Rasmda ko’rsatilgan po’lat tarozitoshining massasini toping. Suyuqlik hajmi silindrining shkalasida millilitrda ko’rsatilgan. Po’latning zichligi 7,8 g/cm3.
ϑ=5 m/s o’zgarmas tezlik bilan tushayotgan m=70 kg massali parashutchining t=5 s vaqt oralig’idagi kinetik va potensial energiyalarining o’zgarishini aniqlang.
Telefonga tok keltirish uchun ishlatiladigan shnur elastik bo’lishi uchun u ingichka mis simlardan tayyorlanadi. Har birining ko’ndalang kesim yuzi 0,05 mm2 bo’lgan, 20 ta ingichka simdan tayyorlangan uzunligi 3 m bo’lgan shnurning qarshiligini hisoblang. Mis simning solishtirma qarshiligi 0,017∙10-6 Ωm.
Bo’yi 160 cm bo’lgan odamning fotoplyonkadagi tasvirining balandligi 2 cm. Agar odam 9 m masofadan rasmga olingan bo’lsa, fotoapparat obyektivining optik kuchini (D) toping.
Ikki do’st bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa imkon qadar tezroq borishi kerak edi. Ularning ikkalasida bitta velosiped bor. Velosipedga ikkita odam o’tirishi mumkin emas, lekin ular velosipedini yo’lda qoldirishi mumkin. Tezroq borishi uchun ular nima qilishgan? Velosipeddagi odamning tezligi 20 km/h, odamning yurish tezligi 6 km/h, qishloqlar orasidagi masofa esa 40 km.
Suvning isishi va sovishida vaqt o’tishi bilan haroratining o’zgarishi rasmda ko’rsatilgan. Grafikning AB va BC qismlari suvning qanday holatiga mos keladi? Nima uchun BC qism vaqt o’kiga parallel? Sababini tushuntiring?