hissiyot tug‘dirgan material.
Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus mnemik harakatlar mahsulidir. Bunda nimani va qanday qilib eslab qolishni aniqlash katta ahamiyatga ega. Bunan tashqari quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin:
esda olib qolishning motivi;
esda olib qolishning ratsional (oqilona) usullaridan foydalanish;
tushunish, mantiqiy anglab esda olib qolish;
o‘rganilayotgan materialning rejasini tuzish;
taqqoslash;
sistemalashtirish va klassifikatsiya qilish;
obrazli bog‘lanishlarga keng suyanish;
qayta esga tushirish;
qismlarga bo‘lib va yaxlit takrorlash kabilar.
Qayta esga tushirish – ilgari esda olib qolingan materialni aktuallashtirish. Qayta esga tushirishning tanish, qayta esga tushirish va xotirlash kabi turlari farqlanadi.
Tanish – qandaydir ob’ektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirish.
Qayta esga tushirish tanishdan shunisi bilan farq qiladiki, u qayta esga tushirilayotgan ob’ektni qayta idrok kilmay turib amalga oshiriladi.
Xotirlash-o‘tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan holda qayta esga tushirishdan iborat.
Unutish – esda olib qolingan materialni vaqtinchalik yoki butunlay qayta tiklay olmaslik.
Unutish turlari: butunlay unutish, qisman unutish, vaqtinchalik unutish.
Xotiraning ustunlik kiluvchi tiplariga ko‘ra individual farqlar mavjud. Ko‘rgazmali obrazli, so‘z-abstrakt va oraliq tipdagi xotira tiplari farqlanadi.