Distribyutorlik shartnomasining fuqarolik-huquqiy muammolari



Yüklə 29,86 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü29,86 Kb.
#168948
Distribyutorlik shartnomasining fuqarolik


Distribyutorlik shartnomasining fuqarolik-huquqiy muammolari;
Avvalo distribyutor kim, qanday ish bilan shug’ullanishi haqida ma’lumot berib o’tsam, Distribyutor so’zi ingilizchadan olingan bo’lib taqshimlash degan ma’noni bildiradi. Distribyutor mahalliy bozorda muayyan savdo ko’tara sotib olish bilan shug’ullanuvchi firma yoki tadbirkorni distribyutor deymiz.
Distribyutor tovar ishlab chiqaruvchi korxona bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma asosida o’z nomidan va o’z hisobidan ish yuritadi. Tuzilgan shartnoma disrtibyutor va tavar ishlab chiqaruvchi korxona o’rtasida tartibga soladi va nizo kelib chiqishini olindini olishga xizmat qiladi. 1
Distribyutorlikni oddiy qilib tushuntriganda misol uchun kiyim ishlab chiqaruvchi korxona o’z mahsulotini bozorga chiqarishda foydalanadigan shaxs bu distribyutor, u korxonadan uning mahsulotini oladi keyin mahsulotning sotilishi va reklamasi bo’yicha majburiyatni oladi. Shunday ish bilan shug’ullanadigan shaxs distribyutor hisoblanadi.
Distribyutorlik shartnomasi esa yuqorida aytilgan shaxs bilan ishlab chiqaruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Bu shartnoma uzoq muddatga tuziladi, tovar sotuvchining mulkiga o’tadi va faqat distribyutor tavarni taqsimlash bilan shug’ullanadi. Shartnomaga ko’ra yetkazib beruvchi tavarni distribyutorga mulk huquqini o’tkazadi. Distribyutor esa tovar uchun haq to’laydi.
Shartnoma tuzilgandan keyin distribyutor faqat yetkazib beruvchidan tovar oladi, yetkazib beruvchi esa boshqalarga sotishi mumkin emas. Agarda distribyutor yetkazib beruvchi uchun qadoqlash dizaynini ishlab chiqsa yetkazib beruvchi u uchun haq to’laydi.
Yetkazib beruvchi korxona yoki tashkilotning ham vazifasi bor – tavarni tayyorlaydi va tavar tayyor bo’lgandana keyin esa bu haqda xabardor qilish.
Shartnomada haq to’lash ham kiritilib o’tiladi. Unga ko’ra shartnomadagi ikkinchi tamon distribyutorga qachon, qaysi kuni to’lov qilshi kerakligi hisoblab belgilanadi. Shartnoma uzoq muddatga tuzilganliki sababli shartnomaga narxni o’zgartirish huquqi ham kiritiladi. Bu degani vaqt o’tgandan keyin shartnomadagi narx hozirki narxdan qimmatlashsa yoki arzonlashsa narxni o’zgartirish tartibi ham kiritilib o’tiladi
Shartnomani muddatiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda shartnoma uzaytirish imkoniyati bilan kamida bir yilga tuziladi. Agarda taraflar shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi bo’lasalar shartnomada bekor qilish uchun bir tomonlama yoki tomonlar kelishuvi asosida bekor qilishlari mumkin.
Distribyutorlik shartnomasida quyidagicha boblar mavjud bo’ladi;
Distribyutorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi
Shartnoma tuzilgan sana 
Shartnoma raqami-son
Shartnoma tuzilgan joy,shahri
1. Shartnoma predmeti
2. Taraflarning majburiyatlari
3. Mahsulot qiymati
4. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
5. Maxsus shartlar
6. Taraflarning javobgarligi
7. Shartnomaning amal qilish muddati va nizolarni hal qilish tartibi
Shartnoma tuzishdan oldin yetkazib beruvchi o’zining intelektual mulkni himoya qilishi lozim. Ya’ni distribyutor tayinlashdan oldin tavar belgilarini yoki patentlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishi kerak. Shuningdek shartnoma kuchda vaqti distribyutor yetkazib beruvchining savdo belgisidan foydalanadi, ikki taraf o’rtasida shu narsa kelishilishi zarurki shartnoma tugagandan keyin tavar belgisindan foydalanish foydalanmaslikni ham kelishish kerak.
Ikki taraf o’rtasidagi shartnoma oddiy yozma shaklda kelishiladi va shartnomada kelishuv qanday bekor bo’lishi va bekor qilish haqida qanday ogohlantirilishi kerakligi aniq qilib ko’rsatish kerak. Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, bir tomon tugatsa, bu tomon boshqa tomonni oqilona xabardor qilish majburiyatiga ega.
Shartnoma tuzishda bu kelishuv haqida taasurotlar yoki obro’-e’tibordan ko’ra ko’proq aniq faktlarga va bu kelishuv orqali nimaga erishish mumkinliki haqida kelishish kerak.
Endi distribyutorlik shartnomasi haqida chet el qonunchiliki va chet el olimlarining fikrlari haqida to’xtalib o’tsak;
Yevropa xususiy huquqining 2009-yildagi IV.E.-5:101 moddasida distribyutorlik shartnomasida bir tomon , yetkazib beruvchi o’z zimmasiga mahsulotini ikkinchi tomon ya’ni distribyutorga yetkazib berishi, distribyutor esa yetkazib beruvchining mahsulotini qabul qilish yoki sotib olish va o’z nomidan va o’z manfaatidan uchunchi shaxslarga sotadi. Bunday holda distribyutorlik shartnomasining uchta modeli nazarda tutiladi.
Ekslyuziv shartnoma va distribyutorlik shartnomasi bir biriga o’xshash shartnomalar. Ularning farqlari shundan iboratki; tanlangan shartnoma (tuzilgan shartnoma) bo’yicha yetkazib beruvchi ma’lum me’zonlar bo’yicha o’z mahsulotini distribyutorga yetkazib berishni o’z zimmasiga oladi. Ekslyuziv shartnoma bo’yicha distribyutor quyidagilarni o’z zimmasiga oladi; sotib olish , qabul qilish, sotib olingan tavar uchun yetkazib beruvchiga yoki u ko’rsatib o’tgan odamga pulni to’lashni o’z zimmasiga oladi.
Distribyutorlik shartnomasi haqida rus professori S. A. Andreyeva, distribyutorlik shartnomasi deganda bir tomon (distribyutor) ma'lum bir mahsulotni o'z nomidan va o'z hisobidan ma'lum bir hududda va (yoki) ma'lum bir hududda tarqatish va targ'ib qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladigan shartnomani tushunishni taklif qiladi. Ikkinchi tomon esa mahsulotni o’z nomidan sotish yoki boshqa uchunchi tomon orqali boshqa distribyutorga yetkazib berishi mumkin emas. Bu taklif Yevropa xususiy huquqining namunaviy qoidalari taklif qilganidan biroz farq qiladi. Umuman olganda yuqorida aytilgan farqlarga qaramasdan distribyutorlik shartnomasi yetazib beruvchidan sotib olingan tavarlani sotish va qayta sotib olishga qaratilgan.
T. V. Kashirina distribyutorlik munosabatlarini huquqiy tabiati bo’yicha tashkiliy shartnomalar bo’lganliki va uning xususiyatlarini aytgan;
1) hududiy xarakterga ega (distribyutor)o'z faoliyatini ma'lum bir hududda amalga oshiradi
2) ma'lum bir ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)tovarlarning ma'lum bir turi tarqalishi munosabati bilan qo'shiladi.;
3) tomonlar bir qator cheklovchi shartlarni belgilash va ularga rioya qilishni o'z ichiga oladi;
4 tomonlarning savdo darajasi tovarlar sifatini ta'minlash, ularni ko'paytirish bo'yicha hamkorligiga asoslanadi
5) distribyutorga tovar belgilari va ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchining) firma nomidan cheklangan foydalanish imkoniyatini beradi.;
6) odatda uzoq muddatli xarakterga ega 2

Ditribyutorlik shartnomasini tuzishda eng ko’p yo’l qo’yiladigan beshta muammo mavjud ular quyidagilar;


1) Ditribyutorlik shartnomasidan foydalanmaslik
Ditribyutorlik shartnomalari korxonalar uchun juda foydali, chunki ular har bir tomon savdo shartlarini aniq ko'rsatishga imkon beradi, shuningdek, tranzaksiyada biror narsa noto'g'ri bo'lgan taqdirda, masalan, tovarlar buzilgan yoki sifatsiz mahsulotlar yetkazib berilganda yoki to'lovda o'zlarini himoya qilish imkonini beradi. Ditribyutorlik shartnomasidan foydalanmaslik orqali tomonlar o'zlarini har bir tomon biznes qilishga rozi bo'lgan qonuniy kuchga ega bo'lgan asosdan mahrum qildilar. Bunday asossiz tomonlar ko'pincha hal qilish uchun qimmat va ko'p vaqt talab qiladigan sud jarayonlariga murojaat qilishga majbur bo'lishadi, bu hatto asosiy masalalar muhokama qilinmaguncha, qaysi davlat yoki mamlakat qonunlari qo'llanilishi va qaysi davlat yoki mamlakat bitim bo'yicha yurisdiktsiyaga ega ekanligi haqida kurashishni o'z ichiga olishi mumkin.
2) Juda ko'p, juda tez tarqatishga urinish
Yangi ditribyutorlik shartnomasi tuzilganda, sotuvchi va distribyutor sotiladigan va tarqatiladigan tovarlarning ma'lum miqdoriga rozi bo'ladi. Biroq, tomonlardan biri tarqatish prognozlarini ortiqcha yoki kam baholaganda muammolar paydo bo'ladi. Haddan tashqari optimistik miqdorlar ko'pincha biznes munosabatlarini buzishi va biznesning pul oqimi uchun xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan mahsulot yoki xizmatlarning ortiqcha bo'lishiga olib kelishi mumkin. Yetarlicha baho bermaslik baxtsiz yakuniy mijozlarga va daromad potentsialini yo'qotishga va ehtimol sizning mahsulotingiz yoki sotuvlaringizning yaxshi niyatiga olib keladi. Dastlab, sotuvchi ham, distribyutor ham kichik maqsadlar qo'yishi kerak va faqat tasdiqlangan muvaffaqiyatdan so'ng, tovarlar miqdorini kengaytirish va kelajakdagi buyurtmalarga yordam berish uchun prognozlash modellarida foydalanish kerak.
3) Shartnomaning eksklyuziv yoki eksklyuziv emasligini aniqlamaslik
Ditribyutorlik shartnomalari eksklyuziv yoki eksklyuziv bo'lishi mumkin. Eksklyuziv shartnoma, odatda, sotuvchining distribyutorga ma'lum bir hududni yoki tarqatish nuqtasini boshqa distribyutorga bir xil hududni bermasligini tushungan holda berishni o'z ichiga oladi. Shartnomaning eksklyuziv yoki eksklyuziv ekanligini aniqlamaslik chalkashlik va adolatli raqobat qonunlariga zid kelishi mumkin. Bundan tashqari, to'g'ri foydalanilganda, eksklyuzivlik atamasi to'g'ri distribyutorni rag'batlantirish uchun kuchli savdo vositasi bo'lishi mumkin. Biroq, buning aksi ham to'g'ri, agar siz uchun kam qiymat bo'lsa, distribyutorning eksklyuzivligini berish, tarqatish kanallarini ushbu hududga kengaytirish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
4) Tugatish bandlarining yo'qligi
Samarali ditribyutorlik shartnomasi shartnomani bekor qilish mumkin bo'lgan shartlarni va amaldagi tugatish tartib-qoidalarini o'z ichiga olishi kerak. Tugatish to'g'risidagi bandlar ikkala tomonni teng darajada himoya qilishi, sabablarga ko'ra va sababsiz tugatishni o'z ichiga olishi kerak, shuningdek, tugatish to'g'risida xabar berilishi kerak bo'lgan shartlarni ko'rsatishi kerak. Bundan tashqari, har qanday tugatish bandi bekor qilingandan so'ng tomonlarning huquqlari bilan nima sodir bo'lishini, sababsiz va sababsiz ko'rsatishi kerak. Masalan, sabab bilan yoki sababsiz bekor qilinganda,
5) Yangilanish tilining yo'qligi
Tomonlar ditribyutorlik shartnomalariga yangilash tilini ham kiritishlari kerak. Ba'zi shartnomalar yangilanish avtomatik ravishda amalga oshirilishini ko'rsatadi, boshqalari esa munosabatlar yangilanish uchun mos bo'lgunga qadar muayyan samaradorlik maqsadlariga erishish kerakligini belgilaydi. Tomonlar o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yangilash tilini yaratishda moslashuvchanlikka ega bo'lsa-da, bu tilning yo'qligi savdo va ta'minotning uzluksizligini buzishi mumkin, bu esa har ikki tomonning potentsial yo'qotilgan foydasiga olib keladi.3


1 https://yurxizmat.uz/ru/document/652

2 https://cyberleninka.ru/article/n/k-voprosu-o-pravovoy-prirode-distribyutorskogo-dogovora

3 https://thecampbelllawgroup.com/distribution-damage-5-common-distribution-agreement-mistakes-that-could-harm-your-business/

Yüklə 29,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin