Dolzarb masalalari


O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari 
XX asrda fanda monitoring tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Boshqaruv 
tizimida u o‘z vaqtida sifatli axborot to‘plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta 
ishlash, saqlash. tarqatishni o‘z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali yig‘ilganligi 
uchun u yoki bu sohaning xulosalar asosida kelgusidagi rivojini ta’minlaydi. Ya’ni, 
sohaning hozirgi ahvoliga baho beradi, istiqbolini bashorat qilishga yordam beradi. 
Ta’limiy monitoring - pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish, u haqida axborot 
to‘plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va taraqqiyotiga 
ta’sir etishdan iborat. Masalan, o‘quv jarayonining o‘quvchi shaxsiga ta’sirini 
o‘rganish bo‘yicha doimiy kuzatuvlar orqali axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash 
orqali uning ahvol, taraqqiyoti, istiqbolini belgilash. SHaxsni o‘rganib, kuzatib, 
nazorat etib borish orqali, uning rivojiga o‘quv jarayonining ta’sirini aniqlab borish. 
Ta’lim sohasidagi monitoring - pedagogik kategoriya bo‘lib, mazkur 
sohadagi boshqaruv faoliyatini tartibga solib borishga yordam beradi. Monitoring 
natijasida olingan axborotlar tahlili asosida pedagogik jarayon va uni
boshqarishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlarini ilmiy asoslangan holda belgilash imkoniyati hosil bo‘ladi. Axborotlar 
tahlili va xulosalar asosida maktab, o‘qituvchi faoliyatiga tuzatish va o‘zgarishlar 
kiritib boriladi. 
 
Ta’lim sifati monitoringining maqsadlari 
Ta’lim sifati monitoringi uning maqsadiga mos holda quyidagi turli
yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin: 



O‘quv-tarbiya jarayonini baholash

Erishilgan natijalarni baholash; 

Qo‘yilgan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholash; 

Tizimning holati va erishgan natijalarini baholash; 

O‘quvchilar bo‘sh o‘zlashtirishlarining tipik, didaktik sabablarini 
aniqlash; 

O‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan didaktik yondashuvlarni
tahlil etish; 

Maktab kundalik ish tartibining qulayligi darajasini tahlil qilish; 

O‘qituvchilarning kasbiy, metodik mahoratiga xarakteristika berish.
Monitoringni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin. 
Ta’lim sohasi bo‘yicha tizimdagi ahvolni o‘rganish natijalarini to‘plash. 
Ta’lim boshqaruvi bo‘yicha axborotlar,me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy-uslubiy 
materiallar va boshqalarni o‘rganish.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalari o‘sishini kuzatish. 
Bunda sinflar bo‘yicha, o‘quv fanlari bo‘yicha, ayrim bo‘limlar, mavzular 
bo‘yicha tahlil o‘tkazish va xulosalar chiqarish amalga oshiriladi. Bu boshqaruvni 
takomillashtirish, o‘zgartirish, rivojlantirish vazifalarini belgilashga yordam beradi. 
Bunday tahlillar asosan boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur. 
Ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish orqali o‘quvchilarning ish natijalarini 
baholash o‘zgarib turadi. Har bir loyiha va topshiriq turli xil bo‘ladi, Shuning uchun 
baholash mezonlari va usullari yangilanib turadi.
Quyida umumiy qoidalar va tavsiyalar bilan tanishib chiqing: 
Standartlarni o‘rganing va uning asosida o‘qitish maqsadlarini aniqlang.
Qaerda o‘qitishingizdan, qaysi tizimda ishlashingizdan qat’iy nazar birinchi 
qadam qaysi standart asosida qanday topshiriqlar orqali amalga oshirish va qanday 
natijalarga erishish mumkinligini rejalashtirishingiz kerak.
Keyingi qadam o‘quvchilar uchun o‘quv maqsadalarini qo‘yishdir. 
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchi qanday natijalarga erishishini inobatga olish darkor.
Jarayon: g‘oya yaratish 
G‘oyalar o‘quvchilarga mavzularni o‘rganishni osonlashtiradi. Bunda 
g‘oyalardan o‘quv loyihalari ishlab chiqish o‘quvchilarning ijodkorligini, 
qiziqishlarini rivojlantiradi. STEAM loyihalari o‘quvchilarni hamkorlikka
yangilik yaratishga undaydi.
Jarayon: test tuzish 
Testlar bilimlarni nazorat qilish uchun eng qulay tipik usuldir. Ochiq turdagi 
qisqa javobli testlar qulay bo‘lib, mavzuni o‘rganish uchun matn, amaliy tajriba asos 
qilib olinadi. STEAM test topshiriqlari o‘quv maqsadlari o‘quv ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirganligini o‘rganish uchun mezondir.


Jarayon : nazorat va minuslar 
Testlarga qo‘yilgan baho bilish bilishni belgilovchi ko‘rsatkich emas.
STEAM tizimida ishtirok etish barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va bu 
qanday baholanishi hech qachon to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ushbu loyihalardan kelib 
chiquvchi ma’lumotlar sinchkovlik bilan kitob o‘qish talabidan ancha ustun turadi.
Baho o‘zi nima uchun kerak? 
O‘qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o‘quvchilar tomonidan 
qanday o‘zlashtirish darajasini bilish uchun. 
O‘quvchi uchun: o‘qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bili 
uchun.
O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali 
standart bitta usul orqali baholashi o‘quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning 
uchun nostandart usullar, ya’ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya 
etiladi. Yana bir usul bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi. Bunda berilgan 
nostandart topshiriqni o‘quvchi qanday bajarganligiga o‘zi adolatli baho qo‘yishi 
kerak bo‘ladi, bu uning o‘z mehnatini baholashiva o‘z ustida ishlashiga poydevor 
bo‘ladi.
Baho ta’lim jarayonida aniqlangan bo‘shliqlarni aniqlash va ularning ustida ishlash 
imkonini beradi. 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin