Registon nashriyoti Biologiya: Masala va ularning yechimlari (Yangi nashr)
Barcha kitoblar→ -2- @ABTbooks kanalida
[D3 – tip] Masala: Oqsilning molyar massasi 36000 ga oqsil tarkibida har bir aminokislota
qoldig‘ining molyar massasi 120 ga teng ekanligi ma’lum. Oqsil biosintezida i-RNK ning 25%
ishtirok etmagan. Shu RNK transkripsiyalangan DNK dagi umumiy nukleotidlarining 20% i timinga
to‘g‘ri keladi. DNK dagi guanin sonini aniqlang.
A) 720 B) 360 C) 480 D) 240
Yechimi:
a) oqsil massasidan foydalanib uning tarkibidagi aminokislotalar sonini topamiz.
120 ---- 1 ta aminokislota
36000 ----
x= 300 ta aminokislota
b) aminokislota sonidan foydalanib I - RNK dagi nukleotidlar sonini topamiz.
1 ta aminokislota ---- 3 ta nukleotid
300 ta aminokislota ----
x= 900 nukleotid
c) I – RNK nukleotidlarini 25% ishtirok etmagan demak 900 ta nukleotid 75% ni tashkil etadi
undan foydalanib RNK dagi jami nukleotidlar sonini topamiz.
900 ta nukleotid ---- 75%
1200 ta nukleotid =x ---- 100%
d) RNK da 1200 ta nukleotid bo’lsa DNK 2400 ta nukleotid saqlaydi. DNK da 20% timin bo’lsa
guanine 30% bo’ladi.
2400 ---- 100%
720=x ---- 30%
Demak: A javob to’g’ri
1. Oqsilning molyar massasi 21600 ga oqsil tarkibida har bir aminokislota qoldig‘ining molyar
massasi 120 ga teng ekanligi ma’lum. Oqsil biosintezida i-RNK ning 70% ishtirok etmagan. Shu
RNK transkripsiyalangan DNK dagi umumiy nukleotidlarining 10% i timinga to‘g‘ri keladi. DNK
dagi guanin sonini aniqlang______________
2. Oqsilning molyar massasi 21600 ga oqsil tarkibida har bir aminokislota qoldig‘ining molyar
massasi 6000 ga teng ekanligi ma’lum. Oqsil biosintezida i-RNK ning 50% ishtirok etmagan. Shu
RNK transkripsiyalangan DNK dagi umumiy nukleotidlarining 40% i timinga to‘g‘ri keladi. DNK
dagi guanin sonini aniqlang______________
Dostları ilə paylaş: