Документ Microsoft Office Word 3



Yüklə 68,22 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü68,22 Kb.
#45559
3-amaliy mashg’ulot mavzu qishloq xo’jaligi va biosfera reja



 

3-AMALIY MASHG’ULOT 



 MAVZU: QISHLOQ  XO’JALIGI  VA BIOSFERA 

Reja: 

1.

 



Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati. 

2.

 



Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar. 

Ishning  maqsadi:  Qishloq  xo’jaligida  ishlatiladigan  mineral  o’g’itlar  va 

pestitsidlar  va  ularning  biosferaga  ta’sirini  o’rganish.  Talabalarni  biosferani 

muhofaza  qilish  va  to’g’ri  foydalanishga  o’rgatish.  Talabalarda  biosfera 

muhofazasi  boyicha  bilimlarini  oshirishda  adabiyotlar  bilan  ishlash  malaka  va 

ko’nikmasini hosil qilish. 

        Kerakli materiallar va jihozlar:  O’zbekiston tuproqlari atlasi, O’zbekiston 

yer resurslari atlasi, O’zbekiston ekologik kartasi, “O’zbekistonda atrof-muhitning 

holati va tabiiy resurslardan foydalanish” to’plam, mineral o’g’itlardan foydalanish 

jadvali, ma’ruza matni, rangli qalamlar, yozuvsiz xarita. 



Nazariy  material.  Hozirgi  kunga  qadar  qishloq  xo’jaligi  sohasida  mineral 

o’g’itlar  va  pestitsidlardan  keng  foydalanib  kelingan.  Oqibatda  tirik  organizmlar 

o’rtasidagi  o’zaro  bog’lanishlarning  buzilishi,  atrof-muhitning  ifloslanishi, 

zararkunanda  populyatsiyalarning  chidamli  formalarini  kelib  chiqishi,  aholini 

jiddiy kasalliklar bilan kasallanishi kabi holatlar yuzaga keladi. 

O’simliklarga azotli o’g’itlarni ortiqcha berish ularning poyasini yotib qolishi, 

zararkunanda  va  kasalliklarga  beriluvchanligini  ortishi  hamda  ularni  qurg’oqchil 

va  sovuqqa  chidamlilik  xususiyatlarini  susaytirib  yuborishi  mumkin.  Sug’orish 

jarayonida  mineral  o’g’itlar  va  pestitsidlarning  20%  suv  bilan  yuvilib  ketadi. 

Ozuqa  zanjirlariga  o’tgan  va  to’plangan  kimyoviy  moddalar  tirik  organizmlarni 

zaharlashi va o’ldirishi mumkin. 

Fosforli  o’g’itlardan  ortiqcha  foydalanish  tuproqda  strontsiy,  uran,  radiy, 

toriylarning  tabiiy  radioaktiv  birikmalarning  to’planishiga  sabab  bo’ladi. 

O’simlikni temir va ruxni o’zlashtirish qobilyati pasayadi. 




 

Kaliyli  o’g’itlar  atrof-muhitga  uncha  zarar  etkazmasada,  ammo  u  bilan  birga 



tuproqqa tushgan yer osti suvlariga salbiy ta’sir etishi mumkin. 

Pestitsidlardan  qishloq  xo’jaligida 

foydalanish  ham 

atrof 


muhitni 

ifloslanishiga  olib  keladi.  Ular  qishloq  xo’jalik  ekinlarida  bo’ladigan  kasalliklar, 

zararkunandalar  va  begona o’tlarga qarshi  kurashda ishlatiladi.  Ular  shamol  bilan 

uzoq masofalarga tarqaladi. Bu moddalar ekologik ozuqa zanjirlariga o’tib tuproq 

va  suvdagi  o’simliklarga  undan  hayvon  va  qushlarga  ozuqa  va  suv  bilan  birga 

inson organizmiga o’tadi. 

Vaqt  o’tishi  bilan  qishloq  xo’jaligi  zararkunandalari  ham  pestitsidlarning 

zaharli  ta’siriga  moslashadi.  Atrof-muhit  omillariga  pestitsidlarning  barqarorligi 

ularni ancha xavfliligidan dalolat beradi. 

Boshqa  turdagi  organizmlar  yordamida  xo’jalikda  keraksiz  organizm  sonini 

kamaytirish usuli o’simliklarni biologik usulda ximoya qilish deyiladi. 

ISHNI BAJARISH TARTIBI 

1.  Nazariy  materiallardan  foydalanib  qishloq  xo’jaligi  va  biosferaga  oid 

savollarga javob beriladi, mulohazalar bildiriladi. 

2.  O’zbekistonda  eng  ko’p  kimyoviy  moddalar  ishlatiladigan  hududlarni 

kartadan  aniqlab,  yozuvsiz  kartaga  tushiriladi.  Respublikamizda  qishloq 

xo’jaligining biosferaga ta’sirini o’rganiladi. 



TOPSHIRIQLAR 

1-topshiriq.  

Muammoli vaziyat yaratish uchun savollar 

1.

 



Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati nimada? 

2. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va atrof muhit muhofazasi. 

3. Kimyoviy o’g’itlarning ahamiyati va tabiatga ta’siri? 



 

4.  Pestitsidlardan  foydalanish  natijasida  yuzaga  keladigan  ekologik 



muammolar va ularni bartaraf etish. 

2-topshiriq.  O’zbekistonda  eng  ko’p  kimyoviy  moddalar  ishlatiladigan 

hududlarni kartadan aniqlab, yozuvsiz kartaga tushiring. Respublikamizda qishloq 

xo’jaligining biosferaga ta’sirini o’rganing. 

BLIST SAVOLLARI: 

1. Atrof muhit sofligiga qanday omillar omillar ta’sir qiladi? 

2. Agroekotizimlar haqida tushuncha bering? 

3. Antropogen landshaftlarga qanday landshaftlar kiradi? 

4. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning hozirgi holati? 

ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TAYANCH ATAMALAR 

Kimyolashtirish,  agroekotizimlar,  antropogen  landshaftlar,  mineral 

o’g’itlar,  organik  o’g’itlar,  pestitsidlar,  biosfera,  kimyoviy  ifloslanish,  biologik 

kurash usullari. 



 


 



 

 



Yüklə 68,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin