Diqqatning xususiyat



Yüklə 457,37 Kb.
səhifə8/15
tarix22.05.2023
ölçüsü457,37 Kb.
#119529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
UMIDA ABDULLAYEVA

Diqqatning ko’lami – insonlarda bu xususiyat bir – biridan ko’lami jihatidan farq qiladi. Ya’ni ayrim insonkarda diqqatning ko’lami keng yoki tor bo’lishi mumkin.Diqqatning ko’lamini tajribalarda tekshirishda katta yoshli odamlar o’z diqqat doirasiga 3 tadan 6 tagacha bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira olganlar. Inson diqqatiga qancha ko’p narsalarni idrok qila olsa uning diqqat ko’lami kengligini belgilaydi.Diqqatning ko’lamini aniqlash uchun taxistoskop maxsus asbob yordamida aniqlanadi. Bu jarayonda insonga idrok qilinadigan narsalar tez ko’rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskop ekranidagi teshikdan ko’rsatiladi va qisqa vaqt ichida berkitilob qo’yiladi. Ammo idrok qilinayotgan narsalar ma’no jihatdan bir biriga bog’liq bo’lsa , bunda inson diqqat doirasiga ko’p narsalarni sig’dira olishi mumkin.Taxistoskop yordamida o’tkazilgan tajribalarda faqatgina diqqat ko’lamini emas diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham aniqlangan. Masalan : taxistoskopda o’tkazilayotgan tajriba jarayonida ayrim insonlar taxistoskopda nima ko’rsatilsa o’zlaridan hech narsa qo’shmay aniq idrok qilib uni bayon qilishgan. Bunday odamlar “obyektiv’’ tipdagi odamlardir. Ayrim insonlar esa ularga bittagina narsa ko’rsatilgan bo’lsa ular o’zidan boshqa narsalarni ham qo’shib idrok qilishgan. Bunday insonlar esa “subyektiv” tipdagi insonlar hisoblanishadi. Ammo mashqlar orqali subyektiv tipdagi insonlarni obyektiv tipdagi insonlarga o’tkiza olish mumkin.Diqqat ko’lamining tor bo’lishi hamma vaqt yomon natija beravermaydi. Chunki ayrim faoliyat turlari diqqatning tor bo’lishini talab qiladi. Bunga misol qilib mikroskop bilan ishlashni olishimiz mumkin bunda insonning diqqati tor bo’lishini ta’minlaydi.Diqqat ko’lamining fiziologik asosi miya p’stida optimal qo’zg’algan joyning kengayishi yoki torayishi hisoblanadi. Bu jarayon miya po’stidagi optimal qo’zg’algan joyni ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo’zg’alishlar natijasida bu qo’zg’alishlar natijasida kengayadi, ichki tormozlanish jarayonida esa torayadi.

Yüklə 457,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin