Dividendlar xususiyati



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#178181
1   2   3   4   5   6   7
Modilyani va Miller dividendlar haqida

Boshqa omillar

Ushbu mavzuga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir qator omillar ham bor va bu top-menejerlar nima uchun MM tasdig‘iga qaramay dividend to‘g‘risida qarorni muhim deb hisoblashini tushuntirib berishi mumkin.


Dividendlarning axborot tarkibiy qismi
Ba‘zi tahlilchilar fikriga ko‘ra, dividendlarning darajasi, aniqrog‘i, dividendlar darajasidagi o‘zgarish kompaniya haqidagi yangi ommaviy ma‘lumotni o‘z ichiga oladi. Masalan, dividendlarning oshgan darajasi menejerlar o‘z biznesi kelajagiga ishonch bilan qarayotganiga ishora bo‘lishi mumkin (aftidan, ko‘pincha shunday talqin qilinadi ham). (Bu Modilyani va Miller tahlili mantig‘iga tayangan holda chiqarish mumkin bo‘lgan xulosaga keskin zid keladi. Dividend to‘lash, ayniqsa, o‘tgan yilgi darajaga nisbatan ko‘proq dividend to‘lash menejerlar barcha mavjud mablag‘lardan foydalanish uchun mos investitsion loyihalarni topishga qodir emasligi va shuning uchun mablag‘larning bir qismini aksiyadorlarga qaytarib berayotganidan dalolat berishi mumkin. Bu esa kompaniya rahbarlarida uning kelajagiga qat‘iy ishonch yo‘q ekanligini ko‘rsatib beradi.)
Agar bu nuqtayi nazar to‘g‘ri degan fikrdan kelib chiqsak, unda bunday signalni mazmunli yoki aksincha tasodifiy bo‘lmagan sifatida idrok qilish vaziyatdan vaziyatga o‘zgarishi mumkin. Albatta, g‘arazli qo‘shib olishning qurboni bo‘lishni xohlamaydigan kompaniya boshqaruvining odatiy taktikasi dividendlar darajasini ko‘tarishdan iborat bo‘ladi. Aksariyat hollarda bu aksiyadorlarni biznesning kelajagiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan signaldir.
Agar dividendlar o‘sishi signal sifatida ko‘rib chiqilsa, direktorlar shunchaki mutanosib bayonot bilan chiqishlari yaxshiroq emasmi degan savol yuzaga kelishi tabiiy hol.
Shubhasiz, bayonot dividendlarning o‘sishi kabi ikki ma‘noli tuyulmasdi.
Lekin rahbarlar xatti-harakatlar so‘zlardan ko‘ra ko‘proq gapirishadi deb o‘ylashadi.
Shu munosabat bilan, agar dividendlar bir signal ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, dividendlar o‘sishining fond bozoridagi aksiyalar narxiga ijobiy ta‘sir qilishi kutiladi. Bunday hodisa birja kuchli shaklida samarali emasligiga yana bir tasdiqlaydi, chunki u menejment uchun kerakli ma‘lumotlar aksiya narxida hisobga olinmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi.

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin