1-SHAXSIY TOPSHIRIQ DISKRET TASODOFIY MIQDORLAR Vazifa; Har bir talaba yanvar oyi uchun oʻz telefon nomeridan kiruvchi va chiquvchi qoʻngʻiroqlar davomiyligi haqidagi maʼlumotlarni, uyali aloqa kompaniyasi saytidagi shaxsiy kabinetiga kirib, olib quyidagicha ishlarni amalga oshirishi lozim:
X diskret tasodifiy miqdor qabul qiladigan qiymatlar sifatida - bir oy davomida uchragan soʻzlashuvlar davomiyligi qabul qilinsin.
Ushbu soʻzlashuvlar davomiyligi nisbiy chastotalari mos ehtimolliklari deb qabul qilinsin.
Diskret tasodifiy miqdor oʻrtacha kvadratik chetlanishi hisoblansin.
Diskret tasodifiy miqdor modasi aniqlansin.
Abonentni 3 minutdan kam gaplashish ehtimolini toping?
Abonentni 2 minut yoki 3 minut gaplashish ehtimolini toping?
Amonentni 1 minutdan ortiq gaplashish ehtimolini toping?
Barcha olingan natijalar boʻyicha xulosalar berilsin.
Eslatma; Barcha qoʻyilgan savollarga IKKI XIL usulda javob tayyorlansin.
Formulalari koʻrsatilgan holda analitik usulda qoʻlda hisoblansin;
Excel dasturlar paketi buyruqlari yordamida hisoblashlar amalga oshirilsin.
Eslatma; Shaxsiy maʻlumot deb hisoblanadigan ustunlarni, masalan telefon nomerlarni yoki qaysi vaqtlarda telefonda soʻzlashuvlar amalga oshirilganligi biz uchun muhim emas, ularni ham lozim topsangiz maʼlumotdan olib tashlashingiz mumkin. tahlil faqat necha minutli soʻzlashuvlardan necha marta amalga oshirilganligi haqida ketayapti.
Juda katta hajmdagi maʻlumotlar bazasini organishga qulay qilish uchun Excel dasturlar paketidan foydalanamiz:
Bir oy davomida nechta soʻzlashuv amalga oshirilganligi aniqlash uchun kerakli ustun ajratib koʻrsatish kifoya ularning sonini Excel oynasi pastki qatorida koʻrinadi:
Ushbu buyruqlar ketma-ketligini har bir soʻzlashuv davomiyligi uchun qoʻllab, Diskret tasodifiy miqdorni quyidagicha taqsimot qonuniga ega boʻlamiz: