Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
18-to’plam may 2023
49
IKKI O‘LCHOVLI SOHADA ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIK VA SOHA
DISKRET MODELINI YARATISH
Toshmamatova Munisa Toshmamatovna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, «Amaliy
matematika va intellektual texnologiyalar» fakulteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Maqolada ikki o‘lchovli sohaning diskret
modelini yaratish va
sohada issiqlik tarqalish jarayoni muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
ikki o‘lchovli soha, modellashtirish,issiqlik tarqalish tenglamasi.
Umuman olganda biror bir masalani EHM yordamida yechishda quyidagi (2-
rasm) bosqichlarga ajratish mumkin.
1-rasm Ihtiyoriy masalani EHM yordamida yechish
Ixtiyoriy masalani yechishda birinchi qadam uninig modelini yaratishdir.
Jamiyat va tabiatda uchraydigan turli masala yoki muammolarni hal qilishni EHM
yordamida amalga oshirish uchun birinchi
navbatda qaralayotgan masala, jarayon
ob'ektining
matematik ifodasi, ya'ni matematik modelini yaratish kerak bo‘ladi.
Ko‘rilayotgan ob'ekt matematik modelini yaratish juda murakkab jarayon bo‘lib
o‘rganilayotgan ob'ektga bog‘liq ravishda turli soha mutaxasislarining ishtiroki talab
etiladi.