___-DMTT pedagogik kengash yig’ilishi –3
___-fevral 2022-yil. _______________ qishlog’i.
Yig’ilish raisi: ___________________
Qatnashdilar: MTTning _______ nafar xodimlari
Kun tartibida ko’riladigan masalalar:
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” o’quv dasturining bajarilishida tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar kompitentligini oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabr 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorini tadbiq etish bo’yicha olib borilgan ishlar tahlili. (ma’ruzachi: uslubchi)
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish ishlarining yo’la qo’yilganligini va malaka oshirish rejasining bajarilishi. (ma’ruzachi: direktor)
Maktabda tayyorlov guruhlarida frontal nazorat yakuni. (ma’ruzachi: ishchi guruh)
Yig’ilishni MTT direktori __________________ kirish so’zi bilan ochib berdi va bugungi pedagogik yig’ilishda ko’riladigan masalalar bilan tanishtirib chiqdi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan MTT uslubchisi _________________ma’ruzasi eshitildi:
-Assalomu alaykum. Hurmatli pedagoglar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori aynan bizning faoliyatimizni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlardan hisoblanib, bu sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodim mazkur qaror bilan yaqindan tanish bo’lishi kerak. Shu o’qinda bugungi pedagogik kengashimizda men sizlarni yana bir bor tanishtirib o’taman.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan mazkur qaror orqali maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlanib, mazkur standatr quyidagilarni nazarda tutgan:
davlat stanartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o’quv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;
davlat standartining tarkibiy qismlari;
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari;
maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o’quv dasturi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’yinlar to’plami, o’yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reablitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
Ushbu davlat standartining maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talab;arga asoslangan holda tahskil etish, bolalalrni cog’lom va har tomonlama etuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va trabiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek,ta’lim-tarbiiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
Davlat standartining asosiy vazifalari:
Maktabgacha ta’limning sifati va mazmuniga bo’lgan talablarni belgilash;
Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
O’quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot –kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ta’lim va tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to’laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo’lgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’yinlar, o’yinchoqlar, mebel va boshqa jihozlar, texnik, reablitatsion vositalar bilan jihozlash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yong’in xavfsizligni ta’minlashga qo’yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Davlat satndartining asosiy prinsiplari esa
- Tarbiyalanivchining intilishlari, qiziqishlari va qobiliyatlari ustuvorligi;
- Har bir bolaning (jismoniy yoki psixik rivojlanishidan qat’iy nazar) maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
- Davlat standartining davlat va jamiyat talablariga mosligi;
- Maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va mazmunan uzviyligi;
- Maktabgacha ta’lim mazmunining respublikaning barcha hududlarida birligi va yaxlitligi;
- Maktabgacha ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
- Xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasidagi me’yorlarini belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Ko’rinadiki, mazkur davlat standarti aynan bizning faoliyatimizni to’liq qamrab oladб ya’ni bizning faoliyatimizga nisbatan qo’yilgan me’yordir. Shunday ekan, iz u bilan nafaqat tanishib chiqishimiz, balki faoliyatimizni mazkur standartga javob bera olishini ham ta’minlashimiq kerak.
Shu o’rinda bu borada olib boriladigan ishlar haqida so’zlar ekanman, ishonch bilan biz MTT faoliyatida aynan MTTda ta’lim-tarbiyaning davlat standartiga rioya qilmoqdamiz. Buni faoliyatimiz tahlilida ham ko’rishimiz mumkin.
1-masala yuzasidan so’z olgan tarbiyachi _________________ uslubchi ________________ning fikrlarini davom ettirgan holda davlat standartining maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni har tomonlama sog’lom va yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllarini joriy etish, shuningdek, tashkilotning qurilishi, jihozlanishi, bolalarning sog’lom ovqatlanishi va xavfsizligi kabi barcha jihatlarini hal etishga doir majburiy miimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ekanligini inobatga olgan holda bugun tahkilot faoliyatida katta sifat o’zgarishlari yuz berganligini, bugungi faoliyatni avvalgi faoliyatlarga o’xshatib bo’lmasligini, hozirda faoliyatimizda asosiy e’tibor tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog’lom va yetuk qilib voyga yetkazishga qaratilayotganligini va bular faoliyatimizni tartiblovchi qohuh hujjatlarida ham aks etayotganligi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan MTTning boshqa tarbiyachilari ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar. Bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, kengash
q a r o r q i l a d i:
MTT uslubchisi _________________ning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabr 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yanada takomillashtirilsin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Kun tartibidagi 2-masala (“Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish ishlarining yo’lga qo’yilganligini va malaka oshirish rejasining bajarilishi”) yuzasidan so’z olgan MTT direktori _______________ quyidagilarni aytib o’tdi:
Ma’lumki, maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya faoliyati maktabgacha yosh davridagi bolalarga mos tarzda tashkillanadi. Ya’ni bolaning yosh xususiyatidan kelib chiqib faoliyatga ijodiy yondoshilib, bunda aynan bolalarni faollashtirishga e’tibor beriladi. Bu esa tanlanadigan faoliyatning bola yoshi, qiziqishi va imkoniyatlariga mos bo’lishini talab qiladi. Shu sababli ham bolalarga ta’lim berishda nafaqat o’zimizning ijodkorligimizdan, balki ilg’or tajribalarni ommalashtirishga ham e’tibor qaratamiz.
Ilg’or tajribalarni ommalashtirishning ikki usuli mavjud:
Tashkilot doirasida, ya’ni jamoadagi bilimli, mahoratli, ijodkor hamkasbimizning faoliyatini kuzatib, uning o’ziga xos, tashkilot faoliyatida samarali bo’lgan yangicha ish uslubini ommalashtiramiz.
Hudud miqyosida. Bunda tuman, hudud yoki viloyat miqyosidagi hamkasbimizning faoliyatidagi samarali usullar seminarlar tashkillash orqali yoki uslubiy qo’llanma tayyorlab, faoliyatda foydalanishga tavsiya etish orqali ommalashtiriladi.
Tuman miqyosida har yili juda ko’p seminarlar tashkillanib kelmoqda. Aynan bizning jamoamiz pedagoglari ham mazkur seminarlarda ishtirok etish bilan bir qatorda o’zlarining faoliyatlarini ham namoyish etmoqdalar. Bunga tuman miqyosida o’tkazilayotgan MTTlararo tadbirlar, tanlovlarni ham sanab o’tishimiz mumkin. Bulardan ko’zlangan maqsad ham aynan ilg’or ish tajribalarni o’rganish, o’rgatish va ommalashtirishdir. Bundan kelib chiqib, bizning faoliyatimizda ham ilg’or ish tajribalarni ommalashtirish yo’lga qo’yilgan, deyishimiz mumkin.
Xodimlarning makala oshirishlari masalasiga to’xtaladigan bo’lsam, muassasada faoliyat olib borayotgan barcha pedagog xodimlar belgilangan muddatda malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Hozirda qonun hujjatlarida bu davr ___ yil etib belgilangan. Har bir xodim ana shu belgilangan muddatda malaka oshirishga yuboriladi va u yerda o’zining kasbiy bilimlarini oshirib, sohaga oid yangiliklar bilan tanishib keladi. Har bir malaka oshirish kurslarida o’qib qaytgan pedagog o’zi egallagan yangi bilimlar asosida ish joyida seminar mashg’uloti o’tib berishi kerak. Bu orqali u soha yangiliklarini jamoadoshlari bilan o’rtoqlashadi.
Bugungi kunga kelib bizning tashkilotimizda jami ___________ nafar pedagog xodimlar bo’lib, ulardan _______ nafari 2022-yilda malaka oshirishi rejalashtirilgan. Demak, aytishimiz mumkinki, bizning tashkilotimizda pedagog xodimlarning malaka oshirish rejasi bajarilmoqda. Ammo ilg’or ish tajribalarni ommalashtirish va malaka oshirish rejasining iijrosi doimiy nazoratda bo’lishi va tahlil qilib borilishi kerak. Chunki bu orqali biz o’z kasbiy faoliyatimizning samaradorligini oshirib boramiz.
Mazkur masala yuzasidan MTT tarbiyachisi ______________ ham fikr bildirib, malaka oshirishdan asosiy maqsad xodimning o’z sohasiga oid kasbiy yangiliklar bilan o’z vaqtida tanishib borishi, o’z bilimlarini yangi bilimlar bilan boyitib borishi, shuningdek, viloyat miqyosida kasbiy tajriba oshirish ekaligini ta’kidlab, bu har bir xodim faoliyati uchun foydali ekanligi haqida fikr bildirib o’tdi.
Yig’ilish kun tartibidagi 2-masala kengash a’zolari tomonidan o’rganilib, yig’ilish
q a r o r q i l a d i:
MTT direktori ______________ning ma’ruzasi asos uchun qabul qilinsin.
Xodimlar ish faoliyatida ilg’or ish tajribalarni ommalashtirilganligi, shuningdek, malaka oshirish rejasining bajarilishi tahlili muntazam ravishda olib borilsin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish MTT uslubchisi ____________________ zimmasiga yuklansin.
Kun tartibidagi 3-masala (“Maktabga tayyorlov guruhlarida frontal nazorat yakuni”) yuzasidan so’z navbati ishchi guruh tarbiyachisi _________________________________ ga berildi. Ma’ruzachi o’z ma’ruzasi quyidagi ma’lumotlarni berib o’tdi:
Maktabga tayyorlov guruhlarida olib boriladigan frontal nazorat bu MTT pedagoglari faoliyatiga baho beradigan jarayondir. Ya’ni bizda tayyorlov guruhimizda tarbiyalangan tarbiyalanuvchilar maktabdagi ta’lim jarayoniga moslashish davridan o’tadilar. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotidan ta’lim muassasasiga kuzatiladigan bolaning davlat talablari va o’quv dasturlari asosida olgan ta’lim va tarbiyasi nazorat qilinadi. Ya’ni uning yoshga doir rivojlanishi me’yori: aqliy rivojlanishi, jismoniy rivojlanishi, ruhiy –hissiy rivojlanishi kabi jihatlari o’rganiladi. Bunda guruhda ta’lim va tarbiyaning maktabgacha ta’lim muassasasining davlat standarti, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, “Rivojlanish xaritasi” asosida tarbiyalanganlik darajasi aynan guruhda o’tkaziladigan frontal tekshiruvlar tahlili asosida ko’rinadi. Shuningdek, mazkur tekshiruvlar guruh tarbiyachisining faoliyatiga ham baho beradi.
Mazkur tekshiruvlarda tayyorlov guruhi tarbiyachisining barcha me’yoriy hujjatlari o’rganilishi bilan bir qatorda uning faoliyati amaliy jihatdan ham o’rganiladi. Bunday tekshiruvlar tashkilotning ishchi guruhi tomonidan ichki nazorat sifatida hamda vakolatli organlar tomonidan tashqi tekshiruv shaklida o’tkailishi mumkin.
Bizning muassasamizda oxirgi marotaba frontal tekshiruv __________________ da o’tkazildi. Tekshiruvda tayyorlov guruhi tarbiyachisi _________________________ning kasbiy faoliyati o’rganildi. Tarbiyachining ish hujjatlari yuritilish holati, guruh tarbiyalanuvchilri bilan olib borilgan suhbatlar, shuningdek, tarbiyachining yil davomida olib brogan faoliyati samaradorligi har tomonlama o’rganilib, guruhda o’tkaziladigan mashg’ulotlar kuzatilib, frontal tekshiruv xulosa bergan. Tekshiruv xulosasiga ko’ra, tayyorlov guruhi tarbiyachisi ____________________ ning faoliyati “______________________” deb baholangan.
So’zga chiqqan ishchi guruh a’zosi ___________________ ham yuqoridagi fikrlarni ma’qullab, jamoa pedagoglari frontal tekshiruvlarni ijobiy qabul qilishlari kerak. Chunki bunday tekshiruvlar orqali pedagoglar, avvalo, o’z faoliyatlarini o’zlari tahlil qilib borishlari haqida fikr bildirib o’tdi.
Yig’ilish kun tartibidagi 3-masala kengash a’zolari tomonidan o’rganilib,
q a r o r q i l a d i:
Ishchi guruh a’zosi ___________________________ning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
MTT uslubchisi tomonidan tashkilotdagi mavjud guruhlarda muntazam nazorat olib borilsin.
Nazorat natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pedagoglarga uslubiy yordam ko’rsatilsin.
Pedagogik kengash raisi: ______________________
Pedagogik kengash kotibi: _______________
Dostları ilə paylaş: |