Disklarni to'G'irlash va tekislash jihozi reja


Kompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish



Yüklə 50,21 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü50,21 Kb.
#191528
1   2   3
DISKLARNI TO\'G\'IRLASH VA TEKISLASH JIHOZI

Kompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish.
Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko'proq ma'lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo'lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil etadi, ya'ni unga taxminan 500 marta ko'proq ma'lumot yoziladi. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD ROM (Compact disk Read Only Memory) Drive o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompakt diskni qurilmaga o'rnatish kerak. Buning uchun CD ROM qurilmasining Open/Eject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o'rnatib, Open/Eject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma'lumotlarni o'qish jarayoni boshlanadi. Windows operasion sistemasida o'rnatilgan diskdagi ma'lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o'rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog'liq bo'ladi.
D iskda audio va video ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni biror dasturda ochish, rasm bo'lsa, ko'chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi ma'lumotlarni ko'chirish xuddi disketadan ko'chirishdek amalga oshiriladi. Diskka ma'lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bunday qurilmada ma'lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin - CD-R (Recordable - bir marta yozib, cheksiz o'qish mumkin) va CD-RW (Rewritable - bir necha marotaba yozish va o'chirish mumkin).
Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operasion sistemasi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, masalan Ahead Nero Burning ROM dasturidan. Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o'rniga yangi - DVD (Digital Versatile Disk - raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli videoma'lumotlar yozilgan bo'lib, tasvir va ovoz sifati ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo'lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma'lumotlarni (data) ham yozishda foydalanilmoqda. Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda DVD disklarni o'qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya'ni 13805 Kb/sek*16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o'qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya'ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. Bundan tashqari DVD disklarni hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma'lumot yoziladigan maxsus joy "pit"lar o'lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan. Natijada DVD diskning hajmi kamida 4.7 Gb tashkil etadi.
O'lchamlari CD-ROM DVD-ROM
Diametr 120 mm 120 mm
Kengligi 1,2 mm 1,2 mm (0,6 mm qatlam)
Oraliq masofasi 1,6 mkm 0,74 mkm
To'lqin uzunligi 780 nm infraqizil 640 nm qizil
Hajmi 700 Mb 4,7 Gb
Qatlamlar soni 1 1, 2, 4
DVD disklarning hajmi ularning turiga bog'liq bo'ladi: Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk 4,7 Gb Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk 8,5 Gb Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk 9,4 Gb
Ikki tomonlama har tomonida iktadan qatlamga ega DVD disk 17 Gb D VD disklariga ma'lumot yozish uchun maxsus disklar (DVD-R, DVD+R, DVD+RW, DVD-RW, DVD DL) va DVD Writer qurilmasidan foydalanish kerak bo'ladi.
O'zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Nec, Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va xokazo.

Yüklə 50,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin