Djuramuratova Nigina Reja


AYLANMA ISHLAB CHIQARISH FONDLARI



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/2
tarix07.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#126169
1   2
Aylanma fondlar

AYLANMA ISHLAB CHIQARISH FONDLARI

Aylanma ishlab chiqarish fondlari-korxona ishlab chiqarish fondlarining bir

qismi bo`lib, bitta ishlab chiqarish tsikli davomida sarflanadi qamda natural shaklini

o`zgartirib, o`z qiymatini to`lig`icha tayyor mahsulot tannarxiga o`tkazadi. Shu

sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy

elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.


Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va materiallar
zahirasi, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i va energetika resurslari, qadoqlash va
o`rov materiallari, eqtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi
xarajatlarni kiritish mumkin. Rejalashtirish, sistemali hisob va hisobotni tashkil qilish
uchun qulaylik yaratish maqsadida aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga
bo`linadi:
•ishlab chiqarish zahiralari;
•tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar;
•kelgusi davr xarajatlari.

MUOMALA FONDLARI


Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun
mo`ljallangan pul mablag`lari, shuningdek, chek va veksellar, aktsiyadorlarning
qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi
mablag`lardan iborat bo`ladi. Muomala fondlari va aylanma ishlab chiqarish fondlari
majmuasi, korxonaning aylanma mablag`lari(kapitali)ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishda band bo`lgan aylanma mablag`lar kattaligini belgilovchi
asosiy omillar − bu, mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish tsikli uzunligi,
mehnatni tashkil qilish, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat
predmetlari va qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag`lar kattaligi,
shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta`minot va mahsulotni sotish tizimini
tashkil qilish darajasi bilan ham bog`liq bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan qolda shuni aytish mumkinki,
aylanma mablag`lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
xom ashyo, material, ehtiyot qismlar qamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda
zarur bo`lgan boshqa meqnat predmetlari;
− ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg`i kabi
resurslar uchun haq to`lash;
− korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to`lanishi;
− soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lash.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin